Bajardi: inoyatullayeva m. A. Tekshirdi: abdullayeva d. F. Toshkent-2023 Reja


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana11.05.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1451089
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BAXTSIZ HODISALAR INOYATULLAYEVA M.

Zaharlanganda birinchi yordam  
Ishlab chiqarish sharoitida zaharlanish organizmga zaharli gazlar 
suyuqliklar yoki changlarni kirishidan sodir bo’ladi. Uglerod oksidi (is gazi) 
bilan zaharlanish isitish uskunalaridan noto’g’ri foydalanganda yuz beradi. 
Ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan gaz tarkibida ham ugrerod oksidi ko’p 
miqdorda bo’ladi.
Uglerod oksidi bilan zaharlanganda bosh og’rig’i, bosh aylanishi, kungil 
aynishi, hansirash, og’ir holatlarda esa yo’ldan chalg’ish va hushni yo’qotish 
mumkin. Zaharlanish alomati sezilganda shikastlangan kishini toza havoga olib 
chiqish, boshiga sovuq kompress bosish va nashatir spirtni hidlatish kerak. 
SHikastlangan kishi qayd qilmoqchi bo’lsa uni yoni bilan yotqizish lozim. 
Agar hushini yo’qotsa zudlik bilan vrachni chaqirish va u kelgunga qadar 
sun’iy nafas berish kerak.
Zaharli ximikatlar bilan zaharlanish alomati sezilganda shikastlangan 
kishiga zudlik bilan birinchi yordam berish kerak.
Har qanday zaharlanishda avvalo organizmga zaharlarni kirishini 
to’xtatish tadbirlarini ko’rish kerak. Agar zaharlanish xonada yuz bersa 
shikastlangan kishini toza havoga olib chiqish, zaharli ximikatlar bilan 
ifloslangan kiyimlarini yechish zarur.
Agar zahar organizmga tomoq yo’llari orqali kirgan bo’lsa, 
shikastlangan kishiga bir necha stakan iliq suv yoki margantsovkaning kuchsiz 
eritmasidan ichirish, so’ng qayt qildirish kerak. Qayt qilgandan keyin, zaharni 
yo’qotish uchun jarohatlangan kishiga 2-3 osh qoshiq faollashtirilgan ko’mir 
qo’shilgan yarim stakan suv ichirish zarur.
Qayd qilingan tadbirlar, zahar turidan qat’iy nazar qo’llaniladi. Agar 
zahar turi aniq bo’lsa uning tarkibiga bog’liq ravishda, qo’shimcha tadbirlar 
qo’llaniladi. Buning natijasida oshqozonga kiritilgan modda zahar ta’sirini 
neytrallashtiradi.
Zaharli ximikatlar teriga tekkanda suv oqimi bilan yaxshilab sovunlab 
yuvish yoki zaharni teriga ishqalamasdan, artmasdan doka latta yordamida 
tushirish so’ng esa sovuq suv yoki kuchsiz ishqorli eritma bilan yuvish talab 
etiladi.


Nazorat savollari 
  
1. Ishlab chiqarish jarohatlarining tashkiliy harakterdagi sabablarini sanang?
2. Ishlab chiqarish jarohatlarining texnik harakterdagi sabablarini sanang?
3. Texnik harakterdagi jarohatlarning profilaktikasiga nimalar kiradi?
4. Qon oqish jarohatlari qanday bo’ladi?
5. Arterial qon oqishda jgut jarohat joyining qaeridan bog’lanadi?
6. Jarohatlanganlarga birinchi yordamni kim ko’rsatishi lozim?
7. Yurak urishi to’xtaganda belgilangan tartibda ko’krak qafasi minutinga necha 
marta bosiladi?
8. Kuyish necha guruhga bo’linadi? 9. Quyosh urishi qanday sodir bo’ladi?
10. Ko’p qon oqish bilan bog’liq jarohatlangan kishiga birinchi yordam 
ko’rsatilgandan so’ng qancha vaqt davomida tibbiyot muassasasiga yetkazish 
lozim?

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling