Rivojlanish psixologiyasining nazariy vazifalari: Psixologik tadqiqotni o’tkazishga qo’yiladigan talablar - • Tadqiqotlarni tashkil qilish tekshiruvda qo’llaniladigan metod va metodikalarni tanlash handa sinab ko’rishni o’z ichiga oladi. Tadqiqotga tayorgarlik jarayonida tekshiriluvchilar va ularning soni aniqlanadi.
- • Tadqiqot o’tkazish joyi turli xil tashqi shovqinlardan holi bo’lishi, shu bilan birga sanitariya-gigiena qoidalariga javob berishi lozim. Majbur qilmaydigan ish holati ta’minlanishi kerak.
- • Tadqiqotning texnik ta’minlanishi hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarga mos tushishi kerak.
Psixodiognostik metodikalarga qo’yiladigan talablar - Psixodiagnostik metodikalar qo’llanilishidan oldin yuqori sifat va samaradorligini ko’rsatuvchi mezonlar asosida tekshiruvdan o’tkazilishi zarur. Psixodiagnostik metodikalarni baholashning asosiy mezonlari sifatida ishonchlilik va validlik olinishi mumkin Psixodiagnostik metodikalar ishonchliligi- psixodiagnostik metodikaning sifati bo’lib, u ushbu metodika yordamida etarlicha barqaror natijalarga erishish imkoniyati bilan belgilanadi. Ishonchli metodikalarni qayta o’tkazish o’xshash natijani ko’rsatishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |