Bakalavriat uchun yakuniy yozma ish rejasi va talablari


Download 37.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi37.5 Kb.
#211217
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT UCHUN TAVSIYALAR


BAKALAVRIAT UCHUN YAKUNIY YOZMA ISH REJASI VA TALABLARI

Berilgan matn asosida (o‘zbek va qozoq / qirg‘iz va turkman / turk va qorqqalpoq / uyg‘ur) tillarining fonetik, grammatik, leksik umumiylik va farqlari.

REJA:


  1. O‘zbek tilining turkiy tillar tizimida o‘rni.

  2. Qozoq / turkman… tilining turkiy tillar tizimida o‘rni.

  3. Tahlil etilayotgan matn (o‘zbek va tanlangan tilda).

  4. Fonetik umumiylik va farqlar.

  5. Morfologik umumiylik va farqlar.

  6. Leksik umumiylik va farqlar.

  7. Xulosa.

Ishni yozish uchun metodik tavsiyalar.

Yozma ish materiali sifatida talabalar amaliy mashg`ulitlarda tahlil etgan yoki talaba mustaqil ravishda tanlagan qozoq, turkman, qirg`iz, uyg`ur,qoraqalpoq, turk (yoki talabaning ixtiyori va imkoniyatiga ko`ra istagan boshqa bir turkiy) tildagi matn olinadi. Rejaning uchinchi bandida bu matn tanlangan tilda va o`zbek tilida beriladi (agar matn matbuot yoki badiiy adabiyotdan olingan bo`lsa, kseronusxa shaklida ham berish mumkin).

Rejaning 1- va 2-bandlari o`quv fani adabiyotlari ro`yxatida ko`rsatilgan adabiyotlar, shuningdek “O`zbekiston milliy enziklopediyasi” yoki Internetdagi “Vikipediya” materiallari asosida yoziladi. Bunda o`zbek va tanlangan turkiy tilning turkiy tillarning qaysi tarmog`i, guruhi va guruhchasiga mansubligi, tanlangan turkiy tilning turkiy tilning tarqalishi, bu tilda so`zlarchilarning miqdori, yozuvi,asosiy fonetik, Grammatik xususiyatlari sharhlanadi.

Rejaning 4-bandi o`zbekcha va boshqa turkiy tildagi matnlarda o`zbek tili unli va undoshlarining o`zaro muvofiqligi bir bir-biriga mos kel;ishi asosida yoziladi.

Chunonchi, (“O`ZR Prezidentining Farmoni” matni asosida) o`zbek tilidagi /i/ tovushi qozoqcha matnda уздiксiз, берiлетiн, екi, бiрге ….. kabi so`zlarda old qator (yumoq), lablanmagan tor unliga, жыл, ақы , отырған….. kabi so`zlarda orqa qator lablanmagan tor unliga, Республика, Президент … kabi baynalmilal so`zlarda oraliq tor,lablanmagan unliga muvofiq keladi………… (Shu tartibda barcha unlilar tavsiflanadi)

O`zbek tilining tilo`rta sirg`aluvchi sonor undoshi /y/ so`z boshida matnda жыл, жене, жумыс…. kabi so`zlarda qorishiq portlovchi /j/ tovushiga o`tadi, so`z o`rtasi va oxirida ай, тербие, Мирзияев…. kabi so`zlarda /y/ sifatida saqlanadi. ………(Shu tartibda barcha undoshlar tavsiflanadi)

Rejaning 5-bandini yozishda talabalar eng avvavo o`zbek qoshimchalarinig boshqa turkiy tildagi matnda singarmonistik variantlariga alohida e`tabor bermoqlari va ularni mufassal sanab o`tishga harakat qilishlari zarur/ Chunonchi, o`zbekcha ko`plik qoshimchasi –lar bu matnda qattiq (orqa qator unlili ) o`zak-negizlarga unlilar keyin qattiq –лар shaklida (напақалар, стипендиялар, балалар …..) , undoshlardan keyin -лар, –дар, -тар (турғындар, азаматтар….), yumshoq (oida qator unlili ) o`zak-negizlarga -лер,-дер, тер shakllarida qo`shiladi (министрлер, хизметкерлер…; мугедектер, толомдер…).

(Shu tartibda o`zek va qiyoslanayotilgan til uchun umumiy bo`lgan barcha qo`shimchalar tavsiflanadi)

O`zbek tilidagi –v/-uv harakat nomi yasovchi qo`shimcha qozoq tilida qattiq va yumshoq variantli –u qoshimchasiga o`tadi: арттыру….

Shu tarzda matnning asosiy morfologik xususiyatlari navsiflanadi.

Rejaning 6-bandi o`zbekcha va boshqa turkiy tildagi matnlarda o`zbek tili so`zlari bilan ma`no va shakl (singarmonizmni hisobga olmaganda) jihatdan o`xshash bo`lgan (нафака – напака, стипендия, арттыру…), shakl jihatdan o`xshash bo`lib, ьa`no jihatdan farqlanuvchi (азамат, зейнет, турғын…) va o`zbek tilida qo`llanilmaydigan so`zlar ( енбекақы, молшер, кежетти…) ajratib beriladi.



Yozma ish berilgan qiyosiy tavsif asosida xulosa chiqarish bilan yakunlanadi
Download 37.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling