2) m. arytenoideus transversus - cho’michsimon tog’aylar orasidagi ko’ndalang mushak. Cho’michsimon tog’aylar orqa yuzalarini o’zaro birlashtiradi. Mushak qisqarishi natijasida cho’michsimon tog’aylar o’zar yaqinlashadi xamda ovoz tirqishining orqa soxasi torayadi. 3) m. arytenoidei obliqui - cho’michsimon tog’aylar orasidag qiyshiq mushak. Ko’ndalang mushaklarning orqa yuzasida joylashib, cho’michsimon tog’aylarning asosi bilan, ikkinchi tog’ayning uchiga yo’naladi. Bu mushak tolalari cho’michsimon va xiqildoq usti tog’aylar orasidagi m. aryepiglotticus mushagi tolalariga davom etadi. Bu mushaklarning qisqarishi - ovoz tirqishini toraytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |