Bajardi: Rejabali Ubaydullayev


Download 14.06 Kb.
Sana10.11.2020
Hajmi14.06 Kb.
#143310
Bog'liq
Joriy nazorat-1 QXM


Joriy nazorat-1

Fan:Qishloq xo‘jaligi menejmenti



Guruh-3/66

Bajardi:Rejabali Ubaydullayev.

Qabul qildi:Nafisa Tajiboyeva

Savollar


17-variant

1 Qishloq xo‘jaligining Respublika iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati.

2 Menejment tushunchasi va nazariy asoslari deganda imani tushunasiz?

Javoblar


1

O’zbekiston Markaziy Osiyoning qulay xududida joylashgan. Uning hududida azaldan insoniyat uchun nihoyatda kerakli hisoblangan turli xildagi qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarildi. Chunki bu hududda tabiiy-iqlim sharoitlar yetarlidir. Jumladan, Respublikada yillik samarali temperatura 26-30° ni tashkil etib, quyoshli soat 3600 dan ortiq bo’lib, bir yilda birnecha marta hosil olish imkonini beradi. O’zbekistonning jami yer maydoni 44.4 mln. gektar (2004 y.) bo’lib, shundan 50,8 foizini turli xildagi qishloq xo’jalik korxonalari, tashkilotlari hamda dehqon xo’jaliklari foydalanadilar: ularning yig’indisi mamlakat qishloq xo’jaligini tashkil etadi. Uning asosiy maqsadi tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan mamlakat aholisining iste’mol tovarlariga, qayta ishlash sanoatini esa xomashyoga bo’lgan talablarini qondirishdir. Buning uchun:

aholi birdaniga iste’mol qiladigan sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlarini barcha talablarni qondiradigan darajada ishlab chiqarish;

-qayta ishlash sanoati korxonalarining qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirishi lozim.

Hozirgi davrda, bu tarmoqda aholi iste’mol qilayotgan tovarlarning 95 foizidan ko’prog’i ishlab chiqarilmoqda. Ular o’simlikchilik hamda chorvachilik mahsulotlaridan iboratdir. 2004 yilda O’zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining 26,8 foizi qishloq xo’jaligida yaratilgan. Shu yilda barcha sanoat tarmoqlarida mamlakat yalpi ichki mahsulotining 17,1 foizi, qurilishda esa 4,5 foizi yaratilgan. Raqamlar qishloq xo’jalik tarmog’ining mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni ulkan ekanligidan dalolat bermoqda. Shu yilda qishloq xo’jaligida faoliyat ko’rsatayotgan barcha turdagi tadbirkorlar tomonidan 4732,0 mlrd so’mlik yalpi mahsulot yaratilgan. U asosan 3535,4 ming tonna paxta, 6017,1 ming tonna don, 3315,9 ming tonna sabzavot, 846,3 ming tonna meva, 996,3 ming tonna go’sht, 4280 ming tonna sut, 674,8 ming dona qorako’l teri, 1860,3 mlrd. dona tuxum va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlaridan tashkil topgan.

Barcha turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarni ishlab chiqarishda respublika iqtisodiyotida band bo’lgan mehnat resurslarining 31 foizga yaqini qatnashgan.

Lekin Respublika qishloqlarida jami aholining uchdan ikki qismi yashaydi. Ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar 26 mln. gektarga yaqin qishloq xo’jalik yerlaridan olingan, shundan 3695,7 ming gektari ekinzor.

Mamlakat dehqonchiligi sug’orishga asoslanganligi uchun katta miqdordagi suv resurslarini talab yetadi. Lekin bu talab ichki suv resurslari bilan atigi 40 foizgagina qondirilmoqda. Bunday hol Amudaryo hamda Sirdaryo xavzalaridan katta miqdordagi suv resurslarini jalb etishni talab yetadi. Hozirgi davrda qishloq xo’jaligida 42-46 mlrd m suv resurslaridan foydalanilmoqda. Tabiatda yer va suv resurslari cheklangan, ular takror ishlab chiqarilmaydigan resurslar hisoblanadi. Shuning uchun ularning har bir gektaridan, m dan tadbirkorlik bilan fan-texnika yutuqlarini joriy etib, yil davomida to’liq va samarali foydalanish lozim.

Qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirishda sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan ko’plab qishloq xo’jalik texnikalari, kimyoviy vositalar, yoqilg’i, yonilg’i, yog’lovchi materiallar va boshqa vositalardan foydalanilmoqda. Masalan, tarmoqda 2004 yilda 78,9 mingga yaqin turli xildagi traktorlar, 22,7 mingtadan ko’proq yuk tashish mashinalari, 4,4 mingtaga yaqin g’alla yig’ishtiradigan, bir mingtaga yaqin paxta teradigan kambayinlar, ko’plab boshqa texnikalardan foydalanilgan. Tarmoq miqyosida yerlarning unumdorligini, ekinlarning esa hosildorligini oshirish maqsadida 332,7 ming tonna mineral o’g’itlardan foydalanilgan. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqilayotgan mahsulotlarni jahon bozoriga chiqarilishi natijasida O’zbekistonning mavqyei oshib bormoqda. Hozirgi davrda A va Ye tipdagi paxta tolasini ishlab chiqarish bo’yicha jahonda Xitoy, AQSh, Hindiston va Pokiston davlatlaridan so’ng beshinchi o’rinni, ularni yeksport qilish bo’yicha esa 2-o’rinni egallab kelmoqda. Shuning bilan birgalikda O’zbekiston jahon bozoriga nihoyatda sifatli bo’lgan qorako’l terisini, pillasini, sabzavot, poliz va bog’dorchilik mahsulotlarini olib chiqib sotmoqda. Lekin Respublikaning bu boradagi salohiyatidan to’liq foydalanilayotgani yo’q. Uni ijobiy hal etish uchun tarmoqda etishtirilayotgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlab, jahon bozoriga tayyor mahsulotlarni chiqarish lozim. Bu borada so’ngi yillarda chet el investisiyalarini jalb etib katta ishlar amalga oshirilmoqda. Ularni kelajakda jadal sur’atlar bilan rivojlantirish siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy jihatdan maqsadga muvofiqdir. Hozirgi davrda mamlakat aholisining qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan ta’minlash darajasi yil sayin ortib bormoqda. 2004 yilda respublika aholisining jon boshiga 160 kg.ga yaqin un mahsulotlari, 135 kg paxta xom ashyosi, 127 kg sabzavot mahsulotlari, 34 kg dan ko’proq kartoshka, 38 kg. go’sht, 164 kg sut hamda 72 donaga yaqin tuxum ishlab chiqarilgan. Demak, mamlakatda aholining unga va un mahsulotlariga bo’lgan talabi qondirilgan. Kelajakda uning sifatini yaxshilashga alohida e’tibor berish talab etiladi. Lekin boshqa mahsulotlar bo’yicha xalqimizning medisina me’yorlari bo’yicha talabi to’liq qondirilganicha yo’q. Bunday xol O’zbekistonda qishloq xo’jaligini yanada jadal sur’atlar bilan rivojlantirilishini taqozo yetadi. So’ngi o’n yillarda bu borada muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mamlakat qishloq xo’jaligida erkin bozor iqtisodi talablariga mos iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish imkoniyatini beradigan, huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar bosqichma-bosqich qat’iy ishonch bilan amalga oshirilishini ta’minlab beradigan tadbirlar ishlab chiqilib, izchillik bilan hayotga joriy etilmoqda. Masalan, yer fuqarolarga umurbod meros qoldirish huquqi bilan bepul berilmoqda, fermer xo’jaliklariga esa 30 yildan 50 yilgacha bo’lgan muddatga foydalanish uchun ijaraga berilmoqda. Qishloqda mulk islohoti natijasida mulkdorlar sinfi barqaror ravishda shakllanib, rivojlanmoqda.

Barcha paxta, g’alladan tashqari boshqa mahsulotlarni etishtirib, ularni sotishda erkinlik berildi. Tadbirkorlarga ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun turli xildagi imtiyozli kreditlar berilgan. Lekin amalga oshirilayotgan tadbirlar o’sib borayotgan talabni to’liq qondira olmaydi. Shuning uchun qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan barcha turdagi islohotlarni erkinlashtirish, ularni yanada chuqurlashtirish maqsadga muvofiqdir. Bu kelajakda qishloq xo’jaligining yuqori sur’atlarda rivojlanishini ta’minlab, uning ahamiyatini oshirib, respublika iqtisodiyotining yuksalishini ta’minlaydi.

2

Menejment (ing. management-boshqarmoq, idora qilmoq, tashkil qilmoq) - bu: ishlab chiqarish, tijoratni boshqarish bo'yicha, ma'lum maqsadlarni ko'zlovchi amaliy faoliyat; boshqaruv, nazariyasi, fani boshqaruv tamoyillari, usullari, vositalari va shakllarining majmuasi; mamlakatimizning hozirgi zamon amaliyotida korxona, aksiyadorlik jamiyatining rahbarlik qiluvchi tarkibidir.

"Menejment" tushunchasi bizning turmushimizga mustahkam kirib borgan va o'zbekcha ishga doir faoliyat uchun odatiy bo'lib qolgan. Ammo shuni hisobga olish zarurki, gap yangi falsafa haqida ketmoqda, bunda qadriyatlar va ustivorliklarning yangi tizimlari amalda bo'ladilar. Shuning munosabati bilan "menejment" atamasining ma'nosi ustida batafsilroq to'xtash darkor. Ba'zi bir mualliflar o'zbekcha "boshqaruv" so'zi va inglizcha "menejment"ni sinonimlar deb hisoblaydilar. Haqiqatda esa ularning mazmuni bir muncha farqlanadi. "Menejment" atamasini qo'llab turib biz xalqaro amaliyotda o'rnashib qolgan tendensiyaga rioya qilamiz, unga ko'ra uning ostida hodisalar va jarayonlarning butunlay ma'lum doirasi ko'zda tutiladi.

Aslida esa "boshqaruv" atamasi "menejment" atamasining qanoatlantiruvchi o'rinbosari bo'lmaydi, chunki keyingi holda gap zamonaviy tashkilot vositasida va doirasida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish haqida ketadi. Bunda ishlab chiqarish yoki tijoratni sanoatlashtirilgan tashkil qilish asosida amalga oshirilgan xo'jalik yuritishning bozor turi menejmentning adekvat iqtisodiy asosi bo'ladi.

Shunday qilib, "menejment" atamasi zamonaviy tashkilotni boshqarishga nisbatan qo'llaniladi, shu vaqtda esa boshqa maqsadlar uchun boshqa atamalar, masalan: government admiristration – davlat boshqaruvi va rublik admiristration - ijtimoiy boshqaruvdan foydalaniladi. Bizning sharoitlarda buning uchun "tashkil qilish", "tartibga solish", "boshqarish" va "ma'muriy boshqarish" atamalarini qo'llash kerak. Shunga qaramasdan davlat, jamoa va boshqa tashkilotlar ham agar o'z maqsadlariga kamroq xarajatlar, faoliyat yuritish va davlat tomonidan tartibga solishning yuqori samaradorligida erishishni istasalar, menejmentning ba'zi bir tamoyillari va usullaridan foydalanishlari zarur.

Yuqorida bayon qilinganlari hisobga olish bilan ushbu ishda "boshqaruv" atamasi shartlilikning ma'lum darajasi bilan "menejment" ma'nosida ham qo'llaniladi. Menejment tushunchasini belgilash uchun unga kiruvchi ba' zi bir holatlarni, hammadan avval maqsadli mazmunni aniqlab olish darkor.

Shuning bilan bir vaqtda, menejmentning samarali boshqaruv amaliyoti sifatidagi maqsadi tashkilotning yuqori foydaliligi, raqobatbardoshligi va boshqa maqsadlariga ishlab chiqarish, savdo va boshqa jarayonini ratsional tashkil qilish va tashkilotning texnik-texnologik bazasini rivojlantirish yo'li bilan erishishdan iboratdir.

Menejmentning maqsadlari va vazifalari ishlab chiqarish va tijorat qo'lamlarini o'sishi va rivojlanganligi sari uzluksiz ravishda murakkablashadi. Bajarilagan vazifalar va mo'ljallangan maqsadlarga erishilganligi bozorda baholanadi.

Boshqaruv nazariyasining rivojlanishi va iktisodiy-matematik usullarni ishlab chiqilishi vazifalarning ko'pgina sifat yechimlarini vazifalarning aniq miqdoriy baholari yoki qarorlari bilan to'ldirish yoki almashtirishga imkon bergan, hisoblash texnikasi va kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi esa boshqaruvning samaradorligi oshishiga ko'maklashgan. Hisoblashlarning ko'p mehnat talab qilishi tufayli vaqtning haqiqiy yoki yo'l quyiladigan ko'lamlarda hal qilinishi mumkin bo'lmagan ko'pgina masalalar kundalik haqiqat bo'lib qolgan.

Zamonaviy menejmentda vazifalarni hal qilishning har xil usullari mavjud: boshqaruv vazifalarini hal qilishning haqiqiy usullari, boshqaruv jarayonlarini modellashtirish, qarorlar qabul qilishni axborotli va texnik ta'minlanishi va boshqalar. O'zbekistonda nazariy va amaliy statistika, masalalar yechish, muxandislik hisoblashlarning iqtisodiy- matematik modellari va h.k, yetarlicha yaxshi ishlab chiqilgan.

Axborotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni boshqarish, qarorlar qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish kamroq rivojlangan. Ammo boshqaruvning samaradorligi nafaqat vazifalarni hal qilish usullariga, balki ko'proq darajada xo'jalik yuritish mexanizmi va davlat tomonidan tartibga solish tizimiga bog'liqdir. Shuning uchun xorijda foydalaniladigan boshqaruvning ko'pgina (strategik va operativ) modellarini O'zbekistonda hamma vaqt ham samarali qo'llash mumkin emas, bu narsa bozor munosabatlarini pishib yetilishining har xil darajasi bilan izohlanadi.

Menejment usullariga tashkilotlarni boshqarishning makroiqtisodiy nuqtai nazaridan qaralsa, shuni sezish mumkinki, boshqaruvning ilg'or usullari amalda bo'lgan va o'zgarib borayotgan xo'jalik mexanizmi doirasida faolroq tadbiq etiladi. Ammo agar menejment masalalarini hal qilishga qaralsa, o'zbek tashkilotlarining xorijiy firmalardan katta farqlarini hisobga olish zarur. Hozircha bizning tashkilotlarimizda boshqaruv apparati asosan ichki vazifalarni, ya'ni texnik-iqtisodiy va operativ-kalendar rejalashtirish, moddiy - texnik ta'minot va h.k. vazifalarni hal qiladi. Xo'jalik fao liyatining tahlili va fuksional - qiymat tahlil ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot tannarxini pasaytirish maqsadida o'tkaziladi, ammo bunda iste'molchilar hali yetarlicha darajada hisobga olinmaydi.

Shunday qilib, menejment butun tashkilotga singib ketganday bo'ladi va amalda u faoliyatning barcha sohalariga ta'sir ko'rsatadi. Ammo menejment va tashkil qilishning o'zaro hamkorlikning butun turli-tumanligida faoliyatning menejment mazmunini tashkil qiluvchi chegaralarini yetarlicha aniq belgilash, hamda uning asosiy turlarini ajratish mumkin. Masalan, ishlab chiqarish menejmenti-bu ishlab chiqarilayotgan tovarning aniq bozordagi raqobatbardoshligini ta'minlashning majmuaviy tizimidir. U o'z ichiga ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmalarni qurish, ishlab chiqarishni boshqarishning tashkiliy-huquqiy shakllarini tanlash, hayot tajribasining oldingi bosqichlariga muvofiq tovarlarni sotish va firma xizmatini ko'rsatish masalalarini oladi.

Moliyaviy menejment-bu moliyalarni boshqarishning barqarorligi, ishonchliligi va samaradorligini ta'minlashning majmuaviy tizimidir. U o'z ichiga moliyaviy ko'rsatkichlarni menejmentga ilmiy yondashuvlar va tamoyillar, daro- madlar va xarajatlar balansi, resurslardan foydalanishning samaradorligi ko'rsat- kichlari, ishlar va tovarlar rentabelligiga rioya qilish bilan shakllantirish va rejalashtirishni oladi.

Innovatsion menejment - bu mulk egasi tomonidan innovatsiyalarning barcha turlarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalarni boshqarishning majmuaviy usuli. U o'z ichiga tashkiliy tuzilmalarni qurish, innovatsiyalarning yo'nalishlarini tanlash, innovatsiyalar, xodimlarni boshqarishning har xil jihatlarini muvofiqlashtirishni oladi.

Savdo menejmenti- savdo korxonasi faoliyatining barcha asosiy jihatlarini boshqarish jarayonidan iborat bo'ladi. U aniq savdo korxonasini rivojlantirish masalalari bo'yicha ratsionalroq boshqaruv qarorlarini shakllantirish, uning faoliyati har xil yo'nalishlarini muvofiqlashtirish va bu faoliyatning yakuniy natijalari yuqori samaradorligini ta'minlashga qaratilgan.

Maxsus menejmentning yuqorida keltirilgan turlaridan tashqari hozirgi vaqtda quyidagi boshqa turlari ham ishlab chiqilmoqda: ijtimoiy soha, bank, soliq, tashkiliy, xalqaro menejment va boshqalar.

Ijtimoiy rivojlanishning davriy xarakteri, inqiroz sharoitlarida qarorlar qabul qilish zaruriyati menejmentning nazariyasi va amaliyotini rivojlanishiga jiddiy motivatsiya bo'lgan. G'arbning ilg'or mamlakatlari tajribasi shuni ko'rsatadiki, menejment oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarmoqda va uning samaradorligini oshishida juda katta rol ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalanishga tegishlidir.

Bunda shuni ta'kidlash kerakki, keyingi yillarda boshqaruv tizimlarini rivojlantirish markazlari zamonaviy darajada takomillashyapti. Eng rivojlangan mamlakatlar guruhida Yaponiya, Germaniya va Shvetsariya yetakchilik qilmoqda. Boshqaruvning zamonaviy talablariga muvofiq AQSh - 9, Fransiya - 12, Italiya - 14, Buyuk Britaniya - 16 o'rinda turibdi. Keyingi 10-15 yillar ichida iqtisodiyotida keskin ko'tarilish xos bo'lgan mamlakatlar orasida Singapur, Gonkong va Tayvan yetakchilik qilmoqdalar.

Bizning mamlakatimizda ham menejment G'arbdagi firmalarni boshqarishning tamoyillari, usullari, vositalari va shakllari majmuasi sifatida tanilmoqda. Ammo 20 yillar oldin, uning asosiy maqsadlari imperalizmning o'rnini mustahkamlash va ijtimoiyistik davlatlarga karshi iqtisodiy kurash olib borish manfaatlari yo'lida katta foyda olish va ijtimoiyizm mamlakatlaridan mehnat unumdorligi bo'yicha o'zib ketish deb hisoblangan. Bunday qarash ho'jalik yuritishning ma'muriy-buyruqbozlik tizimi doirasiga ma'lum darajada mos kelgan, chunki rejalashtirishning markazlashtirilgan tartibi va bozorni boshqarish tajribasini yo'qligi sharoitlarida bozor mexanimizmi harakatini bizning iqtisodimizga to'liq ko'chirishning iloji bo'lmagan. Shunga qaramasdan, o'sha sharoitlarda ham bizda menejmentning ko'pgina elementlaridan foydalanish mumkin bo'lgan.

Mamlakat ijtimoiy hayotini demokratlashuvi aholining keng qatlamlari, amaliy xodimlarga menejment nazariyasi va amaliyotining jamlangan boy jahon tajribasi bilan tanishish imkoniyatini bergan, O'zbekiston iqtisodiyotini bozor munosabatlariga qaratilishi esa ilg'or davlatlar tajribasini o'rganish va undan foydalanishni zarur qilib qo'ygan. Shuning munosabati bilan O'zbekistonda menejmentga munosabatlar keyingi yillarda ancha o'zgargan. Menejmentning ko'zga ko'ringan nazariyachilari va amaliyotchilarning asarlari nashr qilingan. Zamonaviy boshqaruvchi-menejerlarni faol tayyorlash boshlangan.
Download 14.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling