Bajardi: Muhitdinov. A tekshirdi: Saburov. X


Download 254.33 Kb.
bet5/7
Sana30.04.2023
Hajmi254.33 Kb.
#1412139
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Taqdimot (4)

Shisha ruberoid-shisha tolali matoga ikkala tomondan bitumli bog‘lovchi (bitum rezinali yoki bitum polimerli) va mineral kukunlar sepib tayyorlanadi. Sepiladigan material turi va ishlatilish sohasiga ko‘ra shisharuberoid quyidagi markalarda ishlab chiqariladi: S-RK (yirik donali sepma), S-RCh (tangasimon sepma) va S-RM (kukunli sepma). Shisharuberoid tom yopmasida yuqori va pastki qatlamlarda va konstruksiyalarni gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. Shisha tolali asoslarni kimyoviy va biologik muhitlarga chidamliligi ular asosida tayyorlanadigan o‘rama materiallar xizmat vaqtini 30 yilgacha uzaytiradi.

  • Gidroizol-asbest kartonni bitumli bog‘lovchilarda shimdirib tayyorlanadi. Gidroizol yer osti konstruksiyalari va gidrotexnik inshootlarni gidroizolyasiyalashda, korroziyaga bardoshli qoplamalar olishda ishlatiladi. Gidroizol ikki markada GI-G va GI-K ishlab chiqariladi.

Folgaizol-yupqa alyuminiy folgasi va unga qoplangan bitum-rezinali himoyalovchi qatlamdan iborat o‘rama material. Uning eni 1m va uzunligi 10 m. Folgaizol tomlarni qoplashda, bino va inshootlar bug‘ va gidroizolyasiyasida, choklarni berkitishda ishlatiladi.

Folgaizol-yupqa alyuminiy folgasi va unga qoplangan bitum-rezinali himoyalovchi qatlamdan iborat o‘rama material. Uning eni 1m va uzunligi 10 m. Folgaizol tomlarni qoplashda, bino va inshootlar bug‘ va gidroizolyasiyasida, choklarni berkitishda ishlatiladi.

Metallizol-alyuminiy folgasini ikkala tomondan bitumli mastika qoplab tayyorlanadi. Alyuminiy folgasi qalinligiga ko‘ra metallizol ikki markada bo‘ladi. U yuqori uzilishdagi mustahkamlikka, agressiv va obi-havo muhitiga bardoshli materialdir. Metallizol yer osti va gidrotexnik inshootlarni gidroizolyasiyalashda ishlatiladi.

  • Brizol-neft bitumi, rezina kukuni, asbest tolasi va plastifikator aralashmasi massasini prokatlash usulida olinadi.

Brizol 40% konsentratsiyali sulfat kislotasiga va 20% xlorid kislotasiga 600S haroratgacha bardoshli bo‘ladi. U yerosti metall konstruksiyalarni korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi. Brizol asosga bitum-rezinali maxsus mastika yordamida yelimlanadi.


Download 254.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling