Bajardi: kursat matchanov suhrobbek
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida NIZOM Umumiy qoidalar
Download 47.45 Kb.
|
Matchanov Suxrobbek Referat
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik
xizmati to‘g‘risida NIZOM Umumiy qoidalar 1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi va 26-sentabrdagi farmonlari asosida tashkil etilgan. 2. MXX va uning joylardagi organlari xorijiy davlatlar va xorijiy tashkilotlar maxsus xizmatlarining O‘zbekistonga qarshi razvedka-qo‘poruvchilik faoliyati bilan kurash olib boradilar, O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini, konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy butunligini, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va mudofaa qudratini g‘ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni amalga oshiradi. 3. O‘zbekiston Respublikasi MXX respublika qo‘mitasining huquqlari bilan ta’minlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi. O‘zbekiston Respublikasi MXX o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida, uning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan kelishgan holda, viloyatlarda, alohida shaharlar va nohiyalarda o‘zining organlarini tuzadi. 4. MXX O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarining ishlashini nodo‘stlik kayfiyatidagi davlatlar va konstitutsiyaga qarshi ichki tuzilmalar maxsus xizmatlarining razvedka-qo‘poruvchilik va boshqa xil jinoiy tajovuzlaridan samarali himoya qilish uchun javobgardir va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oliy Kengashi oldida muntazam ravishda hisob berib turadi. 5. Milliy xavfsizlik xizmati va uning joylardagi organlari o‘zlarining amaliy faoliyatlarida mehnatkashlar bilan yaqindan aloqada bo‘lishga, doimo ularning yordamiga suyanishga majburdirlar. 6. MXXga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tayinlanadigan va keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tasdiqlanadigan Rais boshchilik qiladi. MXX Raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi MXX Raisining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadilar. Milliy xavfsizlik xizmatining Raisi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan respublika vazirlariga berilgan huquqlardan foydalanadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi MXX amaldagi buyruqlar va ko‘rsatmalarga muvofiq, agar ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo‘lmasa, operativ-qidiruv va boshqa xil xizmat faoliyatlarini amalga oshiradi. MXX Raisi va uning o‘rinbosarlari o‘z huquqlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, amaldagi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oliy Kengashning va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda ularni bajarish maqsadida buyruqlar, ko‘rsatmalar va yo‘riqnomalar chiqaradilar. Xavfsizlik organlari ishini tashkil etish masalalarini hal etish uchun tarkibida Xizmat Raisi — Kengash raisi, uning o‘rinbosarlari va Xizmatning boshqa rahbar xodimlari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Kengashi tuziladi. Kengash a’zolarining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Xizmat Raisi tomonidan tasdiqlanadi. MXX Raisi Xizmatni va uning organlarini saqlash uchun ajratiladigan kreditlarning bosh boshqaruvchisi hisoblanadi, XULOSA Axborotlarni ma'naviy-marifiy himoyalash usuli axborotni muhofaza qilishda juda muhim rol o'ynaydi. Aynan inson, u korxona yoki tashkilot xodimi, maxfiy ma'lumotlardan voqif bo'lib, o'z xotirasida ko'plab ma'lumotlarni jamlaydi va ba'zi hollarda axborot chiqib ketishi manbaiga aylanishi mumkin hamda uning aybi bilan o'zgalar ushbu axborotga noqonuniy ega bo'ladilar. Axborotlarni himoyalash usuli quyidagilarni nazarda tutadi: 1. Xodimni tarbiyalash, u bilan ma'lum sifatlarni, qarashlarni shakllantirishga yo'naltirilgan maxsus ishlarni olib borish (vatanparvarlik, axborotni muhofa za qilish uning shaxsan o'zi uchun ham qanday ahamiyat kasb etishini tushuntirish); 2. Xodimni axborotni muhofaza qilish qoidalari va usullariga o'rgatish, konfedensial axborot tashuvchilar bilan amaliy ishlash ko'nikmalarini shakllantirish. Maqolada hozirgi kunda axborot xavfsizligi dolzarb masalalardan biri hisoblanib, axborot va uning turlari, axborot xavfsizligi, milliy xavfsizlikning yo'nalishlari, davlatimizning axborot sohasidagi xavfsizlik masalalari to'laqonli yoritib berildi. Va yana shuni aytib o'tish mumkinki bu yerda axborotning ahamiyati, uning jamiyatda va0020kundalik hayotimizda tutgan o'rni, axborot xafsizligi, axborot xafsizligiga tahdid va uning turlari, bugungi kunda axborot xavfsizligining dolzarb ahamiyat kasb etishi masalalar yoritilgan. KURSANT MATCHANOV S Download 47.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling