Bajardi: Madaminov Bunyod Murodullayev Saydali


-yil dekabr. Yangi yil arafasida koka-kola yana doʻkon peshtaxtalaridan yoʻqoladi. Narxlar 7000-8000 soʻmgacha koʻtariladi


Download 0.71 Mb.
bet3/4
Sana08.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#241056
1   2   3   4
Bog'liq
cola

 2013-yil dekabr. Yangi yil arafasida koka-kola yana doʻkon peshtaxtalaridan yoʻqoladi. Narxlar 7000-8000 soʻmgacha koʻtariladi.

 2014-yil yanvar. Ommaviy axborot vositalarida „Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston LTD“ MChJning 12 million dollarni oʻzlashtirishda hamda shakar etkazib berish boʻyicha hujjatlar va korxonaning moliyaviy hisobotlarini qalbakilashtirishda gumon qilinayotgan ikki nafar top-menejeri hibsga olingani haqidagi xabar paydo boʻladi.

 2014-yil fevral. Rasmiy sabab maʼlum qilindi — zavoddagi profilaktika ishlari tufayli Coca-Cola, Fanta va Sprite ichimliklarini ishlab chiqarish vaqtinchalik toʻxtatiladi. „Aynan ishlab chiqarish toʻxtagani bois bozorlar va doʻkonlarda ushbu ichimlikning narxi keskin koʻtarilib ketdi. Hozir sotuvda boʻlgan ichimliklar — sotuvchilarning oʻzida qolgan mahsulot. Narxlarni ham ular belgilaydi“, — deya sharhlaydi oʻshanda bu holatni „Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD“ korxonasining vakili.

 2014-yil mart. Kutilmaganda bozorlarda yuqorida tilga olingan ichimliklar, shu jumladan Burn energetigi ham paydo boʻladi. Mahsulot qiymati ham shubha tugʻdiradigan darajada arzon — 1,5 litrlik Coca-Cola, Fanta va Sprite ichimliklarining narxi 2250-2550 soʻm atrofida. Odamlar sevimli ichimligini xard qilish uchun navbatda turishga rozi. Sababi uning yakuniga etayotgan yaroqlilik muddatida.

 2014-yil mart. Bundan buyon „Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston LTD“ korxonasining 57.12 % miqdoridagi davlat ulushi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boʻyicha davlat qoʻmitasi huzuridagi „Davlat aktivlarini boshqarish markazi“ DUKga tegishli ekani haqidagi rasmiy maʼlumot eʼlon qilinadi.

 2014-yil aprel. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida „Coca-Cola International“ kompaniyasining Turkiya, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari boʻyicha prezidenti Galya Molines bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling