Bajardi: jamshid abdusattorovich
O’zbekistonda g’azna ijrosini tashkil qilinishi va huquqiy asoslari
Download 205.23 Kb.
|
Davlat maqsadli jamg’armalari g’azna ijrosini tashkil etish
2. O’zbekistonda g’azna ijrosini tashkil qilinishi va huquqiy asoslariO’zbekiston g’aznachilik tizimini shakllantirish jarayonlari va huquqiy asoslari o’rganishda. O’zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida»gi Oliy Majlis Qarorlaridan tortib, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi qabul qilgan nizomlarni ham qo’rib chiqamiz. O’zbekiston g’aznachilik tizimini shakllantirish jarayonlari va huquqiy asoslarini quyidagi tartibda berdik: «Byudjet tizimi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida»gi Oliy Majlis Qarori. O’zbekiston Respublikasining « Byudjet tizimi to’g’risida»gi Qonuni. «Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida» gi Oliy Majlis Qarori. O’zbekiston Respublikasining « Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida»gi Qonuni O’zbekiston Respublikasining «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni faoliyatining shartnomaviy – huquqiy bazasi to’g’risida» gi Qonuni. Fuqorolik kodeksi (ko’chirmalar). O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining « Davlat moliyasini boshqarishni islox qilish » loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora – tadbirlarni to’g’risida »gi qarori. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida»gi qarori. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Maxsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to’g’risida»gi qarori. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Naqd pulsiz hisob - kitoblar to’g’risida» gi qarori. O’zbekiston Respublikasining naqd pulsiz hisob – kitoblar to’g’risida Nizomi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vaziriliging «Moliya organlarida byudjetdan mablag’ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va ularning xarajatlari to’lovini nazorat qilish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash to’g’risida» gi Buyrug’i. «Moliya organlarida byudjetdan mablag’ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va ularning xarajatlari to’lovini nazorat qilish tartibi haqida» gi Vaqtinchalik Nizom. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining «Dalvat byudjeti mablag’lari hisobiga amalga oshirilayotgan binolar va inshootlarni kapital ta’mirlashni mablag’ bilan ta’minlash va aniq ro’yxatlarni shakllantirish tartibi to’g’risida» gi Nizomi. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g’azna ijrosi borasida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy apparat tarkibi bo’limlari (G’aznachilikdan tashqari) Moliya organlari zimmalariga O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi g’aznachiligi va uning hududiy bo’limlari zimmalariga qilinadigan funktsiyalarni chegaralab berdi. 2019 yilga kelib davlat byudjeti g’azna ijrosining tashkiliy-xuquqiy me’yoriy asoslarini shakllanib hamda takomillashib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 4 apreldagi 69 sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2019 yil 16 sentyabrda 2007-son bilan ro’yxatga o’tkazilgan «Davlat byudjetining g’azna ijrosi qoidalari» qabul qilindi. Ushbu qoidalar "Byudjet g’izimi to’g’risidagi va "Davlat byudjeg’ining’ g’azna ijrosi to’g’risidagi” O’zbekiston Respublikasini qonunlari hamda Uzbekisg’on Respublikasi Prezidentining’ 2017 yil 28 fevraldagi PF-594-son "Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlang’irish chora-tadbirlari to’g’risida" gi qarorig’a muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning xududiy bulimmalari tomonidan respublika va hududiy g’azna xisobvaraqlarini qo’llash sharoitida respublika byudjeti, Qoraqalpog’isg’on Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjelarning g’azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilab berdi. Mazkur "Qoidalar'" respublika g’azna xisobvarag’i va hududiy g’azna xisobvaraqlarini yurg’izish tartiblarini, Respublika byudjeti. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari va xadajatlarining yoyilmasi, byudjetdan mablag’ oluvchilarning’ xarajatlar smetasini va ularga o’zgartirishlarni g’aznachilik bo’limlariga taqdim etish tartiblarini, yuridik majburiyatlarni ro’yxatga olishning umumiy qoidalarini, byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag’lari xisobiga xarajatlarni amalga oshirish tartiblarini belgilab berdi va muqaddam amal qilib kelgan bir qator me’yoriy xujjatlarni o’zida mujassamlashtirdi. Download 205.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling