Bajardi: Yo`ldashev Umirzoq Janubiy Koreya Respublikasi rivoji qanday bo`ldi? Singapur va Indoneziya respublikalari haqida nimalarni bilib oldingiz? Myanma va Malayziya davlatlari qanday rivojlandi? 1
Download 1.56 Mb.
|
topshirishga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat rahbarlari: Малайзия бош вазирлари
Bajardi: Yo`ldashev Umirzoq Janubiy Koreya Respublikasi rivoji qanday bo`ldi? Singapur va Indoneziya respublikalari haqida nimalarni bilib oldingiz? Myanma va Malayziya davlatlari qanday rivojlandi? 1. Barcha omillarning uyg‘unligini ta’minlay olgan Osiyoning YAID juda qisqa tarixiy muddat oralig‘ida yuksak rivojlanish darajasiga erishdilar (masalan, Yaponiya 100 yilda bosib o‘tgan yo‘lni ular 25 yilda bosib o‘tdilar). Koreya 1910-yilda Yaponiya mustamlakasiga aylangan edi. Bu hol 1943-yilgacha davom etdi. 1943-yilda Koreya mustaqillikka erishgan bo‘lsada, keyinchalik u ikki davlatga bo‘linib ketdi. Bu — 1945-yilda Koreyaning shimolini SSSR armiyasi, janubini esa AQSH armiyasi egallaganligining oqibati bo‘ldi. Potsdam konferensiyasi 1945-yilda 38-parallel kenglikni SSSR va AQSH armiyasi o‘rtasidagi chegara chizig‘i, deb belgiladi.Bu ikki o‘ta buyuk davlatning siyosiy xaritani o‘z xohishlariga ko‘ra tuzishga urinishlari oxir-oqibatda Koreyaning ham ikkiga bo‘linib ketishiga olib keldi. 1948-yilning 15-avgustida Koreyaning janubida Li Sin Man boshchiligida Koreya Respublikasi tashkil topdi. 9-sentabrda esa shimolda Kim Ir Sen boshchiligida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi.1950-yilda bu ikki koreys davlati o‘rtasida urush harakatlari boshlandi. Bu urushga AQSH, SSSR va XXR ham aralashdi. Ikki yillik muzokaralardan so‘ng, nihoyat, 1953-yilning 27-iyulida yarash bitimi imzolandi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda bu ikki koreys davlati taraqqiyoti turlicha yo‘ldan bordi. Shimoliy Koreya sovet nusxasidagi «sotsializm» qurishga kirishdi. Buning oqibatida u Osiyoning eng kam taraqqiy etgan davlatlaridan biriga aylandi. 1994-yilda Kim Ir Sen vafot etgach, uning o‘g‘li Kim Chen Ir prezidentlik lavozimini egalladi. 1994-yilda aholi jon boshiga 920 dollarlik yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarildi. Shunday bo‘lsa-da, Shimoliy Koreya zo‘r berib qurollanmoqda. Hatto, o‘z atom bombasi va uni mo‘ljalga eltib qo‘yuvchi vositalarga ega bo‘lish imkoniyati reallikka aylanishi mumkinligi jahon hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Janubiy Koreyada Li Sin Man 1960-yilda o‘ldirilgach, hokimiyat Pak Chjon Xi qo‘liga o‘tdi. U ham 1979-yilda o‘ldirildi va 1980—1987-yillarda prezidentlik lavozimini Chon Du Xvan boshqardi. 1987-yilgi saylovlarda general Ro De Vu g‘alaba qildi. 1993-yilgi saylovlarda esa Kim Yan Sam hokimiyatni egalladi. Koreya 60—70-yillarda juda tez taraqqiy qildi. Hukumat markazlashdi. DEU, Samsung, Xyundoy, Lak-Goldstar kabi kompaniyalar juda katta foyda oldilar. Kemasozlik, avtomobilsozlik, elektronika va boshqa sohalar o‘ta tez rivojlandi. Keyingi 20 yil ichida har yili 10 foizdan rivojlandi. Lekin inqirozlar ham yuz berdi. 1997-yilda inqiroz tufayli yuzlab korxonalar sindi. Xalqaro valuta fondidan 47 mlrd dollar qarz oldi. Bu davrda koreya xalqi haqiqiy vatanparvarligini ko‘rsatdi. Fuqarolar milliardlab pul yig‘dilar, ayollar oxirgi taqinchoqlarigacha davlatga Janubiy Koreya bugungi kunda dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlaridan biriga aylandi. Chunonchi, 1994-yilda aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan jami ijtimoiy mahsulot 11270 dollarni tashkil etdi. 2003-yil fevralda No Mu Xyon mamlakat prezidenti etib saylandi. 2008-yil fevralda bu lavozimni Li Myon Bak egalladi. Janubiy Koreya — O‘zbekiston munosabatlari yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Janubiy Koreyaning O‘zbekistonda qo‘ygan kapitali 1 mlrd. Dollardan oshdi. 128 ta qo‘shma korxona ishlamoqda. Tovar ayirboshlash 2007-yilda 850 mln AQSH dollarigacha yetdi. O‘zbekistonda chiqarilayotgan «Neksiya», «Damas», «Matiz», «Tiko» avtomobillari, qator to‘qimachilik korxonalarining qurilishi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning kelajagi yanada porloqligini ko‘rsatmoqda.
Mustaqillik yillarida Singapur Janubi-Sharqiy Osiyoning eng rivojlangan davlatiga aylandi. 1994-yilda aholi jon boshiga 19940 dollarlik yalpi mahsulot ishlab chiqarildi va jami yalpi mahsulot 57 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu yerda hozir 4 mln aholi yashaydi. Tug‘ilish kamaymoqda. Yiliga 50 ming bola tug‘iladi. Bosh vazir Go Chak Tong millatni ko‘p farzand ko‘rishga chaqirdi. S. R. Natan mamlakat Prezidenti etib saylandi. 1942-yilda Yaponiya tomonidan bosib olingan Indoneziya 1945-yilda ozod bo‘ldi va 4-sentabrda Sukarno (1901—1970) boshchiligida hukumat tuzildi. Lekin 1947-yil iyulida Gollandiya bostirib kirdi. BMTning aralashuvi va AQSHning ta’siri bilan 1949-yilda Gollandiya Indoneziya mustaqilligini tan oldi. 1950-yilda Sukarno Indoneziya unitar respublikasini e’lon qildi. Mamlakatda mustaqillikning besh tamoyili: millatparvarlik, baynalmilallik, demokratiya, ijtimoiy adolat, xudoga e’tiqod asosida ish olib borildi. Iqtisodiyotni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Neft konlari, kauchuk plantatsiyalari milliylashtirildi. Oziq-ovqat, to‘qimachilik mollari, tayyor kiyimlar tayyorlash kuchaytirildi. Tabiiy boyliklar xalq qo‘liga o‘tdi. 1965-yil 30-sentabrda kommunistparastlar davlat to‘ntarishi uyushtirmoqchi bo‘ldilar. Lekin uning oldi olinib, hokimiyat saqlab qolindi. Kommunistlar qatag‘on qilindi. 1968-yilga kelib general Suxarto prezident bo‘ldi va mamlakatni 1998-yil iyunigacha boshqardi. Bu davrda mamlakatda iqtisodiy va siyosiy barqarorlik hukm surdi. 1970-yilning oxiriga kelib Indoneziyaga Amerika, boshqa davlatlar kompaniyalari 1,3 mlrd dollar miqdorida investitsiya kiritdilar. Kapital asosan kon sanoati, daraxt kesish va baliq ovlash sohalariga kiritildi. Milliylashtirilgan korxonalar egalariga qaytarildi. Indoneziya siqilgan tabiiy gaz, neft eksport qiluvchi davlatga aylandi. 90-yillarda 4 yil ichida 35 mlrd dollar miqdorida xorijiy kapital kiritildi. Turli avtomobillar, zamonaviy samolyotlar yig‘ildi. Lekin 1997-yilda mamlakatda iqtisodiy inqiroz yuz berdi. 70 foiz korxona, banklar yopildi, ishsizlar soni 20 mln ga yetdi, tashqi qarz 138 mlrd dollarni tashkil etdi. 1998-yil iyunida prezident Suxarto iste’foga chiqib, noyabr oyida B. Habibiy prezidentlik lavozimini egalladi. Ammo siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlay olmadi. 1999-yil oktabrda umumxalq saylovlari natijasida musulmon diniy partiyasi (Naxdatul Ulamo) rahbari A. Vohid Prezident qilib saylandi. U ham vaziyatni barqarorlashtira olmadi. Inflatsiya 20 foizga yetdi. 1975-yilda Gollandiyadan tortib olingan Sharqiy Timor mustaqillikka erishdi. Achexa ham shunday huquqni qo‘lga kiritdi. 2001-yildan Megavati Sukarnopuri mamlakat Prezidenti lavozimini to‘la egalladi. Indoneziya hozirgi kunda neft mahsulotlari, sanoat gazi, rezina, ko‘mir, mis, qo‘rg‘oshin, nikel, baliq mahsulotlari, kofe va choyni katta miqdorda eksport qiladi.O‘zbekiston bilan yaqin hamkorlik o‘rnatgan.
1962-yil martda harbiylar general Ne Vin boshchiligida davlat to‘ntarishini o‘tkazdilar. 1947-yilgi Konstitutsiya bekor qilindi. Endi mamlakat Birma Ittifoqi Sotsialistik Respublikasi deb atala boshladi. Yangi sotsialistik jamiyat qurish 1988-yilgacha davom etdi. Lekin rivojlanish ko‘ngildagidek bo‘lmadi. 1988-yilda mamlakat Myanma Ittifoqi deb ataldi va U So Maung prezidentlik lavozimini egalladi. Endi bozor iqtisodiga o‘tish boshlandi. Ahvol yaxshilandi. Chet el investitsiyasiga keng yo‘l ochildi. Yalpi mahsulotning o‘sishi yiliga 8 foizga ko‘tarildi. 1992-yilda hokimiyatga kelgan U Tan Shve mamlakat iqtisodini yanada ko‘tarish, xorijiy mamlakatlar munosabatlarini yaxshilash yo‘lini tutmoqda. Hozirgi vaqtda rangli metallar, neft, kumush, qimmatbaho toshlar qazib chiqarish, neftni qayta ishlash, metallurgiya kombinatlari, qo‘rg‘oshin-rux korxonalari rivojlangan. Malayziya davlati yerlari, xususan «Nort Barkes» kompaniyasiga qarashli Shimoliy Borjo, Malakka orolining janubiy qismi, Kalimantan oroli shimolidagi Saravak va Sabakurushgacha bo‘lak-bo‘lak holda Buyuk Britaniya mustamlakasi edi. 1941-yil 8-dekabrda Malakka oroliga yaponlar bostirib kirdi va 1942-yil fevralda uni butunlay egalladi. Yaponiyaga, undan so‘ng Buyuk Britaniyaga qarshi mustaqillik harakati keng avj oldi va aholining barcha qatlamlarini qamrab oldi. 1945-yilda inglizlar kelib Malayya ittifoqini tuzdilar. Lekin u ham uzoq yashamadi. 1947-yilda Birlashgan xalq fronti yuzaga keldi, u yosh davlat mustaqilligini mustahkamlashda asosiy kuch bo‘lishi kerak edi. Lekin ushbu frontda birlik bo‘lmadi, ichki kurashlar avj oldi.1948-yil 1-fevralda Malayziya Federatsiyasi tuzildi. Singapur ajratildi. Konstitutsion monarxiya tuzumi o‘rnatildi. 1957-yilga kelib hozirgi G‘arbiy Malayziya mustaqil deb e’lon qilindi. 1963-yilda Singapur, Saravak va Sabak Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi va mamlakat birlashtirildi. Lekin 1965-yilda Singapur Federatsiya tarkibidan chiqib, o‘zini mustaqil deb e’lon qildi. Malayziya hukumatida 1981-yildan musulmon malayziyaliklar katta ta’sir kuchiga egadirlar. Mamlakat iqtisodining asosini qayta ishlash, tog‘-kon sanoati va qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Malayziya jahonning 50 foiz kauchugini, 40 foiz qalayini ishlab chiqaradi. Ularning qariyb yarmini ingliz kapitali nazorat qiladi. AQSH va yapon kapitali ham katta ta’sirga ega. Elektrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, avtomobil sanoati rivojlangan. Tabiiy gaz, neft, qalay, mis, temir ruda konlari yangi texnologiya asosida mahsulot beradi. Yerning katta qismi zamindorlarga qarashli. Tabiiy kauchuk, kakao, palma yog‘i, qalampir, ananas yetishtiriladi va eksport qilinadi. Malayziya tashqi siyosatda qo‘shilmaslik yo‘lini tutgan. ASEANga a’zo. O‘zbekiston bilan yaxshi aloqalar o‘rnatgan Davlat rahbarlari: Малайзия бош вазирлари 1963—1970 — Абдул Рахман 1970—1976 — Абдул Разак 1976—1981 — Хуссейн Онн 1981—2003 — Махатхир Мохамад 2003—2009 — Абдулла Ахмад Бадави 2009—2018 — Наджиб Тун Разак 2018—2020 — Махатхир Мохамад Корея раҳбарлари Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling