Bajardi: Shomurodov Azamat kirish
Download 78.87 Kb.
|
1 2
Bajardi: Shomurodov AzamatKIRISHAvtomobil magnitolasi haydovchining yolg'izlik hissini kamaytirishi mumkin. Avtomobil magnitolalari tobora mukammal va ko'p qirrali bo'lib bormoqda - uning yordamida siz nafaqat sevimli musiqiy kompozitsiyalaringizni tinglashingiz, balki radio orqali so'nggi yangiliklar, ob-havo ma'lumotlari va sport musobaqalari natijalarini ham bilib olishingiz mumkin. Reja:Bizes loyiha qonunchiligi va ruxsatnomasi. Teyes Moslamasi xarakteristikasi va apparaturalari Yagona dillerlik, xarajatlar. Kafolat va servis xizmati Raqobatchilar va ularni baholash Bizes loyiha qonunchiligi va ruxsatnomasi. O‘zbekistonda avtomobil old qismiga monitor o‘rnatganlik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlikni bekor qilish taklif etildiTransport vositasi salonining old qismiga monitor o‘rnatganlik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlikni bekor qilish taklif etilmoqda. Tegishli petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga joylashtirildi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan Lacetti yoki Nexia-3, Cobalt va Spark avtomobillariga ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan zamonaviy GPS-navigatorli yoki Android displeyli moslamalar o‘rnatilmagan. Hozirgi zamonaviy Tesla avtomobilining saloni old qismida faqatgina bitta katta 17 dyuymli monitor o‘rnatilgan bo‘lib, barcha boshqaruv shu monitor orqali aks etadi, deyiladi murojaatda. “Bizda aksariyat avtomobillarga o‘rnatish mumkin emas. Haydovchilarimiz tomonidan o‘zlariga qulaylik yaratish maqsadida o‘rnatilganida ham bu qoidabuzarlik hisoblanadi. Chunki bu Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-2-moddasi ikkinchi qismi bilan taqiqlangan. Axir nima uchun? Biz zamonaviy qurilmalarni o‘z pulimizga sotib olib ham foydalana olmasligimiz uchunmi yoki haydovchilarga jarima solish uchunmi? Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-2-moddasi ikkinchi qismida shunday bayon etilgan: “Transport vositasi salonining old qismiga o‘zboshimchalik bilan monitor (displey) o‘rnatish — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”. Agar monitor (displey) ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan o‘rnatilgan bo‘lsa, jarimaga tortilmaydi. Qani mantiq? Fuqarolar tomonidan o‘zlari sotib olib o‘rnatishlariga ruxsat yo‘q. O‘rnatilgan taqdirda ham DYHXB xodimlari tomonidan jarimaga tortilishiga sabab bo‘ladi. Hozirgi premium toifadagi barcha avtomobillar multimedia displeyli monitorlar bilan jihozlangan. Bu, o‘z navbatida, GPS-navigatordan foydalanishda bir qator qulayliklarni yaratadi”, – deb yozadi petitsiya muallifi. Yuqoridagilarga asoslangan holda xalq uchun yanada qulayliklar yaratish maqsadida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-2-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan transport vositasi salonining old qismiga monitor (displey) o‘rnatganlik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlikni bekor qilishni taklif etilmoqda Download 78.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling