Bajardi: kif 022-20 guruh talabasi Parpiyev Kodir Tekshirdi: Toshkent 2022 Reja
UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi
Download 200.73 Kb.
|
Kodir operatsion tizimlar 1.1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Solaris operatsion (amaliy) tizimi.
- Windows operatsion (amaliy) tizimi.
- Ofis dasturlari. Microsoft Office
UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi. UNIX operatsion tizimining Novell korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan rusumi. UNIXWare tizimi birinchi navbatda NetWare tarmoqlarida ishlatish uchun yaratilgan. Shu bilan birga, bu operatsion tizimining muhitida hududiy tarmoqlarning bayonnomalari ham bajariladi. UNIXWare oddiy grafik interfeysga ega. Bu 32-xonali tizim «ish stoli» deb ataluvchi muhitda ishlaydi. UNIXWare ko‘pmasalali, ko‘pfoydalanuvchili, ko‘poqimli tizimdir.
Solaris operatsion (amaliy) tizimi. SUN Microsystems korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan UNIX operatsion tizimining rusumi. Solaris simmetrik multiprotsessorli ishlov bajaradi, tasvirlar bilan ishlash vositalariga ega, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaydi. Tizim Internet tarmog‘i, elektron pochta, shu jumladan, nutqiy pochta, faksimil aloqa bilan o‘zaro ishlay oladi. Yuqori unum va masshtablanuvchilik xususiyatlariga ega. Windows operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan shaxsiy kompyuterlar uchun taklif qilingan operatsion tizimlar oilasi. Windows tizimi ko‘pmasalali va ko‘poqimli bo‘lib, qulay grafik interfeys bilan tavsiflanadi, virtual xotiraning boshqaruvini taqdim qiladi va ko‘pgina tashqi qurilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Windowsni ishlatib, foydalanuvchi birdaniga bir necha amaliy jarayonlar bilan samarali ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dunyoda 90% ga yaqin kompyuterlar Windows operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi. Ofis dasturlari. Microsoft Office — Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows Phone, Android, Mac OS, iOS operatsion tizimlari uchun yaratilgan idora dasturlari toʻplamidir. Ushbu toʻplam tarkibiga turli xildagi hujjatlar: matn, jadval, maʼlumotlar ombori va boshqalar bilan ishlash imkonini beruvchi dasturiy taʼminotlarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek VBA tilida yozilgan skriptlar va makroslarni qoʻllay oladi. Microsoft Offiсe dasturlaridan foydalanuvchi har bir masalani yechishda, hujjatlarni taxrirlashda va boshqa ishlarda unimli foydalanishi mumkin. Officedan foydalangan foydalanuvchi ekranni oʻz xohishi boʻyicha oʻzgartirishi, shriftlarni tanlashi, printerlarni tanlashi, boshqa tizimlarni disklarga yozishi, qoʻshimcha kompyuter qurilmalarini oʻrnatishi va hakozo imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Qisqa qilib aytganda, kompyuter ishini oʻz xohishiga moslab kompyuter xotirasi, ekranni, ishlash tezligi, qoʻshimcha qurilmalaridan optimal foydalanishi mumkin. Mashxur Microsoft korporatsiyasi shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchilar uchun koʻpgina dasturlar va operatsion tizimlarni ishlab chiqarishni jadal rivojlantirmoqdalar. Jumladan, foydalanuvchilarning kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun OFFICE dasturlar toʻplamini ham ishlab chiqarishgan. Koʻpgina foydalanuvchilar Windows operatsion tizimi bilan OFFICE dasturlar toʻplamini chalkashtirishadi. Toʻg'ri, bu ikkala dasturlarni ham Microsoft korporatsiyasi ishlab chiqqan va asosan shaxsiy IBM va Pentium kompyuterlariga oʻrnatishga moʻljallangan. Windows operatsion tizimi OFFICE dasturlarisiz bemalol ishlay oladi, lekin OFFICE dasturlari Windows dasturisiz ishlamaydi. Windows dasturlarining quyidagi versiyalari mavjud: Windows-3.X, Windows-95, Windows-98, Windows-2000, Windows-2002, Windows NT, Windows XP va hokozo. Office dasturlar toʻplamini esa quyidagi versiyalari mavjud: Office-95, Office-96, Office-97, Office-2000, Office-2002 va Office XP. Office-2003 dasturlar toʻplamini shaxsiy kompyuterga oʻrnatish uchun kompyuterda Windows operatsion tizimi oʻrnatilgan boʻlishi, soʻng kompyuter operativ xotirasi kamida 8-16 Mb boʻlishi va qattiq diskda kamida 250 Mbdan 700 Mbgacha (Officedan foydalanish imkoniyatiga qarab) boʻsh joy boʻlishi lozim Chapdan: Microsoft Outlook, Microsoft OneDrive, Word, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, Microsoft OneNote, Microsoft SharePoint, Microsoft Teams va Yammer. Microsoft Office bir nechta xilda sotuvga chiqariladi. Ularning farqi toʻplam tarkibi va narxida. Office dasturlar toʻplamining nisbatan toʻliqroq variantiga quyidagi dasturlar kiradi: Download 200.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling