Bajardi: smmt-83 guruh 3 kurs Umarxonova Saodat Tekshirdi: Ro’zmatova U


  Buxgalteriya balansi tahlili mazmuni va vazifalari


Download 242.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana01.03.2023
Hajmi242.49 Kb.
#1241602
1   2   3   4   5
Bog'liq
1.Buxgalteriya balansi tahlili

1. 
Buxgalteriya balansi tahlili mazmuni va vazifalari. 
 
Buxgalteriya 
balansi 
moliyaviy 
hisobotning 
tarkibiy qismlaridan 
biri 
hisoblanadi, xo‘jalik yurituvchi subyektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi 
axborotni to‘playdi hamda oshkor qiladi. 
Buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, o‘z sarmoyasi, uzoq 
muddatli va joriy majburiyatlar hamda ularni oshkor qilishda, xo‘jalik yurituvchi 
subyektning 
moliyaviy 
ahvolini 
tahlil 
qilishda 
moliyaviy 
hisobotdan 
foydalanuvchilar uchun yordam bera oladigan axborotdan iborat bo‘ladi. 
Buxgalteriya balansidagi barcha axborot to‘g‘ri oshkor qilinishi va 
foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak. Zarur hollarda buxgalteriya balansiga 
kiritiladigan moddalar ularni tushuntirib beradigan axborotlar bilan to‘ldiriladi. 
“Balans” atamasi lotincha “bis” – ikki marta, “banx” – tarozi pallasi 
so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, ikki palla degan ma’noni anglatadi. U tenglik, 
muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi. 
Buxgalteriya balansini turli tasnifiy belgilari (tuzilish vaqti, axborot hajmi, aks 
ettirish obyekti, tozalash usuli) bo‘yicha turlarini tarkiblash mumkin. 
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri 
hisoblanadi. Unda xo’jalik yurituvchi su’yektning aktivlari, kapital va 
majburiyatlar hamda ularning tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar ma’lum bir davrga 
aks ettiriladi. “Balans” atamasi lotincha bis – “ikki marta”, banx – “tarozi pallasi” 
so’zlaridan tarkib topgan bo’lib, tom ma’noda “ikki palla” degan ma’noni 
anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi.
2
Buxgalteriya balansiga iqtisodiy adabiyotlarda turlicha ta’riflar berilgan. 
Masalan, A.S. Sotivoldiyev “Balans xo’jalikning hisobot davri oxiriga bo’lgan 
mablag’lari va ularning manbalari holatini ko’rsatadi. Uning aktiv va passividagi 
majburiyatlariga asosan alohida bo’lim va guruhlari bo’yicha o’z va unga 
tenglashtirilgan mablag’lar miqdorini aniqlash, hisob-kitob intizomi ustidan 
nazorat qilish, bank kreditlaridan foydalanish holatini tahlil qilish, xo’jalikning 
umumiy moliyaviy holatiga baho berish va shunga o’xshagan muhim xulosalar 


qilish mumkin”deb yozadi. M. Ostanaqulov esa “Balans hisoboti korxonaning 
ma’lum sanaga bo’lgan moliyaviy holatini ko’rsatadi. Balans hisoboti korxonaning 
aktivlari, korxonaning boshqa xuquqiy shaxslar va fuqarolarga bo’lgan 
majburiyatlari aksionerlik jamiyat shaklida faoliyat yuritadigan korxonaning 
aksiyali kapitalining tavsiloti bilan berilgan ro’yxatini ko’rsatadi. Buxgalteriya 
balansini balans hisoboti deb atashiga sabab, bu balansda korxona aktivlarining 
qiymatini, korxonaning boshqa yuridik shaxslar va fuqarolarga bo’lgan 
majburiyatlarining umumiy qiymati bilan korxonaning kapitalini umumiy 
qiymatiga teng kelishliligidir.” deb tushuntiradi. S. B. Qodirxonov buxgalteriya 
balansi to’g’risida quyidagilarni yozadi: “Balansda korxonaning barcha mavjud 
mablag’lari, boshqa tashkilot va shaxslar bilan olib boradigan hisob-kitob 
muomalalari, moliya va kredit organlari bilan aloqasi hamda xo’jalik faoliyatining 
moliyaviy natijalari umumlashtirilgan ko’rsatkichlarda aks ettiriladi”. 
3
O. Bobojonov, K. Jumaniyozovlar buxgalteriya balansini quyidagicha 
ifodalaydi: “Buxgalteriya balansi hisobot davrining boshi va oxirida su’yektga 
tegishli bo’lgan mulkning haqiqiy holati va mavjudligini o’zida aks ettiradi.”
4
Shuningdek A.A. Karimov, F. Islomov, A. Avloqulovlar buxgalteriya balansi 
va uning mazmuni to’g’risida quyidagilarni yozadi: Buxgalteriya balansi 
moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. U korxona 
mablag’larini guruhlash va tarkibini pul bahosida aks ettirish hamda pul 
mablag’larini, ularni hosil etish manbalarini muayyan sanaga joylashtirish usulidan 
iborat.”
5
Yuqorida keltirilgan ta’riflarning barchasida buxgalteriya balansi korxonaning 
ma’lum bir sanaga bo’lgan moliyaviy holatini ifodalashi to’g’risidagi fikrlar 
mavjud. Shu bilan birgalikda har bir muallif buxgalteriya balansining alohida 
jihatlarini ochib beradi. Masalan, A.S. Sotivoldiyev uning ma’lumotlari asosida 
nazorat hamda moliyaviy holatiga baho berish bo’yicha muhim xulosalar qilishadi 
degan mulohazani bildiradi. M. Ostanaqulov esa korxona aktivlari summasi bilan 
kapital va majburiyatlar summasi teng kelishi lozimliligini uqtiradi. Albatta bu 
tenglik buxgalteriya balansiga xos bo’lgan fundamental tenglik hisoblanadi. 



Download 242.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling