Bajardi: X. Abduvaliyev qabul qildi: R. Arslonzoda


So‘g‘d epigrafik yodgorliklari


Download 39.42 Kb.
bet4/6
Sana22.01.2023
Hajmi39.42 Kb.
#1110436
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
manbashunoslik. Xurshid.

So‘g‘d epigrafik yodgorliklari. So‘g‘d manbalari orasida epigrafik yodgorliklar muhim oʼrin tutadi. Qoyatosh va devorlarga so‘g‘d tilida bitilgan yozuvlar Oʼrta Osiyo va qoʼshni mamlakatlar tarixiga oid qimmatli maʼlumotlar beradi. Masalan, Аfrosiyobdagi devoriy suratga izoh tariqasida bitilgan yozuv eʼtiborga loyiqdir. Ushbu matn mazmuni quyidagicha: "Podsho Аvarxuman ... oldiga kelganda (elchi) ogʼiz juftladi: "Chagʼoniyon dabirpati Bukar-zoda (boʼlaman). Men Chagʼoniyon hukmdori Turontosh nomidan ehtirom bildirish uchun bu yerga, Samarqandga keldim va hurmat bilan podsho oldida turibman. Va sen menga nisbatan hech qanday yomon fikrlarga bormagin, men Samarqand xudolari hamda yozuvi toʼgʼrisida xabardorman va Samarqand podshosiga hech qanday xusumatim yoʼqdir", varxuman unga ijozat berdi… . Shundan keyin Choch dabirpati soʼz boshladi …" (Yozuv shu yerda uziladi).
Mazkur parcha arablar istilosi arafasida Oʼrta Osiyo siyosiy jihatdan tarqoq boʼlganligi va bu yerda mavjud mayda davlatlar oʼzaro elchilik aloqalarni yoʼlga qoʼyganligidan dalolat beradi. Matnda Chagʼoniyon hukmdori Turontosh ismli turk boʼlganligi qayd etilgan, bu Oʼrta Osiyoning siyosiy hayotida turkiy etnosning roli tobora oshib borayotganligidan darak beradi. Samarqanddan topilgan va uchta til – so‘g‘d, turk va xitoy tillarida bitilgan, turk xoqonlarining biriga qoʼyilgan qabrtosh ham ushbu fikrni tasdiqlaydi7.
So‘g‘d epigrafik yodgorliklari hozirgi Qozogʼiston, Qirgʼiziston va Sharqiy Turkiston hududlaridagi so‘g‘diylarning savdo koloniyalaridan ham topilgan. Xususan, 1907-yilda А.Steyn tomonidan Dunxuan (Xitoyning Gansu viloyati) dan topilgan, shuningdek, Turfon (Sharqiy Turkiston) va Talas shahridan 7 km masofada, Kulansoy i Teraksoy mavzelarida joylashgan so‘g‘d yozuvlari (ular ikki tilda – so‘g‘d va turkiy tillarda bitilgan) gʼoyat qimmatlidir. Ushbu matnlardan so‘g‘diylarning savdo koloniyalari, Oʼrta Osiyoning savdo aloqalari va unda so‘g‘d sadogarlarining tutgan oʼrni xususida maʼlumotlar olish mumkin. Yettisuvdagi so‘g‘d epigrafik yodgorliklari sopol buyumlar va metall tangalarga bitilgan boʼlib, ular bu yerda yashagan xalqlarning hayotida so‘g‘d tili muhim oʼrin tutganligidan dalolat beradi.
Eʼtiborga loyiq fakt shundan iboratki, Sharqiy Turkiston va Mugʼoʼliston kabi turkiy tilli muhit ustivor boʼlgan hududlarda ham qabrtoshlar dastlab so‘g‘d tilida, keyinroq esa parallel tarzda so‘g‘d va turkiy tillarda bitilgan. Ular orasida eng qadimgisi Bugut bitigi (Mugʼoʼliston) boʼlib, 583-588-yillarda turk zodagonlaridan biri – Maxak-teginga bagʼishlangan. Sevreysaman degan joydan topilgan zafar bitigi esa 762-yilda uygʼur xoqoni Ingi Yalaqarning gʼolibona yurishiga bagʼishlangan boʼlib, uchta tilda – turk, so‘g‘d va xitoy tillarida yozilgan8.




  1. Download 39.42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling