Bajardi: Sh. Odilov
boʻlgan taqdirda, davlat organlari tomonidan karantinda
Download 228,06 Kb. Pdf ko'rish
|
boʻlgan taqdirda, davlat organlari tomonidan karantinda
saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yoʻsindagi 30 sutkagacha boʻlgan majburlov choralari qoʻllanishi mumkinligi belgilandi. Ushbu tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarining ijrosi davlat Sanitariya nazorati, Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, bugungi koronavirus epidemiyasining xususiyatlarini hisobga olgan xolda, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksidagi epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish uchun javobgarlik koʻrsatilgan 54 moddasi yangi tahrirda ishlab chiqildi. Ushbu moddaning birinchi qismida karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishi sharoitida jamoat joylarida niqobsiz yurganlik uchun javobgarlik koʻrsatilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarigacha miqdorda jarima solish belgilandi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida boʻlsa, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik hamda Davlat sanitariya organlarining tibbiy tekshiruvdan va belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joyni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqishi mumkin boʻlgan davrda muloqotda boʻlgan shaxslar va borgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarni uzrli sabablarsiz bajarmaslik uchun javobgarlik koʻrsatilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yuz baravaridan bir yuz ellikbaravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Shuni qayd etish kerakki, qonun hujjatlariga ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishi haqida aholi orasida asossiz vahima tarqalishining oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda mutasaddi idoralarning normal faoliyat yuritishi uchun yetarli sharoit yaratish, yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi yoki tarqalishining oldini olishni amalga oshirish, sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish uchun javobgarlik va jazo muqarrarligini anglash maqsadlarida kiritildi. Ushbu holatda fuqaro E.Rustamovning harakatlari o'rinsiz. Chunki hozirgi kundagi dolzarb muammo bo'layotgan paytda belgilanmagan vaqtda harakatlanish mumkinmasligini bilib turib harakatlangan va bu holat qonunga zid deb hisoblanadi. Agar qonunni bilmagan deb qarasak ham barbiram qonunni bugan hisoblanib ma'muriy bayonnoma tuziladi. Chunki qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi. Download 228,06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling