Bajardi: Nurmamatov Tohirjon Tekishirdi: Suvonova. D


Download 0.7 Mb.
bet5/7
Sana19.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1032887
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nurmamatov tohirjon

Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir qancha kitoblar kirgan bo’lib, ular ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy axborotlarni o’z ichiga olgan. Vedalarning boshqa muqaddas kitoblardan farqli tomoni shunda bo’lganki, ular nihoyasiga yetkazilmagan va oxiri ochiq-tamomlanmagan holda qolgan. Unga keyinchalik ruhoniylar tomonidan ham qo’shimchalar qo’shish imkoni bo’lgan. Shuning uchun keyinchalik bu yozuv-bitiklar juda ham kengayib ketdi. Ammo bu muqaddas bitiklarning asosiylari to’rtta-“Rig” veda, “Yajur” veda, “Sama” veda va “Atxarba” veda bo’lgan. Upanishad (sanskritcha) ustozning yonida haqiqatni bilish uchun o’tirmoq degan ma’noga ega bo’lib, Vedalarga yozilgan diniy-falsafiy izohlardir. Upanishadlar miloddan avvalgi VII-III asrlardan boshlab, milodiy XIV-XV asrlargacha tuzib borilgan, 250 ga yaqin asarlar kiritilgan. Upanishadlar nasriy va she’riy uslubda yozilgan dastlabki va so’nggi izohlarga bo’linadi.Upanishadlarning asosiy vazifasi brahmanlik va buddaviylikka asos bo’lgan bir qancha g’oyalar, xususan, insonlarga yomonlikni ravo ko’rmaslik, chunki hayotning o’zi azoblardan iborat ekanligi haqidagi ta’limotni asoslab berishdir. Bunda inson umrining o’zi qurbonlikdir degan tasavvur olg’a suriladi. Yakka jon va ilohiy jonning qo’shilishi to’g’risidagi ta’limot, yakka tug’ilishlar zanjiridan xalos bo’lish aqidasini vujudga keltiradi. Upanishadlarda Brahma oliy ibtido, jism va hodisalar asosi va sababi, barcha borliqning boshi va oxiri deb talqin qilinadi (Brahma-qiyofasiz xudo, mutlaq kuch). Barcha narsalar o’shandan paydo bo’lgan, o’sha bilan yashaydi va o’lgach, yana o’shanga qaytadi. Barcha narsalar Brahmadir, Brahma esa Atmandir deyiladi (Atman-nafas, ruh, jon, umumiy-ilohiy jon). Shunday ekan, aytishimiz mumkinki, barcha narsalar xudodir, xudo esa nafas, ruh, jon, umumiy jondir.Bu ta’limotga ko’ra, moddiy dunyo, jumladan, inson ham, atman-brahmadan paydo bo’lgan va yana o’shanga aylanadi, insonning joni avvalgi mohiyatiga butunlay qaytib, u bilan yana qo’shilib ketadi.Har bir inson ilohiy kuch tomonidan belgilangan hayot kechirish tarzi-qonuniga muvofiq yashashi kerak, kimki bu qonunni buzsa, uning joni kelgusida biron hayvon yoki hashorat tanasida qayta dunyoga keladi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling