Bajardi: Petrov Rafael Reja: O‘zbekiston Respublikasining milliy sporti
Bolalar sportining O‘zbekistondagi rivoji
Download 19.94 Kb.
|
Mustaqil is1
Bolalar sportining O‘zbekistondagi rivoji
Sport — bu so‘glom ijtimoiy-siyosiy muhitni tadbiq etishning eng yaxshi vositasidir.Ayniqsa yoshlar orasida bu muhim ahamiyat kasb etadi.Bugun O‘zbekistonda sport ta’lim va tarbiyaning ajralmas bo‘lagidir. O‘zbekiston aholisi yosh bo‘lgan davlatdir, O‘zbekiston hudida istiqomat qiluvchilarning qariyb 40 %idan ko‘prog‘ini 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Ularning har tomonlama rivojlanib, ham ma’nan ham jismonan kamolotga erishishlari muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun bolalar sportiga e’tibor va yoshlar orasida sog‘lom turmish tarzini ommalashtirish davlat siyosatining eng asosiy yo‘nalishlaridan biridir. 2002-yildan buyon bolalar sportini har tomonlama qo‘llab – quvvatlash maqsadida bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyat yuritib kelmoqda. So‘nggi yillarda respublikada 1113 zamonaviy bolalar sport obyektlari barpo etildi , shulardan 252 tasi sportkomplekslari, 861 tasi sport zallari, va 110 tasi suzish uchun suv havzalaridir. Bugungi kunda 30 dan ortiq sport turlari bilan doimiy ravishda 1 milion 800 ming bolalar shug‘ullanishmoqda. Qishloq joylaridagi bolalarni erta vaqtlardan sportga jalb qilishga alogida etibor berilmoqda. Shu bilan bir qatorda sport o‘yinlarinig uch bosqichli tizimi shakllangan bo‘lib, ularga “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalari kiradi. Mazkur tizimni, tub ma’noda, yuqori malakali sportchilarni tanlab olish va tayyorlashning milliy va samarali modeli deyish mumkin. Bu kabi keng ko‘lamli ishlarning natijasida, bugungi kunda bizning o‘g‘il-qizlarimizning 92%i bo‘y va og‘irlik jihatdan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti standartlariga to‘g‘ri keladi. Download 19.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling