Bajardi: Ulmasov Alisher 207-guruh
Download 37.63 Kb.
|
15-modda
Ishtirokchi-davlatlar bolaning assotsiatsiya va tinch yig‘ilishlar erkinligi huquqini e’tirof etadilar. Bu huquqning amalga oshirilishiga nisbatan biror-bir cheklashlar qo‘llanilmaydi, qonunga muvofiq qo‘llaniladigan va demokratik jamiyatda davlat xavfsizligi yoki jamiyat xavfsizligi, jamoat tartibi (ordre public) manfaatlari yo‘lida, aholining sog‘lig‘i yoki ma’naviyatini saqlash, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan cheklashlar bundan mustasnodir.
Birorta bola uning shaxsiy hayot, oilaviy hayot, uy-joy dahlsizligi yoki pochta orqali yuboriladigan narsalarning maxfiyligiga bo‘lgan huquqi amalga oshirilishiga o‘zboshimchalik bilan yoki qonunga zid ravishda aralashish yoxud uning sha’ni va obro‘siga g‘ayriqonuniy tajovuz qilish obyekti bo‘lishi mumkin emas. Bola ana shunday aralashishlar yoki tajovuz qilishlardan qonun yo‘li bilan himoyalanish huquqiga egadir.
Ishtirokchi-davlatlar ommaviy axborot vositalarining muhim mavqeini e’tirof etadilar hamda bola turli xil milliy va xalqaro manbalarning axborotlari hamda materiallari, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy farovonlikka, shuningdek, bolaning sog‘lom, jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan axborotlardan bahramand bo‘lishini ta’minlaydilar. Shu maqsadda ishtirokchi-davlatlar: ommaviy axborot vositalarini ijtimoiy va madaniy yo‘nalishdagi hamda 29-modda ruhidagi bola uchun foydali axborot va materiallarni tarqatishga rag‘batlantiradilar; turli xil madaniy, milliy va xalqaro manbalardan bunday axborot va materiallar tayyorlash, ayirboshlash hamda tarqatish sohasidagi xalqaro hamkorlikni rag‘batlantiradilar; bolalar adabiyotini nashr etish va tarqatishni rag‘batlantiradilar; ommaviy axborot vositalarining qandaydir ozchilikni tashkil qiluvchi guruh yoki tub aholiga mansub bolaning til ehtiyojlariga alohida e’tibor berishni rag‘batlantiradilar; 13- va 18-moddalarni hisobga olgan holda bolaning farovonligiga zarar yetkazadigan axborot va materiallardan uni himoya qilishning tegishli tamoyillarini ishlab chiqishni rag‘batlantiradilar.
Download 37.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling