Bajardi: Odilova Malika
Download 349.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Malika Odilova 2M3
Andijon davlat universiteti Bajardi:Odilova Malika Guruhi;2M3 Mexanik sistema uchun asosiy teoremalar Reja: Mexanik sistema . Tashqi va ichki kuchlar Sistemaning massasi. Massalar markazi. O`qqa nisbatan inertsiya momenti. Inertsiya radiusi. Harakati (yoki muvozanat holati) tekshirilayotgan moddiy nuqtalar yoki jismlar sistemasini, mexanik sistema deb ataladi. Agar mexanik sistemani tashkil etuvchi nuqta (jism)larning o`zaro ta`sirlari mavjud bo`lsa, u holda har bir nuqta (jism)ning holati, qolgan barcha nuqta (jism)larning holatiga uzviy bog`liq bo`ladi. Bunga klassik misol tarzida quyosh sistemasini olishimiz mumkin bo`lib, undagi barcha jismlar (Quyosh, planetalar va kometalar) o`zaro tortilish kuchlari orqali bog`langan. Harakati (yoki muvozanat holati) tekshirilayotgan moddiy nuqtalar yoki jismlar sistemasini, mexanik sistema deb ataladi. Agar mexanik sistemani tashkil etuvchi nuqta (jism)larning o`zaro ta`sirlari mavjud bo`lsa, u holda har bir nuqta (jism)ning holati, qolgan barcha nuqta (jism)larning holatiga uzviy bog`liq bo`ladi. Bunga klassik misol tarzida quyosh sistemasini olishimiz mumkin bo`lib, undagi barcha jismlar (Quyosh, planetalar va kometalar) o`zaro tortilish kuchlari orqali bog`langanlar. Mexanik sistemaga ta`sir etuvchi F -aktiv kuchlar va N reaktsiya kuchlarini ). Berilgan mexanik sistemaga kirmagan jismlarning sistema nuqtalariga ta`sir kuchlari, tashqi kuchlar deb ataladi. Sistemani tashkil etuvchi nuqta yoki jismlarning o`zaro ta`sir kuchlari ichki kuchlar deb ataladi. Bunday ajratishlik shartli bo`lib, mexanik sistemani tanlab olishimizga bog`liq bo`ladi. Masalan, agar Quyosh sistemasini tanlab olsak, u holda er bilan Quyoshning o`zaro tortilish kuchlari ichki kuchlar hisoblanadi; agar er bilan Oyni bitta sistema deb qabul qilsak, Quyoshning tortilish kuchi endi tashqi kuch hisoblanadi. Ichki kuchlar quyidagi xossalarga ega bo`ladilar: F-larning geometrik yig`indisi nolga teng bo`ladi. Xuddi shunday natijani ixtiyoriy olingan har bir ikkita nuqta uchun yozishimiz mumkin, demak 𝐹 𝑘 =0 Mexanik sistemaning barcha ichki kuchlarining ixtiyoriy markazga yoki o`qqa nisbatan olingan momentlarining yig`indisi (bosh momenti) nolga teng bo`ladi. Haqiqatdan ham, 274 shakldan ko`rinib turibdiki, agar ixtiyoriy olingan O nuqtaga nisbatan momentlarning yig`indisi Lekin yuqoridagilarga asosan, ichki kuchlar o`zaro muvozanatlashib, mexanik sistemaning harakatiga ta`sir qilmas ekan deb hisoblamaslik lozim, chunki bu kuchlar sistemaning turli nuqtalariga qo`yilgan bo`lib, shu nuqtalarning nisbiy harakatlariga ta`sir qilishi mumkin. Agar sistema absolyut qattiq jismdan iborat bo`lsa, u holda ichki kuchlarning yig`indisi o`zaro muvozanatlashgan bo`ladi. Download 349.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling