Bajardi: Olimov Umurzoq Tekshirdi: G‘. Raxmonov Toshkent 2023 1- amaliy ish mavzu
Download 12.61 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi:Olimov Umurzoq Tekshirdi:_G‘.Raxmonov Toshkent 2023 1- AMALIY ISH Mavzu
- Nazariy qism
- Ishning bajarilishi
- Natijaviy xulosalar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Menejment va Marketing kafedrasi AMALIY ISH № 1 Mavzu:Biznes va texnologiyalar orqali iqtisodiy inqirozlarga qarshi yechim Bajardi:Olimov Umurzoq Tekshirdi:_G‘.Raxmonov Toshkent 2023 1- AMALIY ISH Mavzu: Biznes va texnologiyalar orqali iqtisodiy inqirozlarga qarshi yechim Ishdan maqsad:Karantin va karantindan keyingi davrda kichik va o‘rta biznes hamda xususiy tadbirkorlarga bepul yuridik va biznes konsultatsiyalarni berish va davlatimiz rahbarining farmonlarida nazarda tutilgan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida to‘liq va ishonchli ma’lumot olishga yordam berish Nazariy qism 2020 yil mart oyida mamlakatimiz Rahbari tomonidan COVID-19 koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish uchun transport harakatini cheklash, tashqi va viloyatlararo chegaralarni yopish, bolalar bog‘chalari, maktablar va universitetlarda o‘qish jarayonini to‘xtatish, ommaviy tadbirlar va yig‘ilishlarni bekor qilish kabi qat’iy choralar ko‘rildi. Karantin choralari va cheklovlar boshqa mamlakatlarda ham, O‘zbekistonda ham kichik biznesning faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, kichik biznes 2019 yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulotining 57 foizini tashkil etgan. Chet eldan pul o‘tkazmalarining kamayishi, turizmdan tushadigan daromadlar pasayishi va shu qatorda savdo va yetkazib berish zanjirlarida bir qator muammolar yuzaga keldi. Aksariyat korxonalar ishlab chiqarish hajmini va ishchilar sonini qisqartirishga majbur bo‘ldi, bu esa o‘z navbatida ish bilan ta’minlashda va fuqarolarimizning daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ishning bajarilishi: Inqirozning iqtisodiy oqibatlarini yumshatish maqsadida O‘zbekiston rahbari yuridik va jismoniy shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqdi (xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.2010 yildagi 5969-sonli, 03.04.2010 yildagi 5978-sonli va 27.04.2010 yildagi 5986-sonli farmonlari). Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etildi va tadbirkorlikni va aholi bandligini qo‘llab-quvvatlash uning asosiy maqsadlaridan biri deb belgilandi. Natijaviy xulosalar: Kichik va o‘rta biznesga yangi turtki berish, biznes boshqaruvi ko‘nikmalarini rivojlantirish, biznes barqarorligi va hayotiyligini ta’minlash va kelajakdagi har qanday o‘zgarishlarga moslashishga qaratilgan onlayn va karantin tugaganidan so‘ng offlayn kurslarini boshlash rejalashtirilgan. Download 12.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling