Bajardi: Ulmasov Alisher 207-guruh


Download 37.63 Kb.
bet25/31
Sana08.01.2022
Hajmi37.63 Kb.
#243966
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
38-modda

Ishtirokchi-davlatlar xalqaro insonparvarlik huquqining qurolli mojarolar ro‘y bergan holatda ularga nisbatan qo‘llaniladigan va bolalarga taalluqli me’yorlarini hurmat qilishni, ularga rioya etilishini ta’minlashni o‘z zimmalariga oladilar.

Ishtirokchi-davlatlar 15 yoshga to‘lmagan shaxslar harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmasliklarini ta’minlash uchun imkoni bo‘lgan barcha chora-tadbirlarni ko‘radilar.

Ishtirokchi-davlatlar 15 yoshga to‘lmagan har qanday shaxsni o‘z qurolli kuchlari safiga xizmatga chaqirishga yo‘l qo‘ymaydilar. 15 yoshga yetgan biroq 18 yoshga to‘lmagan shaxslar orasidan armiyaga jalb etilayotganda ishtirokchi-davlatlar yoshi kattaroq shaxslarni ma’qul ko‘rishga harakat qiladilar.

Qurolli mojarolar paytida harbiy bo‘lmagan aholini himoya qilish bilan bog‘liq xalqaro insonparvarlik huquqi bo‘yicha majburiyatlariga muvofiq ishtirokchi-davlatlar qurolli mojarolarning ta’siridan bolalarni himoyalash hamda parvarishlashni ta’minlash uchun imkoni bo‘lgan barcha zarur choratadbirlarni ko‘rish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar.


Download 37.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling