Bajardi: Mavzu: Dars jarayonida vaqtni to'g'ri taqsimlash


Maktablarda dars soatlari taqsimoti va tarifikatsiya jarayonini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi


Download 60.07 Kb.
bet8/12
Sana09.11.2021
Hajmi60.07 Kb.
#172124
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
DARS JARAYONIDA VAQTNI TO'G'RI TAQSIMLASH

3. Maktablarda dars soatlari taqsimoti va tarifikatsiya jarayonini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi


Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qoʻshma qaror loyihasi ishlab chiqildi.

Mamlakatimizda xalq taʼlimi tizimini tubdan isloh qilish va umumtaʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar mehnatiga munosib haq toʻlash mexanizmini takomillashtirish boʻyicha salmoqli ishlar olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq 2020-yildan boshlab, umumiy oʻrta taʼlim maktablari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarini Xalq taʼlimi vazirligi orqali respublika byudjetidan amalga oshirilishi belgilangan boʻlib, bugungi kunda ushbu mexanizm amaliyotga joriy etilmoqda.

Ayni paytda umumtaʼlim muassasalari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari hamda ish haqidan ajratmalarni belgilangan meʼyoriy hujjatlar asosida toʻgʻri toʻlanishi va hisoblanishini taʼminlash muhim vazifalardan biriga aylanmoqda. Qaror loyihasi bu masalani yechish bilan birga tizimdagi mavjud huquqiy boʻshliqni ham bartaraf etadi.

Shu munosabat bilan ish haqi toʻlash jarayonini shaffof tizim asosida amalga oshirish maqsadida oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxatlarini “UzASBO” dasturiy majmuasida avtomatlashtirilgan tarzda shakllantirish yoʻlga qoʻyilmoqda.

Bugungi kunga qadar umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilarining tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi mavjud emas edi.

Mazkur qaror loyihasi umumtaʼlim muassasalarining amaldagi tarifikatsiya roʻyxatida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, pedagog xodimlarning oylik maoshlarini toʻgʻri belgilanishini yana-da takomillashtirish maqsadida shaffof mexanizm asosida, zamon talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.

Unga koʻra, umumtaʼlim muassasalarining tarifikatsiya roʻyxatini toʻliq avtomatlashtirish orqali sinflarda jamlangan oʻquvchilar hamda pedagog xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularga biriktirilgan dars soatlari, belgilangan ustamalar, shuningdek tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish mexanizmi yaratiladi.

Bundan tashqari, amaldagi hujjatlarda dars soatlarini taqsimlash boʻyicha hech qanday meʼyor talablari belgilanmagan. Natijada, muassasa rahbari yoki pedagogik kengash dars soatlarini istalgan oʻqituvchiga nomaʼlum mezonlar asosida biriktirar (taqsimlar) edi. Bu esa oʻqituvchilar orasida tushunmovchiliklar va norozilik holatlarni yuzaga keltirmoqda. Qolaversa, oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishiga ham salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Qaror loyihasi bilan mazkur huquqiy boʻshliqni bartaraf etish boʻyicha aniq meʼyoriy mexanizm joriy etilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega boʻlgan, oʻz ishida aniq natijalarga erishgan oʻqituvchilarga yuqori maosh toʻlash tizimini joriy etilishi taʼkidlab oʻtilgan.

Mazkur mexanizmni amaliyotga joriy etish hamda oʻqituvchilarning ish haqi miqdorlarini oshirish maqsadida hujjat bilan dars soatlarini biriktirish (taqsimlash)da aniq koʻrsatkichlar belgilanadi.

Jumladan, qaror loyihasi bilan dars soatlarini quyidagi ketma-ketlikdagi koʻrsatkichlar asosida taqsimlash taklif etilmoqda:

a) xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar va taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;

b) asosiy olimpiadalarning respublika, viloyat va tuman bosqichi gʻoliblari oʻqituvchilari va taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalar gʻoliblari;

v) respublika bosqichidagi koʻrik tanlovlarda (yil oʻqituvchisi) oʻrinlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar;

g) oliy malaka toifaga ega oʻqituvchilar;

d) birinchi malaka toifaga ega oʻqituvchilar;

ye) ikkinchi malaka toifaga ega oʻqituvchilar;

yo) pedagogik yoʻnalish boʻyicha magistr darajasiga ega oʻqituvchilar;

j) oliy maʼlumotga (toifasiz) ega oʻqituvchilar;

z) qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar;

l) oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar vaqtinchalik oʻrta maxsus maʼlumotga ega oʻqituvchilar;

m) pedagogik yoʻnalish boʻyicha 4-bosqich talabalari;

n) oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar vaqtinchalik umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlariga.

Bunda umumtaʼlim muassasalarining oʻqituvchilariga bir yarim stavkadan (yillik 2 322 soat) ortiq dars soatlari belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qaror loyihasi sinflarni komplektlash masalasini ham qamrab olgan. Hujjat bilan umumtaʼlim muassasalari sinflarining oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, quyidagicha komplektlanadi:


  • shahar hududi va tuman markazlarida 25-35 nafargacha;

  • qishloq hududlarida 20-35 nafargacha (olis hududlarda joylashgan umumtaʼlim muassasalari bundan mustasno).

Kam komplektli umumtaʼlim muassasalarida (filiallarda) boshlangʻich sinf oʻquvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin:

  • oʻquvchilar soni 8 nafargacha boʻlgan I — IV sinflar;

  • oʻquvchilar soni 12 nafargacha boʻlgan uchta boshlangʻich sinf;

  • oʻquvchilar soni 24 nafargacha boʻlgan ikkita boshlangʻich sinf (I va III, II va IV sinflar).

Namunaviy loyihalar boʻyicha qurilmagan, moslashtirilgan binolarda joylashgan, oʻquvchilar soni yetarli boʻlmagan umumtaʼlim muassasalarida, olis (togʻli, choʻlli) aholi yashash punktlarida joylashgan umumtaʼlim muassasalarida, shuningdek oʻzbek tilida oʻqitilmaydigan umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilar soni sinflarni toʻldirishning oʻziga xos shart-sharoitlaridan kelib chiqib, xalq taʼlimi boʻlimlari va moliya boʻlimlari bilan kelishilgan holda belgilash taklif etilmoqda.

Umumtaʼlim muassasalari sinflar komplektlarini shakllantirishda quyidagi meʼyorlarga rioya etilishini taʼminlash rejalashtirilgan:



  • sinfdagi oʻquvchilar soni 35 nafardan oshmasligi;

  • umumtaʼlim muassasasining shahar, qishloq va olis hududda joylashganligi;

  • sanitar qoida va meʼyorlariga amal qilinishi;

  • sinflar boʻyicha jami oʻquvchilar soni jumladan, qiz bolalar sonini toʻgʻri shakllantirilishi;

  • inklyuziv taʼlim va yakka tartibda uyda taʼlim oladigan oʻquvchilar sinflar komplektiga kiritilishi.

Oʻquv yilining birinchi yarim yilligi yakuni boʻyicha har yili yanvar oyida umumtaʼlim muassasalarining oʻquvchilari sonidan kelib chiqib, sinf komplektlari qayta koʻrib chiqilishi va oʻzgartirilishi mumkin. Bunda oʻquvchilar soni belgilangan meʼyordan kamayib ketgan holda sinf qisqartiriladi, belgilangan meʼyordan oshib ketganda esa qoʻshimcha sinf tashkil etiladi.

Download 60.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling