Bajardi: Sindarov Sardor Yaponiya geografik o’rni, iqlimi, suvlari
Download 317.83 Kb. Pdf ko'rish
|
yaponiya-1
Bajardi: Sindarov Sardor Yaponiya(geografik o’rni, iqlimi, suvlari, iqtisodiyoti, transporti, turizm salohiyati) <дата/время> 2 Reja 1- yaponiyaning geografik o’rni 2-iqlimi 3-suvlari 4-iqtisodiyoti 5-transporti 6-turizm salohiyati <дата/время> 3 Yaponiyaning geografik o’rni Yaponiya Tinch okeanining gʻarbiy qismida joylashgan hamda stratovulqon arxipelaglardan tashkil topgan orol mamlakatdir. Yaponiya 6 852 ta oroldan iboratdir. Eng katta beshta asosiy orollari — Hokkaido, Honshu, Kyushu, Shikoku va Okinawa. Ryukyu orollari va Nanpu orollari asosiy orollarning janubi va sharqida joylashgan hisoblanadi. Maydoni — 377,976.41 km2 (145,937.51 mi²). Maydoniga koʻra, Yaponiya jahonda toʻrtinchi eng yirik orol mamlakat, Sharqiy Osiyoda esa eng yirik orol mamlakat sanaladi. Yaponiya qirgʻoq chiziqlari uzunligi 29 751 km (18 468 mi) boʻlib, bu koʻrsatkich bilan jahonda oltinchi oʻrinda turadi. <дата/время> 4 Yaponiya norasmiy ravishda shimoli- sharqdan (Hokkaidō) janubi-gʻarbgacha (Ryukyu orollari) sakkizta mintaqaga boʻlingandir: Hokkaidō Tōhoku mintaqasi Kantō mintaqasi Chūbu mintaqasi Kansai (yoki Kinki) mintaqasi Chūgoku mintaqasi Shikoku Kyūshū Har bir mintaqa bir nechta prefekturalardan tashkil topgan, faqat Hokkaidō <дата/время> 5 Yaponiyaning iqlimi Yaponiya moʻʼtadil, subtropik va tropik mintaqalarda joylashgan. Qirgʻoq chizigʻining umumiy uzunligi. 30 ming km ga yaqin. Honshu orolining janubiy sohili, Sekoku va Kyushu orollarining qirgʻoqlarida qoʻltiq koʻp; bu yerda murakkab qirgʻoq chizigʻiga ega boʻlgan Ichki Yapon dengizi joylashgan. Ryukyuning janubiy orollari marjon riflari bilan oʻralgan. <дата/время> 6 Yaponiya hududining 3/4 qismi qir va togʻlardan iborat; pasttekisliklar sohil boʻylab ayrimayrim joylashgan. Hokkaydo oroldagi tizmalarning baʼzi choʻqqilari 2000 m dan oshadi (Asahi choʻqqisi — 2290 m). Honshu orolning shimoliy qismida 3 ta boʻylama togʻ tizmalari boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan boʻlingan; orolda bir qancha vulkan, jumladan, Yaponiyadagi eng baland vulkan — Fujiyama (bal. 3776 m) qad koʻtargan. Honshu orolning markaziy qismidagi tizmalarning choʻqqilari alp selyefli va yilning koʻp qismida qor bilan qoplanib turadi. Sekoku orolning eng baland joyi 1981 m (Isidzuti choʻqqisi), Kyushu orolniki 1788 m (Kuzyu vulkani). Yaponiya hududi kuchli seysmik zonada joylashgan (1855, 1891, 1897, 1923, 1995- yillarda falokatli zilzilalar boʻlgan). Yaponiyadagi 150 vulkandan 40 tachasi soʻnmagan. Vulkanli rayonlarda mineral va termal buloklar koʻp. 26 mingdan ortiq issiq suv manbalari bor. Foydali qazilmalardan koʻmir, gaz, temir rudasi, oltingugurt, marganets, qoʻrgʻoshinrux, mis rudalari neft, xromit, oltin, kumush, pirit, kaolin, talk va simob konlari mavjud. <дата/время> 7 Iqlimi mussonli, shimolida moʻʼtadil, janubida subtropik, Ryukyu orollarida asosan tropik ikdim. Hokkaydo orolda, Sapporoda yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°, iyulniki 22°, Okinawada yanvarning oʻrtacha temperaturasi 16°, iyulniki 28°. Materikdan esgan qishki musson Yaponiya hududiga sovuq havo olib keladi va koʻp yogʻin keltiradi. Yiliga 30 martagacha tayfun boʻladi; bu vaqtda kuchli shamol esib, jala quyadi, oʻrtacha yillik yogʻin 1800 mm; Hokkaydo orolning sharqida yillik yogʻin 800–1200 mm, Sekoku va Kyushu orollarida 3000 mm, baʼzi joylarda 4000 mm gacha. Yaponiyaning daryolari qisqa, sersuv va tez oqadi. 24 ta eng katta daryosidan faqat 6 tasining uz. 200 km dan oshadi, jumladan, Shinano daryosining uz. 367 km. Tayfun vaqtida daryolar toshadi. Koʻpgina daryolarning suvi sugʻorishga va gidroenergiya resurslari sifatida sarflanadi. Mayda koʻl koʻp va ular ichimlik suvi manbai boʻlib xizmat qiladi. Eng katta koʻl — Biva (maydon 670,2 km², chuq. 103,8 m). <дата/время> 8 Yaponiyaning suvlari Yapon dengizi — Tinch okeanning yarim berk dengizi. Yevrosiyo materigi bilan Saxalin va Yapon orallari oʻrtasida. Boʻgʻozlar orqali shimolida Oxota dengizi, sharqda Tinch okean, janubida Sharqiy Xitoy dengizi bilan tutashgan. Mayd. 1062 ming km². Eng chuqur joyi 3720 m. Sohillari baland, tik yon bagʻirli, kam parchalangan. Yirik qoʻltikdari: Sharqiy Xitoy va Buyuk Petr. Dengiz tubining relyefi soylik. Markaziy qismida Yamato qiri bor. Iqlimi moʻʼtadil, mussonli iqlim. Qishda shim.gʻarbiy sovuq shamol esib turadi. May. oyidan oktyabrgacha tayfunlar, bahor va yozda tumanli kunlar boʻlib turadi. Yuza oqimlar siklonal aylanma yoʻnalishda harakat qiladi. <дата/время> 9 Suvining yuza qatlamida temperatura qishda shimolida 0°dan janubida 12° gacha, yoz oylarida 17° dan 26° gacha. Shimoliy qismidagi materikka yondosh suvlari qishda muzlaydi. Shoʻrligi 27,5%o dan 34,8%s gacha. Suvining rangi yashil, yashilkoʻk. Suv sathining koʻtarilishi sutkalik (bal. 0,5 m gacha), Tatar boʻgʻozida 2,3 m gacha. Dengizning oʻsimlik dunyosi gulli oʻsimlik va suvoʻtlardan iborat. Suvoʻtlarning ayrim turlaridan xoʻjalikda foydalaniladi. Hayvonot dunyosi shim. qismida sovuq suvda yashashga moslashgan (seld, treska, navaga, losossimonlar, kambala va boshqalar), janubida iliq suvda yashovchilar (skumbriya, tunetslar, ilonbaliq)dan iborat. Dengizda koʻplab baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. Yapon dengizi muhim transport ahamiyatiga ega. Asosiy portlari: Vladivostok, Naxodka (Rossiya), Niigata, Suruga (Yaponiya), Vonsan, Xinnam, Chxonjin (KXDR) va boshqalar. <дата/время> 10 Yaponiyaning iqtisodiyoti Yaponiya jahon mamlakatlari orasida yetakchi igtisodiyotga ega, uning jahon YalMsidagi ulushi 6,2 foizni tashkil qilmoqda. Jahon xoʻjaligida XXR va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvining kuchayishi ortidan Yaponiya iqtisodiyotining oʻsish sur’atlari tushib ketmoqda. O‘rta va kichik biznes barcha sohalarda samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu raqobatni rivojlantirishda, tovarlarning raqobatbardoshligini oshirishda bozorning asosiy elementi hisoblanadi. Yaponiya kompaniyalarining 99 foizi kichik va oʻrta bizneslardir. Avtomobilsozlik, elektron va elektrotexnika sanoatida katta roʻl egallaydi. Eksport tarkibi: transport vositalari, avtomobillar, mototsikllar, elektronika, elektrotexnika va boshqalar. Import tarkibi: mashina va uskunalar, yoqilgʻi, oziq-ovqat, xom ashyo, va boshqalar. <дата/время> 11 Yaponiya sanoati eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan tarmoqlar — elektronika, elektrotexnika, dastgohsozlik, kemasozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik, kimyo va neft-kimyo sanoatiga ixtisoslashgan. Yaponiyaning eng mashhur transmilliy kompaniyalar toifasiga „Toyota“, „Honda“, „Sony“, „Mitsubishi“ va boshqalar kiradi. Yaponiya dehqonchiligining yetakchi tarmog‘i sholikorlik. Sholi jami ekin maydonlarining yarmiga ekiladi. Shuningdek, bug‘doy, soya, turli sabzavot va mevalar ham yetishtiriladi.2000-yilda 9,490 ming tonna guruch, 688 ming tonna bug'doy yetishtirilgan, 2016- yilda 8,044 ming tonna guruch va 791 tonna bugʻdoy yetishtirilgan. Yaponiya sabzavotlardan kartoshka, batat, soya, bodring, pomidor, karam, xitoy karami, piyoz, latuk, yapon rediskasi va sabzi kabilar yetishtiriladi. Mevalardan mandarin, olma, uzum va yapon noki keng targalgan. Yaponiyada tovuq va cho'chqa go'shti asosiy go'sht mahsulotlari hisoblanadi. Mamlakat mol va goʻy goʻshtini katta gismini asosan Avstraliya va AQShdan import qiladi. Yaponiya hududining 20,08 mIn. gektari (mamlakatning 70 foiz hududi) o'rmonli hududlardan iborat. O'rmonlarning 54 foiz tabiiy oʻrmon hududlari hisoblanadi, 41 foizi inson qoʻli bilan yaratilgan. <дата/время> 12 Yaponiyaning transporti Yaponiyada transportning barcha turlari yuqori darajada rivojlangan. Ayniqsa, mamlakatning yirik shaharlarini bog‘lovchi „Sinkansen“ tezyurar poyezdlari alohida eʼtiborga sazovor. Yaponiyada ayrim orollar orasida suvosti tunnellar ham o‘tkazilgan. Ulardan eng uzuni Xonsyu va Hokkaydo orollarini bog‘laydigan Seykan tunnelidir (54 km). <дата/время> 13 Yaponiyaning turizm holati Yaponiyada turizmning deyarli barcha turi yaxshi rivojlangan. Har yili Yaponiyaga 30 mln. atrofida xorijiy sayyohlar tashrif buyuradi. Yaponiyaning eng muhim turistik resursi uning boy va betakror tarixiy-madaniy merosi hisoblanadi. Mamlakatda turizm iqisodiyotning yetakchi tarmogʻiga aylantirilgan. Yaponiyada turistlar uchun 1600ta muzey, 357 ta milliy va prefektura parklari, 290 ta hayvonot bogʻi va botanika bogʻlari, 76 ta akvarium va „Tokio Disneylendi“ qatorida 227 ta koʻngilochar majmualar faoliyat yuritadi. Turizm xizmatlari hajmi yildan-yilga oshmoqda. Download 317.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling