Bajardi: ochilov umirzoq


Download 0.54 Mb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1531568
1   2   3   4
Bog'liq
Diniy fanatizmning asoslari va manbalari

Aqidaparastlik tushunchasini ilk bor fransuz voizi va ilohiyotchisi Jak-Benin Bossyue (1627–1704) tomonidan qo’llanilgan bo’lib, u o’z davrida katolik dinini monarxiya hokimiyati ustuvorlik qiluvchi Fransiya uchun rasmiy qarashlar tizimi sifatida ko’rgan fransuz absolyutizmining asosiy mafkurachilaridan biri edi. Bossyue aqidaparast tushunchasini o’sha davr o’z diniy e’tiqodlarini cherkov munosabatlari va qoidalariga emas, balki faqat xudogagina bog’liqligiga ishongan protestantlarga nisbatan qo’llagan. Bossyue dinning asosini axloq va intizomda deb bilgan. Xristianlik u uchun axloq normalarining namunasi edi, lekin u har qanday ilohiy his-tuyg’ular va mistik hodisalarni “ruhiy vabo” (la peste spirituelle) sifatida qabul qilgan

  • Aqidaparastlik tushunchasini ilk bor fransuz voizi va ilohiyotchisi Jak-Benin Bossyue (1627–1704) tomonidan qo’llanilgan bo’lib, u o’z davrida katolik dinini monarxiya hokimiyati ustuvorlik qiluvchi Fransiya uchun rasmiy qarashlar tizimi sifatida ko’rgan fransuz absolyutizmining asosiy mafkurachilaridan biri edi. Bossyue aqidaparast tushunchasini o’sha davr o’z diniy e’tiqodlarini cherkov munosabatlari va qoidalariga emas, balki faqat xudogagina bog’liqligiga ishongan protestantlarga nisbatan qo’llagan. Bossyue dinning asosini axloq va intizomda deb bilgan. Xristianlik u uchun axloq normalarining namunasi edi, lekin u har qanday ilohiy his-tuyg’ular va mistik hodisalarni “ruhiy vabo” (la peste spirituelle) sifatida qabul qilgan

Shu ko’rinishdagi diniy e’tiqod vakillarini uning nazdida diniy aqidaparast va bid’atchi deya hisoblagan. Bossyue diniy murosasizlik targ’ibotchisi edi. U Lyudovik XIV 1685-yili Genrix IV tomonidan protestantlar va katoliklar uchun tenglikni joriy etish uchun 1598-yili qabul qilingan Nantes farmonini bekor qilishga undagan. 1764-yili Jenevada “Falsafiy lug’at” nashr etildi, unda fransuz faylasufi, ma’rifatchi, tarixchi va shoiri Volter (1694–1778)ning “fanatizim” so’ziga bergan izohi chop etildi. Volterning ta’kidlashicha aqidaparast shaxs — “O’z nodonligini kuch orqali himoya qiluvchilar”dir. Ular o’z g’oyasini himoya qilar ekan, unga qarshi bo’lgan barcha insonlarga nisbatan kuch ishlatish va qatl qilishga tayyordir. Bunga misol sifatida Volter tarixiy Varfolamey kechasini misol qilib keltiradi.

  • Shu ko’rinishdagi diniy e’tiqod vakillarini uning nazdida diniy aqidaparast va bid’atchi deya hisoblagan. Bossyue diniy murosasizlik targ’ibotchisi edi. U Lyudovik XIV 1685-yili Genrix IV tomonidan protestantlar va katoliklar uchun tenglikni joriy etish uchun 1598-yili qabul qilingan Nantes farmonini bekor qilishga undagan. 1764-yili Jenevada “Falsafiy lug’at” nashr etildi, unda fransuz faylasufi, ma’rifatchi, tarixchi va shoiri Volter (1694–1778)ning “fanatizim” so’ziga bergan izohi chop etildi. Volterning ta’kidlashicha aqidaparast shaxs — “O’z nodonligini kuch orqali himoya qiluvchilar”dir. Ular o’z g’oyasini himoya qilar ekan, unga qarshi bo’lgan barcha insonlarga nisbatan kuch ishlatish va qatl qilishga tayyordir. Bunga misol sifatida Volter tarixiy Varfolamey kechasini misol qilib keltiradi.

“Aqidaparastlar — bu o’zlarining g’oyalaridan o’zgacha fikrlovchilarga o’lim hukmini o’quvchi sudiyalardir” — deya e’tirof etgan edi Volter. Diniy aqidaparastlik psixologiyasi to’g’risida to’xtalar ekan, Volter — bu shunchaki “johillik mevasi” yoki Beyl ta’kidlaganidek “ibtidoiy jon” emas, balki olamon psixologiyasi bilan chambarchas bog’liq holatdir deya ta’kidlaydi. Fanatiziya har doim qabihlik va shafqatsizlik xususiyatiga egadir. U ayni vaqtda xurofot, g’azab va johillik kabi illatlarning asoschisi hisoblanadi deb alohida e’tirof etadi Volter. Shu o’rinda alohida ta’kidlash zarurki, diniy fanatizimni yuzaga kelishining nafaqat ijtimoiy balki psixologik ildizlari ham mavjud.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling