Bajardi: Sherquziyev. I
Kirim kassa operatsiyalari, ularni hisobga olish va rasmiylashtirish
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Kassa operatsiyalari hisobi. Sherquziyev Iqboljon. Amaliy
2. Kirim kassa operatsiyalari, ularni hisobga olish va rasmiylashtirish
• Naqd pulni operatsiya kuni mobaynida qabul qilish uchun bank muassasalarida kirim kassalari tashkil etiladi. Korxona va tashkilotlardan tushadigan naqd pul tushumini, turli naqd pul ko’rinishidagi badallar, fuqarolarning naqd pul omonatlari, ish haqiga olingan pul mablag’larining tarqatilmay qolgan qismi kabi to’lovlarni naqd pul ko’rinishida bank kassa xodimi tomonidan qabul qilinishiga kassaning kirim operatsiyalari deb aytiladi. Bank tomonidan naqd pul quyidagi hujjatlar asosida qabul qilinadi: • Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholidan 0402001 shakldagi badalnoma (ob’yavlenie)lar bo’yicha kvitantsiyalar berish bilan, fuqarolar omonatga pul qo’yganlarida omonat daftarchasiga shu to’g’rida yozib qo’yiladi, daftarcha ko’rsatilmagan taqdirda pul qo’yuvchiga 0402004 shakldagi kvitantsiya beriladi. a) transport korxonalari va tashkilotlaridan 0402003 shakldagi naqd pul badalnomalari b) bo’yicha 0402003 shakldagi kvitantsiya berish bilan; v) xayriya fondlariga o’tkaziluvchi naqd pulli badallar 0402001 shakldagi badalnomalar (ob’yavlenie) bo’yicha 0402004 shakldagi kvitantsiyalar berish bilan 0402001 shakldagi badalnomalar mas’ul ijrochining imzosidan tashqari nazoratchining imzosi bo’lishi kerak. Mazkur operatsiyalar buxgalteriya xodimlari tomonidan alohida daftarga qayd etilishi lozim. g) boshqa barcha tushumlar 0482005 shakldagi kirim kassa orderlar bo’yicha 0402004 shaklidagi kvitantsiyalar berish orqali qabul qilinadi. • Endi kirim kassa operatsiyalarini bajarish tartibi haqida batafsil tanishib chiqamiz. Kirim kassa operatsiyalarini bajarishdagi asosiy hujjat bu badalnoma, ya’ni pul topshirganlik haqidagi e’londir. Pul topshirishdan avval mijoz tomonidan ushbu badalnoma rasmiylashtiriladi. Badalnomaning o’zi 3 qismdan iborat: 1.Badalnomaning o’zi. 2.Order. 3.Kvitantsiya . • Hujjatning uchala qismida ham bir xil ko’rsatkichlar to’ldirilishi shart. Ya’ni hujjat rasmiylashtirilgan sana, mijoz korxona nomi, uning hisob-kitob, ya’ni talab qilib olinadigan depozitlar hisobvarag’i nomeri, operatsiya mazmuni, ya’ni nima maqsadda pul topshirilayotganligi, pul topshirayotgan shaxsning familiyasi, ismi pul summasi to’liq ko’rsatilishi va imzo qo’yish kerak. Badalnomaning nomerini esa uni qabul qilayotgan mas’ul bank xodimi bankka kelib tushayotgan badalnomalarni qayd etish tartibida belgilaydi. Badalnomani qabul qilish bankda asosan nazoratchiga yuklatiladi. Ba’zi banklarda, ularning ichki tartibidan kelib chiqqan holda bu vazifa shu korxonaga xizmat ko’rsatuvchi mas’ul ijrochi tomonidan yoki bosh buxgalter yordamchisi tomonidan bajariladi. • Hujjatni qabul qilib olgan bank xodimi, uni uchala qismining bir xil, to’liq va to’g’ri to’ldirilganligini tekshirib chiqadi, agar operatsiya o’tkazish mumkin deb topsa, hujjatning barcha qismlariga o’z imzosini qo’yib, ushbu hujjatni kassaning kirim jurnaliga qayd etadi. Kirim kassa jurnali bankda yuritiladigan sintetik hisob yuritish hujjati bo’lib hisoblanadi, har bir mijozdan qabul qilingan badalnoma ketma-ket tartibda qayd etib boriladi. Kassaning kirim jurnalida uni rasmiylashtirilayotgan sana, badalnoma nomeri, pul topshirgan korxonaning hisobvarag’i nomeri, topshirilishi lozim bo’lgan pul summasi va nima maqsadda pul topshirilayotganligi, ya’ni hisobot simvoli ko’rsatiladi. Shundan so’ng qabul qilib olingan badalnomalar kassaning kirim jurnali bilan birgalikda ichki tartibda kassa bo’limiga uzatilidi. Pul qabul qilish uchun bankda kirim kassalari bo’lib, hujjatlar aynan shu kassa kassiriga beriladi. Kirim kassa kassiri pul topshiruvchi mijozni chaqirib, undan pul qabul qilib oladi. Qabul qilib olingan pul kassir tomonidan qayta sanab chiqiladi. • Kassirlar o’zlari qabul qilgan va topshirgan pul summalarini 0482155 shakldagi alohida daftarga qayd etib boradilar. Operatsiya kun oxirida kirim kassasining har bir xodimi, ya’ni kassiri qabul qilingan hujjatlar asosida 0482109 shakldagi ma’lumotnomani tuzadi va undagi summani o’zi qabul qilgan pul summasi bilan qiyoslaydi. Ma’lumotnomani kassir imzolaydi va unda ko’rsatilgan kassa oborotlarini operatsiya xodimlaridagi kassa jurnallaridagi yozuvlar bilan solishtiradi. Bu qiyoslash kassa jurnalida kassirning va kassir ma’lumotnomasida operatsiya xodimlarining imzolari bilan rasmiylashtiriladi. • Operatsiya kuni mobaynida qabul qilingan pulni kassir belgilangan tartibda dastalaydi hamda kirim hujjatlari va 0482109 shakldagi ma’lumotnoma bilan birga kassa mudiriga 0482155 shakldagi daftarga imzo chekilgandan so’ng topshiradi. Kassa mudiri esa, qabul qilingan pul summasini kassirning ma’lumotnomasi bilan qiyoslaydi, qabul qilingan summani 0482155 - shakldagi daftarga yozib qo’yadi, ma’lumotnomaga imzo chekib, uni bosh buxgalterga beradi. Ma’lumotnoma tekshirilgandan so’ng bosh buxgalter yoki uning o’rinbosari tomonidan imzolanib, shu kunning kassa hujjatlariga tikib ko’yiladi. • Kirim kassalariga tushgan pullar kassa mudiriga operatsiya kuni mobaynida bir necha marta berilishi mumkin. Bunday hollarda kassir pul berishidan avval amalda tushgan pul u qabul qilingan kirim hujjatlaridagi umumiy summaga mos kelishiga ishonch hosil qilishi kerak. Operatsiya kuni tugashga qadar barcha naqd pul shu ish kunining o’zidayoq oborot kassasiga kirim qilinishi va bank muassasining bugalteriya balansi bo’yicha tegishli hisobvaraqga o’tkazilishi kerak. Demak, kunning oxirida kassaning kirim operatsiyalari bo’yicha quyidagi bugalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. Yani bu holda bank kassasi bilan birga pul topshirgan korxona schyotida ham topshirgan summada mablag’ ortadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling