Bajardi: mahmudov saidislom


Download 114.11 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.03.2023
Hajmi114.11 Kb.
#1264215
Bog'liq
iqtisodiy taxlil va audit



FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI BO’LIM
IQTISODIYOT
IQTISODIY TAXLIL VA AUDIT FANIDAN 
MUSTAQIL ISH 
BAJARDI:MAHMUDOV SAIDISLOM 


XO’JALIK SUB’EKTLARIDA TAXLIL ISHLARINI TASHKIL ETISH 
Jahonda 2008-yildan so‘ng ro‘y bergan global moliyaviy-
iqtisodiy inqirozni ilmiy tadqiq qilish asosida uning 
boshlanishiga sabab boigan voqeliklar birma-bir topilib, 
ularning shakli hamda mazmuni aniqlanib, salbiy hodisaga 
ko‘rsatgan ta’sirlar o‘rganilmoqda. Agar moliyaviy 
iqtisodiy inqirozning keltirib chiqargan sabablariga e’tibor 
qilsak, ulami shartli lkki makroiqtisodiy hamda 
mikroiqtisodiy darajadagi yirik guruhga boiish mumkin. 
Bular to‘g ‘risida ommaviy, ilmiy matbuotlarda ko‘p 
yozilmoqda. Mikroiqtisodiy darajadagi sabablarga ko‘plab 
xo‘jalik subyektlari tomonidan biznes-rejalaming ilmiy 
asosda 
luzilmaganligi, 
moliyaviy 
hisobotlardagi 
ko‘rsatkichlarining iqtisodiy asossiz oshirib ko‘rsatilishi, 
aksiyadorlik 
jamiyatlan 
tomonidan 
chiqarilgan 
aksiyalaming qiymati uning haqiqatdagi aktivlariga 
muvofiq kelmasligi, mazkur holatlarga auditorlik firmalari 
jiddiy munosabatlar bildirmagani, hamkorlar salohiyatini 
yetarlicha o‘rganmay ular bilan iqtisodiy hamkorlikni y o ig 
a qo‘yish kabilami ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Bunday 
voqeliklami ommaviy tarzda sodir b o ia boshlagani 
iqtisodiy subyektlardagi xo‘jalik mexanizmida, shu bilan 
birga uning muhim elementi boigan hisob tizimida ham bir 
qator jiddiy kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatib berdi. 
Ayniqsa, bu kamchiliklar xo‘ja!ik faoliyatini iqtisodiy tahlil 
qilish ishlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Agarda xo‘jalik 
subyektlari har bir iqtisodiy voqelikni ilmiy asosda chuqur 


tahlil qilib boshqaruv qarorlarini o‘z vaqtida qabul 
qilganlarida edi, jahon miqyosida inqiroz tufayli o‘z 
faoliyatini to‘xtatgan, bankrot boigan korxonalar soni bu 
darajada ko‘p boim as edi. Chunki xo‘jalik subyekti 
faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish uni har tomonlama bilish, 
resurslami samarali boshqarish. investitsiyalar jalb qilish, 
boshqa korxonalar bilan iqtisodiy munosabatlar o‘matish 
hamda turli maqsadlar uchun muhim ahamiyatga ega. 
Jahonda ro‘y bergan inqirozga qaramasdan respublikamiz 
hisob tizimida, xususan xo ‘jalik subyektlari faoliyatini 
iqtisodiy tahlil qilish borasida va uni rivojlantirishda 
ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirildi hamda bu jarayon 
hozirda ham davom ettirilmoqda. Mazkur ijobiy ishlar, 
ko‘plab turdagi shu kabi tadbirlar bilan birgalikda 
respublikamiz iqtisodiga, jumladan, xo'jalik subyektlari 
faoliyatiga global inqirozning salbiy ta’sirlarini yumshatish 
va uni talofatlarsiz yengib o‘tishga qaratilgan omillar boiib 
hisoblandi. Hatto, jahonda inqirozning davom etishiga 
qaramasdan 2008-2011-yillar bo'yicha respublikamizda 
yalpi ichki mahsulotning o ‘sishi o ‘rtacha 8 foizdan yuqori 
boiishiga erishildi. Xalqaro xo‘jalik tizimidagi jiddiy 
o'zgarishlar, respublikamizda esa iqtisodiy islohotlar 
koiamining, ham kengayib, ham chuqurlashib borishi, 
shuningdek, 
inqirozning 
milliy 
iqtisodiyotlarga 
ko‘rsatayotgan ta’- sirlari xo‘jalik subyektlari faoliyatini 
yanada obyektiv iqtisodiy tahlil qilish zarurligini talab 
qilmoqda. Bu esa iqtisodiy tahlil borasidagi ishlami davr 


ehtiyojlari asosida takomillashtirish vazifasini yuzaga 
chiqarmoqda. Aynan shu paytning o‘zida raqobatdosh 
iqtisodiyotni shakllantirishga erishish mazkur masalaning 
dolzarbligi va uning ahamiyatini yanada oshirmoqda. 
Respublikamizning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini 
tezlashtirish mnovatsion yangiliklar va uni zudlik bilan 
amalda qoilash asosida b o ia di. Natijada mavjud moddiy, 
mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona hamda samarali 
foydalanilib, turli xildagi yangi, arzon va sifatli mahsulotlar 
ishlab chiqishga erishiladi. Mahsulotlar divertsifikatsiyasi 
tufayli bozordagi turli xil ehtiyojlami qondirishga harakat 
qilinadi. Shu asosda maqbul foyda hajmiga erishish, 
moliyaviy holatni yaxshilash, mehnat unumdorligini 
oshirish kabi ijobiy natijalar q o ig a kiritiladi hamda 
korxonalaming raqobatdoshligi ta’minlanadi. Qayd etib 
o‘tilgan 
maqsadga 
erishish 
hamda 
vazifalami 
muvaffaqiyatli bajarilishida xo‘jalik mexanizmining bo‘g 
‘ini boigan iqtisodiy tahlil muhim vosita boiib ishtirok 
etadi. Iqtisodiy 
tahlil 
iqtisodiy 
axborot hamda 
maiumotlarini o‘rganib, ulami qayta ishlab korxona 
faoliyatini ilmiy asosda y o ig a solib turadi. Biroq iqtisodiy 
munosabatlarda korxona murakkab tuzilish va faoliyatga 
ega boigan obyekt boiganligi uchun u tahlil vositasida 
kompleks, tizimli, joriy, tezkor, istiqbolli, mavzuga 
qaratilgan va shu kabi jihatlar asosida o‘rganiladi. Chunki 
har bir yondashuvning obyektni alohida hamda birgalikda 
o‘rganishda o‘zigaxos ijobiy tomonlari mavjud. Tahlil 


uchun tanlab olingan muayyan yondashuv belgilangan 
maqsad va vazifalariga ko‘ra obyektning aniq, ishonchli, 
keng koiam da hamda ilmiy asosda tadqiq etib, zarur 
xulosalami beradi. Turli yodashuvlar esa o'zaro biror-bir 
tahlil turi bajargan ishlami aynan qaytarib bera olmaydi 
yoki bu borada jiddiv kamchiliklarga v o i qo‘yilishi 
mumkin. Demak, korxonalar faoliyatini toiiq va samarali 
o‘rganish uchun iqtisodiy tahlilni turlarga ajratish hamda 
har bir tahlil turini to iiq o'rganish zarur ekan. Bu bilan 
iqtisodiy tahlilni analitiklik tavsifi yanada oshadi hamda 
boshqaruv maqsadlari uchun yetarli maiumotlami 
yetkazib bera oladi. Iqtisodiy tahlilni turlarga ajratish 
zarurati zamirida boshqaruv funksiyalari va ulaming 
murakkabligi yotadi. Iqtisodiy tahlilni faqatgina bir belgi 
bo'yicha turlarga ajratib o‘rganish murakkab tavsif kasb 
etadi. Chunki boshqaruv funksiyasi turlarining ko‘pligi 
iqtisodiy tahlilning ham turlicha boiishiga ta’sir etadi. Shu 
sababli iqtisodiy tahlilning muhim jihatlaridan kelib 
chiqadigan umumiy belgi asosida tahlilni tasniflash 
mumkin. Iqtisodiy tahlil maqsad. vazifalar, mazmun, shakl, 
makon va zamongak o‘ra, fovdalaniladigan manbalar, kim 
tomonidan o ‘tkazilishidagi uyg‘unlik va у axlitlik bo'yicha 
turlarga ajratilsa, maqsadga muvofiq boiadi. Shu jihatdan: 
- moliyaviy tahlil; - boshqaruv tahlili; - tezkor tahlil; - joriy 
tahlil; - istiqbolli tahlil; - kompleks tahlil; - tizimli tahlil; -
funksional qiymatli tahlil; - mavzuga oid tahlil; - stoxastik 
tahlil; - determinallashgan tahlil; - marjinal tahlil; - 


solishtirma tahlil; - xo‘jalik faoliyati tahlili; - texnik-
iqtisodiy; - ijtimoiy-iqtisodiy; - iqtisodiy-ekologik; - 
diagnostik tahlil; - ichki tahlil; - tashqi tahlil va boshqalar 
farqlanadi. Qayd etib o ‘tilgan tahlil turlari korxona 
faoliyatini o'rganish va boshqarishda o'z ahamiyatiga ega. 
Iqtisodiyotni erkiniashtirish sharoitida iqtisodiy tahlil bilan 
korxonadagi barcha mutaxassislar shug‘ullanadi. Ammo 
hammasi ham korxona to'g'risida batafsil axborotga ega 
emas. Hamma o'zi bajarayotgan u yoki bu soha bo'yicha 
axborot bilan ta’minlangan. Shu jihatdan hamma o'z 
sohasini muntazam tahlil qilib boradi. Lekin shuni e’tirof 
etish kerakki, xo'jalik faoliyati to'g'risida butun faoliyatni 
o'zida jamlagan axborotlar buxgalteriyada to'planadi va 
qayta ishlanadi. Shu tufayli korxonaning kompleks 
iqtisodiy tahlili bilan buxgalteriya xodimlari, bevosita bosh 
buxgalter shug‘ullanadi. Chunki unda korxonaning xo'jalik 
faoliyatini ifodalovchi barcha ko'rsatkichlari mavjud. Ular 
moliyaviy hisobotlarda o'z aksini topadi. Iqtisodiy tahlil 
uchun asosiy ma’lumot manbai bo'lib, moliyaviy 
hisobotda ifoda etilgan ko'rsatkichlar hisoblanadi. 
Ulaming kompleks tahlili bilan bosh buxgalterlar 
shug'ullanadi. Alohida sohalar bo'yicha tahlil kimga kerak 
bo'lsa, o'shalar shug'ullanadi. 


Xo‘jalik faoliyatini o‘rganishga qaratilgan tahlil vositasida 
korxonadagi muayyan ish joyi, smena, zveno, brigada yoki 
sex 
faoliyatini 
alohida-alohida 
o‘rganish 
muhim 
ahamiyatga ega. Har bir elementni alohida o‘rganish 
obyektga taalluqli bo‘lgan hodisa va jarayonlami aniq 
bilishga hamda ko‘rsatkichlami korxonaning umumiy 
faoliyatiga qay tartibda, qanchalik ta’sir qilayotganini 
ko‘rsatib beradi. Mazkur tahlil turi korxona tarkibidagi 
faqat bir bo‘lim yoki sohani to iiq va chuqur o‘rganish 
uchun tashkil etiladi. Xulosalari esa shu bo‘- lim yoki 
sohaga taalluqli boiadi. Shuningdek, ushbu tahlilda 
ko‘proq miqdor o‘lchamidagi ko‘rsatkichlar tadqiq etiladi 
hamda ko‘rsatkichlami yanada yaxshilash evaziga yakuniy 
faoliyatning samarali natijalari belgilab olinadi. Ichki 
xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda asosiy manbalar bo iib 
o‘rganiladigan boiim yoki soha bo‘yicha tuzilayotgan 
hisobot ma’lumotlari hamda buxgalteriya hisobotlari, 
boshlang‘ich hujjatlar, statistik va tezkor hisob 
ma’lumotlari 
sanaladi. 
Xo‘jalik 
ichki 
faoliyatini 
o‘rganishdagi maqsadlardan biri korxonadagi eng ilg‘or 
tajriba yoki eng qoloq holatlar nimalardan iborat 
ekanligini 
bilib 
olishdir. 
Korxonalararo 
tahlil 
o‘rganilayotgan ko‘rsatkichni ikki va undan ortiq 
korxonalaming xuddi shunday ma’lumotlari asosida 
taqqoslab o‘rganish tushuniladi. Bunday tahlilni tashkil 


etishmng zaruriyati korxonalar o‘rtasida o‘rtacha yoki eng 
yuqori natijalar darajasini bilishdir. Muayyan korxonaning 
erishgan natijasi yoki o‘rtacha ko‘rsatkichi boshqa 
raqobatdosh korxonalarda qanchalik ekanligini ko‘rish, va 
boshqa korxonalar o'rtasida o‘rganilayotgan subyekt 
qanday mavqega egaligini bilishdir. Korxonalararo tahlilni 
amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor qaratilishi lozim: - 
korxonalar ixtisosi, hajmi va boshqa sharoitlari bir xil 
boiishi zarur; - taqqoslanadigan ko‘rsatkichlaming 
aniqlanish uslublari aynan bir xil bo‘lishi lozim. 
Raqobatdosh iqtisodiyotda korxonalararo tahlil turining 
ahamiyati beqiyosdir. 
Xo‘jalik faoliyatining joriy (retrospektiv) tahlili. 
Korxonalarning amaliy faoliyatida asosan joriy tahlil 
o‗tkazish usuli to‗la ishlab chiqilgan. Joriy tahlil 
korxonalarning xo‗jalik faoliyatini tahlil qilishda rasmiy 
jihatdan qabul qilingan hisobotga tayangan holda ularning 
oylik, kvartallik, yillik va qator yillar tahlil qilinadi. Joriy 
tahlilning asosiy vazifasi xo‗jalik faoliyatida erishilgan 
pirovard 
natijalarga 
obyektiv 
baho 
berish, 
foydalanilmagan ichki xo‗jalik rezervlarini kompleks 
tarzda aniqlash va ularni kelgusida ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishga jalb etish hisoblanadi
.


XULOSA 
Bugungi kunda xo’jalik sub’ektlarida taxlil ishlarini tashkil 
etish muhim hisoblanadi. Taxlil ishlarini tashkil etishda 
iqtisodiy taxlil malumotlari va kerakli o’quv qo’llanmalari 
muhim ahamiyat kasb etadi.bu sohani o’rganish va 
mamlakat rivojiga hissa qo’shish esa biz yoshlar uchun 
ustuvor vazifa va majburiyatdir. 


Foydalanilan adabiyotlar 
I.O’zbеkistоn Rеspublikаsining Qоnunlаri 1. O‘zbеkistоn 
Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasi. 1992- yil 8- dеkаbr 
(o‘zgаrtirish vа qo‘shimchаlаr bilаn). 2. O‘zbеkistоn 
Rеspublikаsi ―Buхgаltеriya hisоbi to‘g‘risidа‖ gi qоnuni. 
№404. 2016- yil 13- aprel. 3. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi 
―Аuditоrlik fаоliyati to‘g‘risidа‖ gi qоnuni (yangi tаhrir). - 
T.: 2000- yil (o‘zgаrtirish vа qo‘shimchаlаr bilаn). II. 
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti fаrmоnlаri vа 
qаrоrlаri, 
Vаzirlаr 
Mаhkаmаsining 
qаrоrlаri 
4. 
‖O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar 
stratеgiyasi 
to‘g‘risida‖ 
O‘zbеkiston 
Rеspublikasi Prеzidеntining №PF 4947-sonli farmoni. 
2017- 
yil 
7-fеvral. 
5. 
O‘zbеkiston 
Rеspublikasi 
Prеzidеntining ‖Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy 
korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida‖ PF-4720-sonli farmoni. 2015- yil 24- 
aprеl. 6. ‖2017-2021 yillarda O‘zbеkiston Rеspublikasini 
rivojlantirishning bеshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
harakatlar stratеgiyasini kеlgusida amalga oshirish 
choratadbirlari to‘g‘risida‖ O‘zbеkiston Rеspublikasi 


Prеzidеntining 2017- yil 15- avgustdagi PF-5024-sonli 
farmoyishi. 7. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 
―O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа аuditоrlik fаоliyatini yanаdа 
rivоjlаntirish chоrа-tаdbirlаri to‘g‘risidа‖gi PQ-3946- sоnli 
qаrоri. 2018- yil 19- sеntyabr. 8. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi 
Prеzidеntining 
2007-yil 
4-аprеldаgi 
‖Аuditоrlik 
tаshkilоtlаri fаоliyatini yanаdа tаkоmillаshtirish hаmdа 
ulаr ko‘rsаtаyotgаn хizmаtlаr sifаti uchun jаvоbgаrlikni 
оshirish to‘g‘risidа‖gi PQ–615-sоnli qаrоri. 9. O‘zbеkiston 
Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 28-iyuldagi 
―Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa 
xo‘jalik yurituvchi subyеktlar faoliyati samaradorligini 
baholash mеzonlarini joriy etish to‘g‘risida‖gi 207-sonli 
qarori. (O‘zbеkiston Rеspublikasi qonun hujjatlari 
to‘plami, 2015-yil., 30- son, 397-modda). 10. O‘zbеkistоn 
Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2000-yil 22- 
sеntyabrdаgi ―Аuditоrlik fаоliyatini tаkоmillаshtirish vа 
аuditоrlik 
tеkshirishlаrning 
аhаmiyatini 
оshirish 
to‘g‘risidа‖gi 365-sоnli qаrоri. // Хаlq so‘zi, 2000- yil 26- 
sеntyabr. III. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti аsаrlаri 
11. 
O‘zbеkistоn 
Реspublikаsi 
Prеzidеnti 
Shаvkаt 
Mirziyoyеvning Оliy Mаjlisgа 2019- yil uchun mo‘ljallangan 
eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Murоjааtnоmаsi. 
Toshkent. 2018- yil 28- dеkаbr. 140 12. Mirziyoyev Sh. M. 
Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik 
— har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi 
kеrak. Toshkent. 2017- yil 16- yanvar. //Xalq so‘zi (№ 11 


(6705)) . 13 .Mirziyoyеv Sh.M. Buyuk kеlajagimizni mard 
va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O‘zbеkiston, 
2017. – 488 b. 14. Mirziyoyеv Sh.M. Dеmokratik 
islohotlarni izchil davom ettirish, xalqimiz uchun tinch va 
osoyishta, munosib hayot darajasini yaratish — barqaror 
taraqqiyot kafolatidir. –T.: O‘zbеkiston, 2017. – 22 b. IVI. 
Sоhаgа оid mе’yoriy hujjаtlаr 15. Mаhsulоt (ishlаr, 
хizmаtlаr)ni ishlаb chiqаrish vа sоtish хаrаjаtlаri tаrkibi 
hаmdа mоliyaviy nаtijаlаrni shаkllаntirish tаrtibi 
to‘g‘risidаgi Nizоm. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr 
Mаhkаmаsi qаrоri. 5.02.1999 №54 sоn (o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar bilan) 16. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi mоliya 
vаzirining 2002-yil 27-dеkаbrdаgi "Mоliyaviy hisоbоt 
shаkllаri vа ulаrni to‘ldirish bo‘yichа qоidаlаrni tаsdiqlаsh 
to‘g‘risidа"gi 140-sоn buyrug‘i (O‘zR АV tоmоnidаn 
24.01.2003-yildа 1209-sоn bilаn ro‘yхаtdаn o‘tkаzilgаn). 
17. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining Buхgаltеriya hisоbining 
milliy stаndаrtlаri. To‘plаm. -T.: O‘zR BАMА nаshriyot 
mаrkаzi. 2019 18. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining Аuditоrlik 
fаоliyatining milliy stаndаrtlаri. To‘plаm. -T.: O‘zR BАMА 
nаshriyot mаrkаzi. 2019 . 19. ―Kоrхоnаlаrdаgi ichki аudit 
хizmаti to‘g‘risidаgi Nizоm‖. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi 
Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2006-yil 16-оktyabrdаgi 215-sоnli 
qаrоrigа 2- ilоvа. 

Download 114.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling