Bajardi: smmt-83 guruh 3 kurs Umarxonova Saodat Tekshirdi: Ro’zmatova U
Buxgalteriya balansi tahlili mazmuni va vazifalari
Download 242.49 Kb. Pdf ko'rish
|
1.Buxgalteriya balansi tahlili
1.
Buxgalteriya balansi tahlili mazmuni va vazifalari. Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, xo‘jalik yurituvchi subyektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni to‘playdi hamda oshkor qiladi. Buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, o‘z sarmoyasi, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar hamda ularni oshkor qilishda, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun yordam bera oladigan axborotdan iborat bo‘ladi. Buxgalteriya balansidagi barcha axborot to‘g‘ri oshkor qilinishi va foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak. Zarur hollarda buxgalteriya balansiga kiritiladigan moddalar ularni tushuntirib beradigan axborotlar bilan to‘ldiriladi. “Balans” atamasi lotincha “bis” – ikki marta, “banx” – tarozi pallasi so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, ikki palla degan ma’noni anglatadi. U tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi. Buxgalteriya balansini turli tasnifiy belgilari (tuzilish vaqti, axborot hajmi, aks ettirish obyekti, tozalash usuli) bo‘yicha turlarini tarkiblash mumkin. Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Unda xo’jalik yurituvchi su’yektning aktivlari, kapital va majburiyatlar hamda ularning tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar ma’lum bir davrga aks ettiriladi. “Balans” atamasi lotincha bis – “ikki marta”, banx – “tarozi pallasi” so’zlaridan tarkib topgan bo’lib, tom ma’noda “ikki palla” degan ma’noni anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi. 2 Buxgalteriya balansiga iqtisodiy adabiyotlarda turlicha ta’riflar berilgan. Masalan, A.S. Sotivoldiyev “Balans xo’jalikning hisobot davri oxiriga bo’lgan mablag’lari va ularning manbalari holatini ko’rsatadi. Uning aktiv va passividagi majburiyatlariga asosan alohida bo’lim va guruhlari bo’yicha o’z va unga tenglashtirilgan mablag’lar miqdorini aniqlash, hisob-kitob intizomi ustidan nazorat qilish, bank kreditlaridan foydalanish holatini tahlil qilish, xo’jalikning umumiy moliyaviy holatiga baho berish va shunga o’xshagan muhim xulosalar qilish mumkin”deb yozadi. M. Ostanaqulov esa “Balans hisoboti korxonaning ma’lum sanaga bo’lgan moliyaviy holatini ko’rsatadi. Balans hisoboti korxonaning aktivlari, korxonaning boshqa xuquqiy shaxslar va fuqarolarga bo’lgan majburiyatlari aksionerlik jamiyat shaklida faoliyat yuritadigan korxonaning aksiyali kapitalining tavsiloti bilan berilgan ro’yxatini ko’rsatadi. Buxgalteriya balansini balans hisoboti deb atashiga sabab, bu balansda korxona aktivlarining qiymatini, korxonaning boshqa yuridik shaxslar va fuqarolarga bo’lgan majburiyatlarining umumiy qiymati bilan korxonaning kapitalini umumiy qiymatiga teng kelishliligidir.” deb tushuntiradi. S. B. Qodirxonov buxgalteriya balansi to’g’risida quyidagilarni yozadi: “Balansda korxonaning barcha mavjud mablag’lari, boshqa tashkilot va shaxslar bilan olib boradigan hisob-kitob muomalalari, moliya va kredit organlari bilan aloqasi hamda xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari umumlashtirilgan ko’rsatkichlarda aks ettiriladi”. 3 O. Bobojonov, K. Jumaniyozovlar buxgalteriya balansini quyidagicha ifodalaydi: “Buxgalteriya balansi hisobot davrining boshi va oxirida su’yektga tegishli bo’lgan mulkning haqiqiy holati va mavjudligini o’zida aks ettiradi.” 4 Shuningdek A.A. Karimov, F. Islomov, A. Avloqulovlar buxgalteriya balansi va uning mazmuni to’g’risida quyidagilarni yozadi: Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. U korxona mablag’larini guruhlash va tarkibini pul bahosida aks ettirish hamda pul mablag’larini, ularni hosil etish manbalarini muayyan sanaga joylashtirish usulidan iborat.” 5 Yuqorida keltirilgan ta’riflarning barchasida buxgalteriya balansi korxonaning ma’lum bir sanaga bo’lgan moliyaviy holatini ifodalashi to’g’risidagi fikrlar mavjud. Shu bilan birgalikda har bir muallif buxgalteriya balansining alohida jihatlarini ochib beradi. Masalan, A.S. Sotivoldiyev uning ma’lumotlari asosida nazorat hamda moliyaviy holatiga baho berish bo’yicha muhim xulosalar qilishadi degan mulohazani bildiradi. M. Ostanaqulov esa korxona aktivlari summasi bilan kapital va majburiyatlar summasi teng kelishi lozimliligini uqtiradi. Albatta bu tenglik buxgalteriya balansiga xos bo’lgan fundamental tenglik hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling