Bajardi: Nurmetov Xayrulla


Download 306.5 Kb.
Sana17.12.2022
Hajmi306.5 Kb.
#1025746
Bog'liq
Mustaqil ish[1]Xayrullo

Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti


MUSTAQIL ISH

Bajardi: Nurmetov Xayrulla
Qabul qildi:
Toshkent 2022
Reja:



  1. Qoraxoniylar davlati tashkil topishi




  1. Qoraxoniylar davrida Markaziy Osiyodagi madaniy hayot

  2. Qoraxoniylar davlatining boshqa mamlakatlar bilan aloqalari

Qoraxitoylar davlati - oʻrta asrlarda Sharqiy Turkiston, Ili va Chu vodiysi, Yettisuv va Oʻrta,Osiyoda mavjud boʻlgan davlat (taxminan 1140— 1213). Poytaxti — Chu daryosi boʻyida joylashgan Xusi-orda (Bolasogʻun). Asoschisi — Yelyuy Dashi. U 1124 yil gurxon unvonini qabul qilgan. 1125-yil kidonlar saltanati chjurchjenlar tomonidan tor-mor etilgach, bir guruh tarafdorlari bilan Shim.ga qochgan. turli qabila jangchilari bilan oʻz qoʻshi-nini toʻldirib Gʻarbga yoʻl olgan va ilgari bu oʻlkalarga kelib joylashgan kidanlar yordamida butun Turkistonni bosib olgan (1141). Gurxonlar kidanlarga taqlidan tangalar zarb etdirganlar, lekin mamlakatning iqtisodiyoti va ichki ishlariga kam aralashganlar, ular faqat vas-sallaridan (Balx, Xorazm, Xoʻtan, Gaochan va boshqalar) soliq olish bilan kifo-yalanganlar. Qoraxitoylar davlatini 2 marta ayollar idora etgan. Qoraxitoylar davlati Amudaryo va Balxashkoʻlidan Kunlun va Beyshan togʻlariga qadar hududni egallagan. Qoraxitoylar davlatining qulashi moʻgʻullar tomonidan Sharqiy Turkistonni bosib olinishi va 1208 yil ulardan qochgan nay-manlarning kelishi va 1211 yil Gurxonning asir olinishi (2 yildan soʻng vafot etgan) bilan bogʻliq boʻlgan. 1218 yil,naymanlar Chingizxon tomonidan boʻysundirilgan.


Qoraxitoylar - kidanlar davlati tor-mor etilgach (1125), oʼrta Osiyoga kelgan kidanlar va ulardan ilgariroq bu yerga koʻchib kelgan kidanlarga (16 ming oila) oʻrta asr muarrixlari tomonidan berilgan nom. 12-asr oʻrtasi — 13-asr boshlarida 18 yoshga toʻlgan barcha. Qoraxitoylar davlatini tuzgan kidanlarning Yelyuy urugʻidan chiqqan gurxonlarning qoʻshinida harbiy xizmatni oʻtashgan.Qoraxitoylarning,asosiyqismi Talas va Chudaryolari vodiysida chorvachilik bilan mashgʻul boʻlganlar. Qoraxitoylarda patriarxal-urugʻchilik tuzumi qoldiqlari bilan uygʻunlashib ketgan mulkchilik munosabatlari ustuvor boʻlgan, biroq ayollar katta huquqqa ega edilar. qoraxitoylarda,buddaviylar boʻlsada, osmon, yer va ajdodlar ruhiga qurbonlik qilishgan. Chingizxoy, maslahatchisi Yelyuy chuqay Qoraxitoylar orasida boʻlganida ularning yuksak adabiy fazilatlarga ega dosto-nini yozib olgan. Keyinchalik qoraxitoylar,qoʻshni turkiy,xalqlar tarkibiga singib ketishgan. Qirgʻiz, qozoq va qoraqalpoqlar tarkibida Qoraxitoylarda qabila-urugʻ,nomi,uchraydi. Qoraxitoylar moddiy madaniyati obidalari tadqiq etilmagan.QORAXITOYLAR — kidanlar davlati tor-mor etilgach (1125), O‘rta Osiyoga kelgan kidanlar va ulardan ilgariroq bu yerga ko‘chib kelgan kidanlarga(16 ming oila) o‘rta asr muarrixlari tomonidan berilgan nom. Qoraxitoylar kelib chiqishi to‘g‘risida fanda yagona fikr mavjud emas. Ba’zi tadqiqotchilar ularni Sibirning tungus aholisiga, boshqalari esa mo‘g‘ullarga mansub deb hisoblaydilar. XII a. o‘rtasi — XIII asr. boshlarida 18 yoshga to‘lgan barcha qoraxitoylar Qoraxitoylar davlatini tuzgan kidanlarning Elyuy urug‘idan chiqqan gurxonlarning qo‘shinida harbiy xizmatni o‘tashgan. Qoraxitoylarning asosiy qismi Talas va Chu daryolari vodiysida chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Qoraxitoylarda patriarxal-urug‘chilik tuzumi qoldiqlari bilan uyg‘unlashib ketgan mulkchilik munosabatlari ustuvor bo‘lgan, biroq ayollar katta huquqqa ega edilar. Qoraxitoylar buddaviylar bo‘lsa-da, osmon, yer va ajdodlar ruhiga qurbonlik qilishgan. Chingizxonning maslahatchisi Yelyuy Chusay qoraxitoylar orasida bo‘lganida ularning yuksak adabiy fazilatlarga ega dostonini yozib olgan. Keyinchalik qoraxitoylar qo‘shni turkiy xalqlar tarkibiga singib ketishgan. Qirg‘iz, qozoq va qoraqalpoqlar tarkibida qoraxitoylar qabila-urug‘ nomi uchraydi. Qoraxitoylar moddiy madaniyati obidalari tadqiq etilmagan.QORAXON — buyuk xoqon.
QORAXONIYLAR, XONIYLAR, XOQONIYLAR — Qoraxoniylar davlatini boshqargan xoqonlar sulolasi. "qoraxoniylar"iborasi shartli ravishda sulola nomi sifatida qollanilib, davlat hukmdorlari "qoraxon" — buyuk xon unvoni bilan yuritilgan. Shu bois sharqshunos olim V.V.Grigorev sulolaga "qoraxoniylar", deb nom bergan va u ilmiy adabiyotlarda mustahkam ornashib qolgan. Qoraxoniylarning yirik vakillari: Abdulkarim Sotuq Bug'roxon (859 — 955), Muso ibn Abdulkarim (955-970), Hasan ibn Sulaymon (977-992), Ahmad ibn Ali Arslonxon (998-1017; hokimiyat amalda ukasi Nasr ibn Ali qolida bolgan, u Movarounnahrni bosib olgan), Mansur ibn Ali (1017-26), Ibrohim ibn Nasr Tamgachxon (1040-70), Arslonxon Muhammad ibn Sulaymon (1102-30). 1130-yildan saljuqiylarga, 1140-yillar boshida qoraxitoylarga qaram bolgan. Qoraxoniylarning songgi vakili Usmon ibn Ibrohim 1212-y. Muhammad Xorazmshoh tomonidan ag`darilib qatl qilingan.RAIS (arabcha — rahbar, sardor) — shahar hokimi.
RANGREZ — matoga rang beruvchi; minchi.
RO‘YAN — Movarounnahrda ekilib, turli xil dori-darmonlar va bo‘yoqlar tayyorlangan texnik o‘simlik.
SADRI JAHANNAM — Buxoro sadri Muhammad ibn Abdulazizning xalq orasida yoyilgan laqabi. Muhammad ibn Abdulaziz bu laqabani olishiga sabab shuki, u xalq o‘rtasida obro‘sini kuchaytirish maqsadida huzurida 600 nafar faqh (huquqshunos) larni tutib turishi, mehnatkash aholiga nisbatan g‘oyat shafqatsizligi edi. Oqibatda uning "Sadri jahon" unvoni xalq o‘rtasida "Sadri jahannam" laqabiga aylantirildi.
SADRI JAHON — XII-XIII asrlarda Buxoroda hukmronlik qilgan burhonlar xonadoni unvoni. "œKitobi mullazoda" asarining muallifi Ahmad ibn Mahmudning yozishicha, burhonlar xonadoniga Abdulaziz ibn Umar asos solgan. Sadri jahon unvoni unga sulton Sanjar tomonidan berilgan. Abdulaziz ibn Umar vafotidan song bu lavozim ogli, keyinchalik nevaralariga berilgan. Ularning avlodlari 1207-yilgacha Buxoroda mustaqil hukmronlik qilgan. Songgi Sadri jahon Burhoniddin Muhammad ibn Ahmad osha yili Muhammad xorazmshoh tomonidan mansabdan tushirilgan. Burhonlarning ayrim namoyandalari ilgarigidek nufuzga ega bolmasalar-da, imtiyozlari mogullar davrida ham saqlanib qolgan. Ular vaqf yerlarni nazorat qilishgan; oʼz yerlari, savdo-hunarmandchilik korxonalari bolgan, karvon savdosi bilan shugullanishgan. XIII asrda Malik Sanjar Sadri jahonlarga qarshi xalq qozg`olonini boshqargan.
SAFFORIYLAR — Safforiylar davlatida hukmronlik qilgan sulola. Ular IX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoning janubi bilan Eron chegaralarida yashagan. Safforiylar nomi uning asoschisi Ya’qub ibn Lays as-Saffor nomidan olingan. Safforiylarning yirik hukmdorlari: Ya’qub ibn Lays (867-879); Amr ibn Lays (879-902).
SAFFORIYLIK — misgar hunarmandlar.Davlat boshqaruvi. Qoraxoniylar davlatni el-yurt va viloyatlarga bo'lib idora etardilar. Ularni eloqxon va takin (yoki tegin) lar boshqarardilar. Xokimlari faqat qoraxoniylar xonodonining eloqxon unvoniga sazovor bo'lgan azolaridandan saylanar edi. Eloqxonlar o'z nomlari bilan chaqa tangalar zarb qilar va viloyatlarning mustaqilligi uchun intilar edilar. Movaraunnaxr eloqxoni qoraxoniy eloqxonlari orasida katta obro'ga ega edi. U Samarqandda taxtga o'tirgan. Viloyat boshqaruv ma'muriyati somoniylar davridagidek vazirlar, soxibbaridlar, mustovfiylar xizmat qilardi. SHaxarlar esa shaxar xokimi, raislar tomonidan boshqarilardi. Qoraxoniylar mamlakatda o'z xukmronligini mustaxkamlab olishda musulmon ruxoniylari bilan yaqin va do'stona munosabatlar o'rnatadilar. Bu davrda imomlar, sayyidlar, shayxlar va sadrlarga e'tibor kuchayib, ularning obro'yi xar qachongidan xam balandga ko'tariladi.
Qoraxoniy xukmdorlari garchi bu davrda xali o'troq xayotga ko'chgan bo'lsalar xam, dexqonchilik voxalari va shaxarlarning madaniyatini yaxshi anglar edilar. Ular Bolasog'un, Qoshg'ar Taroz, O'zgan, Samarqand va Buxoro kabi shaxarlari davlat yoki viloyat poytaxtiga aylantirib, shaxarlar bilan aloqa bog'lashga xarakat qiladilar.
Qoraxitoylar xujumi. Siyosiy jixatdan tobora zaiflashib borayotgan Qoraxoniylar davlati o'zining avvalgi mavqeyini yo'qotib, saljuqiylar tazyiqiga uchradi va unga qaram bo'lib qoladi. 12 asrning 30 yillari oxiriga kelganda Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar ko'chmanchi qoraxitoylar (mo'g'ullarga mansub qabila) xujumiga duchor bo'ldi. Go'rxon Bolasog'un shaxrini Qoraxitoylar davlating poytaxtiga aylantirgan. Yettisuvga joylashib olgan qoraxitoylar tez orada Sirdaryoning o'rta oqimiga tomon yurish boshlaydilar. Ularning janggovar qo'shinlari avval SHosh va Farg'onaga, so'ngra Zarafshon va Qashqadaryo viloyatiga bostirib kiradi. 1137 yilda ular Xo'jand shaxri yaqinida. Qoraxoniylarning Eloqxoni Maxmudga qaqshatqich zarba beradilar. O'zaro sulx tuzilib, qoraxoniylardan katta tovon olingach, o'z yurtlariga qaytib ketadilar. Lekin sulx uzoqqa cho'zimaydi. Oradan to'rt yil o'tgach qoraxitoylar yana Movarounnaxrga yurish qiladilar. 1141 yilda bo'lib o'tgan jangda qoraxitoylar g'alaba qozonadi. Oqibatda Qoraxoniylar davlati tugatildi.
Saljuqiylar - o'g'uzlarning Saljuqbek boshchiligida ajralib chiqib, davlat tashkil qilgan qismi
Sadr - diniy unvon. Vaqf mulklarining boshqaruvchisi
Go'rxon - qoraxitoylar davlatining xukmdori.Qishloq xo'jaligidagi axvol. 11 asrda Movarounnaxrga kirib kelgan ko'chmanchi chorvadorlar dexqonchilik maydonlarini toptab, oyoqosti qiladilar. O'tloq va yaylovlarga aylantirilgan ekinzorlar qoraxoniylar xonadonining tayanchi xisoblangan qabilalarning asosiy mulkiga aylantiriladi.
Maxalliy mulkdor dexqonlar bilin chorvador ko'chmanchilar o'rtasida ziddiyat kuchayib, dexqonlarga qarshi kurash keskin tus oladi. Qoraxoniylarning tazyiqi oqibatida mulkdor dexqonlar jon saqlash maqsadida o'z yerlarini tashlab ketishga majbur bo'ladilar. Qoraxoniylar xukmronligi davrida maxalliy mulkdor dexqonlar yer-suv mulklaridan xamda mamlakatda tutgan siyosiy mavqelaridan ajralib, jamiyat xayotida o'zining ilgarigi o'rni va axamiyatini butunlay yo'qotadilar.
Iqto' yerlarining kengayishi. 11 asrdan boshlab yerdan foydalanishda iqto' tartiboti juda keng yoyiladi. Qoraxoniylar tomonidan xukmron sulola namoyandalaridan tashqari oliy darajali xarbiylar, davlat ma'murlari va maxalliy zodagonlarga xam katta-katta yer maydonlari iqto' tarzida xadya qilinadi. Iqto' tartibi qoraxoniylar uchun bo'ysundirilgan mamlakatlar axolisidan tegishli soliqlarni undirib, uni boshqarishning eng qulay shakli xisoblangan.
SHunday qilib, 11-12 asrlarda Movarounnaxrda va Xurosonda iqto' yerlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan biriga aylanadi.
Bu davrga kelib musulmon ruxoniylariga bo'lgan e'tiborning kuchayishi va mamlakatda ularning siyosiy ta'sirining tobora ortib borishi bilan vaqf yerlari xam ancha ko'paydi. Garchi bu davrda barzikorlar ilk o'rta asrlardagi kadivarlarga nisbatan ozod xisoblansalarda, ammo ularning zimmasiga davlat tomonidan turli soliq va xar xil majburiyatlar yuklangan edi. Sug'orish tarmoqlari, to'g'onlar, yo'l va qal'alar qurish va ularni ta'mir etishda ularning ishtiroki shart edi.
SHaharlar, savdo va hunarmandchilik maxallalari. 11-12 asrlarda shaxarlar kengayadi, axolisining soni ko'payib, ular yanada gavjumlashadi.


Samarqand, Buxoro, Termiz, O'zgan, Toshkent kabi shaxarlar ichki va tashqi savdo uchun xilma-xil xunarmandchilik maxsulotlari ishlab chiqaradigan xamda chaqa-tangalar vositasi bilan olib boriladigan bozor tijoratining markaziga aylanadi. SHaxarlar markazida shoxona saroylar, masjid, madrasa, minora va xammom kabi ko'plab maxobatli imoratlar qad ko'taradi. 11-12 asrning sirli koshinkor va qabartma naqshli sopol idish va tovoqlari, rangdor shisha buyumlari, naqshinkor mis idishlari o'zining xilma-xilligi va yuqori darajada nafisligi bilan ajralib turadi. Xunarmandchilikning taraqqiy etishi xamda ichki va tashqi savdoning kengayishi bilan bozor tijoratida pulga talab oshadi. O'sha vaqtlarda Bolasog'un, Taroz, O'zgan, Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaxarlarda pul ishlab chiqaradigan zarbxonalar bo'lgan.


11-12 asrlarda "dexqon" degan tushuncha o'zining "qishloq xokimi" deb anglatuvchi asl ma'nosini yo'qotdi.
Minorai Kalon - Buxoroda (12 asr).
Xorazmshoxlar davlati 9-10 asrlarda toxiriy, safforiy va somoniylar qo'l ostida bo'lgan. 10 asr oxirlarida Xorazm iqtisodiy jixatdan yana tez rivojlana boshlagan. 10 asrning oxiriga borganda 8 asr boshlaridagi mavjud uchta shaxarlarning soni o'ttiz ikkitaga yetgan. 10-11 asrlarda Xorazm mintaqadagi yirik savdo markazlaridan biriga aylangan. Xorazm savdogarlari chorvadorlar (xozirgi Turkmaniston va Qozog'iston) xamda Itil (Volga) bo'yidagi Xazar va Bulg'or podsholiklari, shuningdek SHarqiy Yevropaning slavyan axolisi bilan savdo-sotiq olib borganlar. Savdo aloqalarini kengayishida ayniqsa Gurganch (Urganch) shaxri muxim rol o'ynagan. Uning xokimi "Gurganch miri" nomi bilan ulug'langan.
995 yilda Gurganch miri Ma'mun ibn Muxammad Kat shaxrini ishg'ol qilib, Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi va Xorazmshox unvoniga sazovor bo'ldi. SHu tariqa afrig'iylar sulolasi barxam topib, Ma'muniylar xukmronligi boshlandi. Ko'xna Urganch Xorazmshoxlar davlatining poytaxtiga aylandi.Qisqa davr ichida ma'muniylar Xorazmshoxlar davlatini ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jixatdan rivojlantirdilar. Mamlakat viloyat, shaxar va qishloq (qal'a) larga ajratilib boshqarildi.​​Movarounnahrdagi Qoraxoniylar davlati qanday quladi?
1210-yil Xorazmshoh Muhammad va Samarqand xoni Usmonxonning birlashgan qo'shini Qoraxitoylar qo'shiniga qaqshatqich zarba berdi. Natijada, Qoraxitoylarning Movarounnahrdagi hukmronligiga barham berildi. G'alabadan keyin Sulton Muhammad Xorazmshoh qizi Xonsultonni Usmonga nikohlab berdi. O'sha paytdagi turkiylar odatiga ko'ra Usmon poytaxt Gurganjda bir yil qolib ketadi. Bu orada Qoraxitoylar yana Samarqandga hujumlar qila boshlaydi, ammo bu hujumlar muvaffaqiyatsiz tugaydi. Samarqandga qaytgan Usmon Xorazmshohga bo'ysinishni istamaydi va shahardagi Xorazmliklarni qirishga buyruq beradi. Bunga sabab esa, ba'zi manbalarda xorazmliklarning shahar aholisiga nisbatan qilgan zo'ravonliklari ekanligi aytiladi. Shahar ahli yo'lida uchragan xorazmlikni so'yib ko'chalarga osib qo'yadilar. Usmon shafqatsiz qilmishlarini xotiniga nisbatan ham qo'llashdan tap tortmaydi. Uni o'zining boshqa xotini, Qoraxitoy malikasiga xizmatkor qilib qo'yadi.
Bu voqealar Xorazmshohga yetib borganda, sulton g'azabga minadi va Samarqandga yuradi. Shaharni qamal qilishni boshlaydi. Qarshilik qilish befoydaligini anglagan Usmon xon qilich va kafan ko'tarib Sulton huzuriga chiqadi. Dastlab, shunchaki dashnom berilgan Usmon xotinining talabi bilan shu tunda qatl etiladi. Shahar ahli esa misli ko'rilmagan darajada qirg'in qilinadi. Ba'zi ma'lumotlarga qaraganda 10ming kishi qatl etiladi. Ulamolar, sayyidlar qo'llarida Qur'on ko'tarib chiqib sultondan shafoat tilaydilar. Shundan keyingina qirg'in to'xtatiladi. Bu voqea 1212-yilda yuz beradi. Shunday qilib, barcha Qoraxoniy sulola vakillari qatl etiladi va Qoraxoniylar davlati barham topadi. Bu Muhammad Xorazmshoh qulatgan ikkinchi davlat edi.
Qoraxitoylar hujumi. Siyosiy jihatdan tobora zaiflashibborayotgan Qoraxoniylar davlati o‘zining avvalgi mavqeyini yo‘qotib, saljuqiylar tazyiqiga uchraydi va unga qaram bo‘lib qoladi. XII asrning 30-yillari oxiriga kelganda Qoraxoniylar
davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar – ko‘chmanchi qoraxitoylar (mo‘g‘ullarga mansub qabila) hujumiga duchor bo‘ldi. Qoraxitoylar hukmdori Go‘rxon Bolasog‘un shahrini Qoraxitoylar davlatining poytaxtiga aylantirgan.
Yettisuvga joylashib olgan qoraxitoylar tez orada Sirdaryoning o‘rta oqimiga tomon yurish boshlaydilar. Ularning jangovar qo‘shinlari avval Shosh va Farg‘onaga, so‘ngra Zarafshon va Qashqadaryo viloyatiga bostirib kiradi. 1137-yilda ular Xo‘jand shahri yaqinida qoraxoniylarning eloqxoni
Mahmudga qaqshatqich zarba beradilar. O‘zaro sulh tuzilib,
qoraxoniylardan katta tovon olingach, o‘z yurtlariga qaytib
ketadilar. Lekin sulh uzoqqa cho‘zilmaydi.
Oradan to‘rt yil o‘tgach qoraxitoylar yana Movarounnahrga yurish qiladilar.
1141-yilda bo‘lib o‘tgan jangda qoraxitoylar g‘alaba qozonadi.
Oqi batda Qoraxoniylar davlati tugatiladi
Download 306.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling