Bajardi: Rahmonov Muhammadjon


Download 174.5 Kb.
bet1/2
Sana28.05.2020
Hajmi174.5 Kb.
#110930
  1   2
Bog'liq
Buyukyurtallomalaritarixioraliqjavoblar


Fan: Sharq Allomalari Ilmiy Merosi Tarixi

O‘qituvchi: Nilufar Jumayeva

Bajardi: Rahmonov Muhammadjon
Savollar:
22-VARIANT

1Ahmad al-Marvaziyning Bog`dod ilmiy maktabida tutgan o`rni.

2.Dunyoviy ilmlarning rivojlanishi

3.Burhoniddin al-Marg`inoniy O`rta Osiyodagi buyuk fiqhshunos ahamiyati.


Javoblar:

1. Savolga Javob



Tavallud topgan sana: 770-yil

Vafot etgan sana: 870-yil

Tug‘ilgan Joy: Marv

Yo‘nalaishlari: Astronomiya, Matematika
Ma'lumki, O‘rta asrda Bag‘dodda vujudga kelgan ilmiy maktab - «Hikmatlar uyi» («Bayt ul-hikmat») Sharq xalqlari fani tarixida alohida ahamiyat kasb etdi. Bu markazda faoliyat ko‘rsatgan allomalar o‘sha davr ilmlari, xususan, aniq fanlarning rivojiga salmoqli hissa qo‘shib, Qadimgi yunon, hind va boshqa xalqlar ilmiy merosini o‘qib o‘rgandilar, ularni tahlil qilib, yangi g‘oyalar bilan boyitdilar.
Natijada, ularning qalamiga mansub bo‘lgan qator asarlar paydo bo‘ldiki, bu asarlar O‘rta asr ilmining noyob durdonalariga aylandi.
IX-XI asrlarda butun musulmon Sharq fani va madaniyati taraqqiyotida Markaziy Osiyo donishmandlari yetakchi mavqyeni egallagan bo‘lsa-da, musulmon madaniyatining «oltin davri» deb e'tirof etilgan ushbu davrda yashagan bu allomalarning hayoti va faoliyati hozirga qadar to‘liq aniqlanmagan.

Markaziy osiyolik olimlarning ma'lum qismi xalifa al-Ma'mun tarafidan tanlab olinib, poytaxt Bag‘dodga olib ketilgan. Ular orasida xorazmlik buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy, farg‘onalik mashhur astronom Ahmad al-Farg‘oniy, o‘sha davrdagi Forob (hozirgi Gavhartepa) mintaqasidan chiqqan yirik astronom va matematik al-Abbos al-Javhariy, Bag‘dod va Damashq shaharlaridagi astronomik tadqiqot va kuzatishlarning tashkilotchisi marvlik YAhyo ibn Abu Mansur va boshqalar bo‘lgan.

Bag‘dod ilmiy maktabida faoliyat ko‘rsatgan yirik astronom va matematiklardan yana biri Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy bo‘lib, u «Habash al-Hosib» («Habash hisobchi») laqabi bilan tanilgan. Uning ismidagi al-Marvaziy rutbasi esa muallifni hozirgi Turkmanistonning Bayram Ali shahri yaqinidagi Marvdan ekanligini ko‘rsatadi. Olimning ismi va ba'zi asarlari o‘rta asr mualliflaridan Ibn an-Nadim (X asr), Ibn al-Qiftiy (1173-1248) va Hoji Xalifalar (1609-1657) tomonidan zikr etiladi.

Jumladan, Ibn an-Nadim uni yuz yildan ortiq yashagan, deb ma'lumot berib, Marvaziyning yettita kitobining nomini sanab o‘tadi. Ibn al-Qiftiy esa uning asli kelib chiqishi Marvdan bo‘lib, xalifa al-Ma'mun va al-Mu'tasim zamonida Bag‘dodda faoliyat ko‘rsatganligini aytadi. Olimning yashagan umrini Ibn al-Qiftiy yuz yillar atrofida deb xabar beradi.

Keltirilgan ma'lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Ahmad al-Marvaziy uzoq umr ko‘rgan. Fan tarixiga oid bibliografik kitoblardan bu olimni 770-870 yillar mobaynida yashab o‘tgan deb taxmin qilinadi. Ahmad al-Marvaziy «Zij» («Astronomik jadvallari») deb ataladigan «Damashq ziji» («az-Zij al-ma'ruf bi-d-Damashqiy»), «Zij» (bu zij Bag‘dod shahri uchun tuzilgan) va «al-Ma'munning tekshirilgan ziji» («az-Zij al-Ma'muniy al-mumtahan») asarlarining muallifidir.

Ibn al-Qiftiy al-Marvaziy «Shoh uchun zij» («az-Zij al-Shahiy») nomli yana bir kichik hajmdagi risolaning ham muallifi deb ko‘rsatadi. Lekin bu risola yuqoridagi zikr etilgan «zij»larning birortasi bo‘lishi mumkin. «Damashq ziji» hozirda Istambulda saklanmokda. Al-Marvaziy o‘zining bu asarini o‘sha davrda «Sindhind» nomi bilan mashhur bo‘lgan hind astronomik jadvallarini qayta ishlash asosida yozgan.

Undagi ba'zi masalalar Ibrohim al-Fazariy, Muhammad al-Xorazmiyning «zij»laridan farqlanadi. Olimning Bag‘dod shahri uchun yozilgan ikkinchi «Zij»i Berlinda saqlanmoqda. Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» va «Geodeziya» asarlaridagi ma'lumotlarga qaraganda, bu kitob keyingi davr astronomlari tarafidan hurmat bilan tilga olingan.

Uchinchi «al-Ma'munning tekshirilgan «ziji» ham o‘z vaktida katta shuhrat qozongan bo‘lib, xalifa al-Ma'mun bir guruh olimlarga Qadimgi yunon astronomlarining kitoblarida keltirilgan ma'lumotlarni tajribalar asosida qaytadan tekshirib chiqish vazifasini yuklagan va tajriba natijalari o‘laroq, ushbu asar dunyoga kelgan. Bu asarda o‘sha davr astronomiyasining barcha yutuqlari mujassam etilgan va O‘rta asr manbalarida ba'zan YAhyo ibn Mansur va Ahmad al-Marvaziy, ba'zan esa o‘sha davrning boshqa astronomlari tarafidan bitilgan, deb keltiriladi.

Bunday asarning yaratilishida ko‘pchilik ishtirok etgan bo‘lishi kerak, degan xulosa kelib chiqadi. Shunga qaramasdan, mutaxassislar al-Ma'mun «ziji»ni YAhyo ibn Mansur boshlab, Ahmad al-Marvaziy yakunlagan bo‘lishi kerak, degan taxminni qiladilar. Umuman esa, al-Marvaziy al-Ma'mun davrida olib borilgan tajriba va ilmiy tadqiqotlarda eng faol ishtirok etgan olimlardan bo‘lib, 832-833 yillarda Sinjar sahrosida yer meridianining bir darajasini o‘lchash ishlarida ham qatnashgan.

Al-Marvaziyning yigirmaga yaqin nomdagi asarlari ro‘yxatida biz astronomik jihozlar — astrolyabiyalar, quyosh soati va zat al-halaklarga bag‘ishlangan risolalarni uchratishimiz mumkin. Afsuski, ularning katta qismi bizgacha yetib kelmagan.

Olimning astronomiyadagi yutuqlariga qaramasdan, uning asosiy xizmatlari trigonometriyada deb topilgan. Bu fikrimizning mag‘zini al-Marvaziyning fanga birinchi bo‘lib olib kirgan tangens va kotangens tushunchalari va ularning funksiyaviy jadvallari tashkil etadi. Olimning asarlarida bayon qilingan tangens, kotangens va kosekans tushunchalari trigonometriya rivojiga qo‘shilgan ulkan hissa bo‘ldi.

Ibn an-Nadim o‘zining «al-Fixrist» kitobida al-Marvaziyga oid yana ikki muhim ma'lumotni keltiradi. Ulardan biri al-Marvaziyning Abu Ja'far ibn Ahmad ibn Abdulloh ibn Habash ismli o‘g‘li bo‘lib, u ham astronomiya bilan shug‘ullangan va «Yassi astrolyabiya» («Kitab al-asturlab al-musattah») nomli kitobning muallifi ekanligidir. Ikkinchisi esa, IX asrdagi mashhur astrolog va astronomlardan biri Muhammad ibn Bazyar biz hikoya qilayotgan al-Marvaziyning o‘quvchilaridan deb e'tirof etilishidir. Bu esa Ahmad al-Marvaziyni nafaqat mashhur olim, balki yetuk shogirdlar tayyorlagan mohir ustoz bo‘lganidan ham dalolat beradi.
Xulosa: Ahmad al Marvaziy Bayt ul Hikmada faoliyat yuritishi ikkala tomonlama ham ahamiyatga ega bo‘ldi.

Avvalo Olim Bu boy Kutubxonadan unumli foydalana oldi va O‘zining Buyuk asarlarini Tarixda qoldirdi. Uning asarlari ham nazariy, ham amaliy jihatdan yuqori o‘rin kasb etdi. Marvaziy ijodi bu Musulmon Renessansinining ajralmas qismi bo‘la oldi.
2- Savolga Javob

Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma’rifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Insoniyat asrlar mobaynida bosqichma-bosqich dunyoviylik sari intilib keldi. Umume’tirof etilgan tamoyillar va konun ustuvorligi, siyosiy pluralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi. Bunday jamiyatda insonning haq-huquqlari va erkinliklari, jumladan, vijdon erkinligi xam qonun yo‘li bilan kafolatlanadi. ana shunday jamiyat mafkurasi «Dunyoviylik - dahriylik emas» degan tamoyil asosida rivojlanadi, ya’ni dinning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va axamiyatini aslo inkor etmaydi.
Ijtimoiy tafakkurning mumtoz namunalari bo‘lgan dunyoviy, ilmiy durdonalari milliy g‘oyamizning falsafiy negizlarini belgilaydi. Yunon faylasufi Geraklit o‘zining Sharkda o‘tgan g‘oyaviy ustozlarini, «Avesto»dek muqaddas kitobda bitilgan falsafiy fikrlarni nazarda tutib, yurtimizga «falsafiy tafakkur beshigi» deb ta’rif bergan edi.
Mustaqillikdan so‘ng olib borilgan ilmiy tadqiqot va izlanishlar natijasi qadimiy madaniyat ildizlari qadimgi yunon sivilizatsiyasi bilan tenglasha olishini ko‘rsatdi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, Fales bilan bir maqomda turadigan, Salon bilan bahslashgan mutafakkir faylasuf Anaharsis Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan.
Hattoki Sobiq Ittifoq davridagi adabiyotlarda ham quyidagi mulohazalarni tan olishga majbur bo‘lishgan. “Qadimgi Gretsiyaning mashhur mutafakkiri Suqrot yaqin vaqtgacha “axloq falsafasining otasi” hisoblanib kelingan edi. Sharq madaniyati bilan chuqur tanishish natijasida XX-asr olimlari bu fikrdan qaytishga majbur bo‘lib, etika to‘g‘risidagi fikr va mulohazalar ancha burun, ya’ni, bundan 26 asr oldin Sharq mamlakatlarida paydo bo‘lgan, degan fikrga keldilar
Tadqiqotchilar O‘zbekiston zaminini hamda uning buyuk faylasuflari, ularning asarlari (“Avesto”), xususan, Anaharsis nazarda tutilgan bo‘lishi kerak deydi. Qadimgi Yunonistonda “Yetti donishmand” degan tushuncha mavjud bo‘lib, bunda o‘z davrining yetuk faylasuf olimlari, notiq va qonunshunoslar bu yettilikdan o‘rin olgan. Bu yetti donishmand orasida Fales, Solon, Suqrot, Pifagor, Anaksagor, va albatta Anaharsis ham nazarda tutilgan. Anaharsisni yetti donishmanddan biri sifatida Aristotel, Diogen, Laertskiy, Platon, Plutarxlar o‘z asarlarida qayd etishgan. Demak Anaharsisni turli davrblarda yashagan bir necha mualliflar yetti donishmandning biri sifatida sanab o‘tishgan. Hattoki Anaharsis sharafiga Afinada yodgorlik o‘rnatilgan. Muallifning yozishicha Anaharsis, borliq, bilish nazariyasi masalalari va haqiqat mezonlari to‘g‘risida, inson bilimining cheksizligi, narsa va hodisalar mohiyati to‘g‘risida, har qanday fikrga, g‘oyaga nisbiy haqiqat tarzida shubha bilan qarash haqida asarlar yozgan. U birinchi bo‘lib kema langarini, kulolchilik charxini kashf qilgan, deb e’tirof etishadi.

Bu davrda ayrim mualliflar keltirgan ilmlar tasnifida dunyoviy(an’anaviy) ilmlar bilan birga arab(islom) ilmlari ham qayd etiladi. Birinchisiga, yunonlardan o‘tgan falsafa, matematika, fizika va boshqa qator ilmlar kiritilgan bo‘lsa, islom ilmlari sifatida kalom, hadis, fiqh kabi ilmlar sanab o‘tiladi. Movarounnahr bu davrda dunyoviy ilmlarnigina emas, balki islom ilmlarining ham rivojlanish markaziga aylangan. Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy, Moturudiy, Marg‘inoniy, Kosoniy kabi allomalar bu sohada mashhur bo‘ldilar.
Diniy va dunyoviy ilmlar uzviy bog‘liq holda rivoj topdi. ІX asr boshlari va birinchi yarmida arab xalifaligi poytaxti Bag‘doddagi “Bayt ul-Hikma” ilmiy markazining dovrug‘ini ko‘tarishda O‘rta Osiyodan borgan Xorazmiy, Farg‘oniy, Javhariy, Abu Mansur. At-Turkiy, Marvaziy kabi yosh olimlarning aniq va tabiiy fanlar sohasidagi faol xizmatlari ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi.

Xulosa:

«Avesto»da ifodalangan falsafiy tamoyillar va milliy g‘oyalar, ezgulik va yovo‘zlik urtasidagi kurash, olam va odamning yaralishi, inson va uning kamoloti xaqidagi diniy va ilmiy karashlar, poklik, xalollik, mardlik kabi komil inson sifatlari bugungi dunyoqarash shakllanishiga samarali ta’sir utkazadi. Buyuk donishmand ajdodlarimizning ozodlik to‘g‘risidagi g‘oyalari, bu borada nixoyatda muxim axamiyatga molik. ayniksa, unlik sanok sistemasini butun insoniyat uchun eng kulay bo‘lgan xisoblash tizimiga aylantirgan, insoniyatga «algebra» fanini xada etgan, algoritmik ketma-ketlik uslubi xaqidagi ilk g‘oyani kashf kilgan xamda Muxammad ibn Muso al-Xorazmiyning dunyoviy kashfiyotlari tabiatshunoslikka oid bir kator fanlarni kashf etib, tom ma’noda shark naturfalsafasining otasi bo‘lgan, Abu Rayxon Beruniyning ijtimoiy-axlokiy karashlari bugungi kun uchun xam muxim. Falsafa tarixi, mantik, musikashunoslik, axlok singari soxalardan tashkari, sotsiologiyaga oid ilk falsafiy sistemani ishlab chikkan Abu Nasr Forobiyning adolatli jamiyat xaqidagi karashlarining o‘z urni bor. Nafakat meditsina fanining asoschilaridan, balki mantik ilmida xam mutafakkirlardan biri bo‘lgan ratsionalizm va irratsionalizmni sintez kilish asosida inson ruxiyatini nigilistik inkirozdan asrab kolgan, XX asr Gagb faylasuflari, ekzistensialistlari tomonidan Garbiy Evropani ma’naviy tushkunlikdan kutkarilishida asos bo‘lgan apa shu g‘oya asoschisi - Abu Ali ibn Sinoning ta’limoti xam bunda o‘z urniga ega. Mutafakkir shoir Alisher Navoiyning komil inson xaqidagi falsafiy mushoxadalari, Bobur va Mashrab, Bedil va Donish xamda asrimiz boshidagi ma’rifatparvar ziyolilarning faoliyati xam milliy g‘oya va istiqlol mafkurasining teran tomirlaridir.
3- Savolga Javob



Download 174.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling