Bajardi: Sh. Qayumova
Download 58.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Excel office dasturi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Office Open XML
OS/2 uchun versiyalar
1989 — Excel 2.2 1990 — Excel 2.3 1991 — Excel 3.0 Excel oʻzining 7.0 versiyasiga qadar 16 384 (2 14 ) satr (qator)dan iborat edi. 8.0- 11.0 versiyalarida esa bu son 65 536 (2 16 ) qator va 256 ustun (2 8 )ga yetdi. 12.0 va 14.0 versiyalar 1 048 576 (2 20 ) qator va 16 384 ta (2 14 ) ustunga ega. Fayl formatlari Microsoft Excel 2003-yilga qadar asosiy format sifatida oʻzining ikkilik fayl formati (BIFF)dan foydalanardi. Excel 2007 Microsoft Office Open XML dan oʻzining asosiy formati sifatida foydalanadi. Bundan tashqari, Microsoft Excel CSV, DBF, SYLK, DIF va boshqa formatlarni oʻqishi mumkin. Office Open XML Microsoft Office 2007 koʻplab yangi fayl formatlarni taniydi. Ular Office Open XML (OOXML)ning tarkibiy qismi hisoblarnadi. Eksport va jadvallarni koʻchirish API bir qator boshqa dasturlarda Excel jadvallarini ochish imkonini beradi. U ActiveX yoki Adobe Flash Player kabi plaginlar yordamida Excel hujjatlarini veb- sahifalarda ochish imkonini ham beradi. Excel universal elektron qurilma unda ishlash har tomonlama qulay Dasturlash Excelning imkoniyatlari sirasiga yana VBA asosida kod yozish ham kiradi. Bu kod jadval muharriridan boshqa maxsus muharrir yordamida yoziladi. Microsoft Excelning maxfiy soʻzli himoyasi ] Microsoft Excel himoyasi quyidagi turdagi himoya tizimlarini oʻz ichiga oladi: hujjat ochish uchun maxfiy soʻz hujjatga oʻzgartirish kiritish uchun maxfiy soʻz sahifa himoyalash uchun maxfiy soʻz ish kitobni himoyalash uchun maxfiy soʻz kitobni himoyalash uchun maxfiy soʻz VBA kodini himoyalash uchun maxfiy soʻz Hujjatni ochish uchun maxfiy soʻzdan (yomon niyatli shaxsga muammo tugʻdiruvchi yagona himoya turi) tashqari boshqa himoya turlarini darxol yoʻq qilish mumkin. Qolgan turdagi maxfiy soʻzlarni qoʻllaganda hujjat shifrlanmaydi, hujjat ichida esa oʻrnatilgan maxfiy soʻzning xeshi saqlanib qoladi. Kitob himoyasi uchun mashxur "VelvetSweatshop" shifrlash tizimi ishlatiladi, lekin bu hujjatga hech qanday qoʻshimcha himoya qoʻshmaydi. Microsoft Excel 95 va oldingi versiyalarida „ochish uchun maxfiy soʻz“ 16 bitli kalitga aylanardi, lekin uni muammosiz buzish mumkin boʻlgan. Microsoft Excel 97 / 2000 da maxfiy soʻz 40-bitli kalitga aylangan, lekin bu ham zamonaviy asbob-uskunalar orqali tezda buzilishi mumkin edi. Bundan tashqari, maxfiy soʻzlarni topishga moʻljallangan dasturlar soniyasiga yuz minglab maxfiy soʻzlarni tekshirib chiqarishi mumkin. Microsoft Excel 2003 / XP da vaziyat biroz oʻzgardi, bunda foydalanuvchi tizimda mavjud turli shifrlash algoritmlaridan foydalanishi mumkin, lekin boshlangʻich holda Microsoft Excel 97 / 2000 himoya tizimi saqlanib qolganligi himoya tizimini mustahkam boʻlmasligini koʻrsatadi. Excel 2007da vaziyat tubdan oʻzgardi — shifrlash uchun 128 bitli zamonaviy AES algoritmi ishlatila boshlashi va SHA1 xesh-funksiyasining qoʻllanilishi maxfiy soʻzni topish ehtimolini keskin pasaytirib yubordi. Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam himoyani „ochish uchun maxfiy soʻz“ himoya turi oʻrnatilgan va Office 2007 / 2010 formatida saqlangan hujjatlar taʼminlay oladi. Download 58.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling