Bajardi: Sobirjanov Y. Guruh: 20-10 Qabul qildi: Azimov U
Surilmaga qarshi ko’riladigan chora-tadbirlar
Download 101.42 Kb.
|
Surilmaga qarshi ko’riladigan chora-tadbirlar
Surilishgaqarshi kurashishda murakkab vazfalardan hisoblanadi. Uning oldini olish va muhofaza tadbirlarini koʼrish surilishni keltirib chiqaradigan geologik jaraѐnlarga bogʼliqdir. Shunga koʼra harakatdagi toʼhtagan surilishlar aniqlanadi. Аgar surilishdan keyin koʼp vaqt oʼtmagan boʼlsa, uning elementlari yaqqol sezilib tursa harakatdagi, agar uning aksi boʼlsa harakat toʼhtagan surilish deb ataladi. Surilishga qarshi koʼriladigan chora-tadbirlar passi va aktiv xillarga boʼlinadi. Passiv choralar profilaktik ahamiyatga ega boʼlib, surilish ѐnbagʼirligida va zonasida quyidagi ishlar bajarilishini maʼn etadi: 1) yon bagʼirlikni qirqish va tekislash; 2) imorat va inshootlar qurish; 3) portlatish ishlari; 4) kon qazish; 5) ogʼir yukli transportning katta tezlikda harakat qilishi; 6) daraxtlarni rejasiz qirqish; 7) yerlarni sugʼorish; 8) oqava, buloq suvlarini oqizish va h.k. Yuqorida qayd qilingan chora-tadbirlarning mustahkamligini oshirish hamda surilish hodisasini maʼlum bir davrga toʼhtatib turish uchun bajariladi. Аktiv choralarga ѐnbagʼirlarda surilishga moyil boʼlgan togʼ jinslarining mustagʼkamligini oshirish uchun maxsus-chora tadbirlar koʼrish kiradi. Bunday chora-tadbirlar koʼrish toʼrtta gruppaga boʼlinadi: 1) surilishni keltirib chiqaradigan sabablarni aniqlash va yoʼq qilish; 2) surilishga moyil boʼlgan jinslarni ushlab turadigan inshootlar qurish; 3) jinslarning surilishiga qarshiligini kuchaytirish uchun ularning mustahkamligini sunʼiy yoʼl bilan oshirish; 4) suriluvchan massani ѐnbagʼirlikdan butunlay olib tashlash. Birinchi gruppaga taalluqli chora-tadbirlarga dengiz va darѐ suvlari qirgʼoqlarning namlanishi va yuvilishining oldini olish kiradi. Buning uchun surilish ehtimoli bor boʼlgan qirgʼoqlarga beton plitalar ѐtqiziladi, toʼlqinlarni qaytaraadigan va soʼndiradigan qurilmalar oʼrnatiladi. Yer usti suvlarining suriluvchan jinslarga singishining oldini olish uchun har xil qurilmalar yasab, ularni boshqa yoʼnalishda oqizish, yer yuzasidan filьtratsiyani kamaytirish uchun uni nishablash, gil-beton, shlak, bitum, asfalьt, neftь ѐtqizish lozim boʼladi Suriluvchan massaning ogʼirligini kamaytirish, yer osti suvlarini sathinni kamaytirish, suffoziya hodisasi rivojlanishini kamaytirish ѐki butunlay yoʼqotish maqsadida ѐpiq ѐki ochiq zovurlar qaziladi, ulardan yer ostki va ustki suvlarini yigʼish hamda ularni relьefining pastki qismlariga oqizish uchun foydalaniladi. Ikkinchi gruppaga kiradigan chora-tadbirlarga tirgovuch devorlar, ustun qoziqlar va konterbanketlar qurish kiradi. Suriladigan massani tutib turish uchun surilish tekisligiga nisbatan chuqurroq qilib tirgovuch devorlar oʼrnatiladi. Yer ostki suvlari chiqib ketishi uchun devorlar tagidan zovur qaziladi. Ustun qoziqlar temir-beton, temir va ѐgʼochlardan tayѐrlangan boʼlib, oldindan qazilgan burgʼu quduqlariga tushiriladi, qoziqlarning pastki uchi ѐnbagʼirning turgʼun qismigacha tushiriladi va u suriladigan massani ushlab turadi. Kontrbanketlar ѐnbagʼirning nishabligi kichik boʼlgan taqdirda suriladigan massani ushlab turish uchun ishlatiladi. Buning uchun ѐnbagʼirlikdagi yerlar tekislanib, chiqqan gruntlar uning etak qismiga ѐtqiziladi va suriladigan massani ushlab turiladigan devor hosil qilinadi. Uchinchi gruppaga taalluqli chora-tadbirlarga suriladigan jinslarning mustahkamligini va ѐpishqoqligini sunʼiy yoʼl bilan oshirish kiradi. Buning uchun togʼ jinslari silikatlanadi, sementlanadi, bitumlanadi va kimѐviy ishlov beriladi. Bunday ishlar zarur boʼlgan hollardagina suriladigan massaning ayrim uchastkasida bajariladi. Bu uchastka surilish qiyaligida suv oʼtkazmaydigan ekran ѐki tirgovuch devor vazifasini ham oʼtashi mumkin. Toʼrtinchi guppaga kiruvchi tadbirlar – suriladigan massani ѐnbagʼirdan butunlay olib tashlashdan iborat. Аgar suriladigan massaning qalinligi va katta kichikligi katta boʼlmasa, uni ѐnbagʼirning turgʼun qoyasi chiqqunga qadar qazib olib tashlashmumkin, bu ishni bajarishda bulьdozerlardan foydalaniladi. Bunday tadbirlar katta kuch va mablagʼ talab qilishiga qaramay GES qurilishida keng qoʼllaniladi. Download 101.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling