Nefrit kasallgi alomatlari
Nefritning alomatlari xilma-xil, ular patologik jarayonning turiga, kasallikning bosqichiga yoki darajasiga, lokalizatsiya va boshqa ba’zi omillarga bog’liq.
Nefritning umumiy alomatlari:
umumiy zaiflik;
doimiy chanqoq;
yuz va oyoq-qo’llarining shishishi;
arterial gipertenziya;
bel sohasidagi doimiy yoki o’tkir og’riq;
siydikdagi qon aralashmasi;
siydik buzilishi (poliuriya, oliguriya, nokturiya, gipostenuriya).
Ba’zida isitma, titroq, bosh og’rig’i, ko’ngil aynishi, qusish mumkin.
O’tkir tubulointerstitsial nefrit etiologik omil (infeksiya, toksinlar, dorilar yoki immunitet buzilishi) ta’siridan keyin 2-40 kun ichida rivojlanadi. Kasallikning o’tkir davrida artralgiya, toshma, buyrak yetishmovchiligi bo’lishi mumkin, qon bosimi, odatda, normal bo’ladi.
Sil nefritining klinik alomatlari umuman bo’lmaslig yoki juda o’tkir bo’lishi mumkin. Yengil alomatlar deyarli ko’rinmaydi. Sil nefritining og’irroq shaklida esa teri shishishi, yuqori qon bosimi, artralgiya, terining qattiq qizarishi, qon ketish , buyrak yetishmovchiligi, yurak shikastlanishi va markaziy asab tizimi shikastlanishi bo’lishi mumkin.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Siydik tuta olmaslik - enurez sabablari va davolash
Ba’zida nefrit belgilari umuman ko’rinmaydi
Surunkali pielonefrit klinik jihatdan og’ir alomatlarsiz namoyon bo’ladi. Kechishi umuman alomatsiz bo’ladi yoki alomatlar nafas yo’llari kasalliklariga o’xshaydi (isitma, titroq, bezovtalik va boshqalar). Shish bo’lmaydi.
Nefrit kasalligi asoratlari
Nefritning oqibatlari o’ta og’ir bo’lib, buyrakda yiringli o’chog’ paydo bo’lib, sepsis rivojlanishiga (butun organizmni yuqtirish), organni yo’qotishiga va bemorning o’limiga olib kelishi mumkin.
Nefritning asoratlari va oqibatlari quyidagilar:
Nefroskleroz
O’tkir buyrak yetishmovchiligi
Surunkali buyrak yetishmovchiligi sindromi
Ensefalopatiya (eklampsiya) va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |