Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020


Zamonaviy boshqaruvda axborotlar tizimi ahamiyati


Download 346.82 Kb.
bet41/68
Sana05.02.2023
Hajmi346.82 Kb.
#1167981
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68
Bog'liq
Jamoada samarali ishlash o\'quv qo\'llanma inshaollox (2)

6.2. Zamonaviy boshqaruvda axborotlar tizimi ahamiyati.


Zamonaviy boshqaruvda axborotning o‘rni va ahamiyatining alohida xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgan:

  • zamonaviy sharoitlarda tashkiliy tuzilmaning va boshqaruv tizimining unumli faoliyat yuritishi ko‘p jihatdan axborot bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda;

  • firmaning iqtisodiy ahvoli va faoliyati haqidagi aniq ma’lumotlarni tashkilotning yuqori lavozimli rahbarlariga yetkazish, tashkiliy tuzilmaning turli bo‘linmalari o‘rtasida axborot almashuvini yo‘lga qo‘yish jarayonini zamonaviy texnika vositalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi;

  • uzatiladigan axborotning konkret mazmuni boshqaruv tuzilmalarining ehtiyojlariga va tayyorlanayotgan boshqaruv qarorining mohiyatiga qarab belgilanadi.

Boshqaruv sohasidagi axborotga nisbatan qo‘yiladigan talablar:

  • yuborilayotgan ma’lumotlar qisqa, aniq bo‘lishi va o‘z vaqtida manzilga yetkazilishi lozim;

  • tashkiliy tuzilmaning biron bir bo‘g‘inidagi ish boshqaruvchining ma’lum bir aniq ehtiyojlarini qondirishi kerak;

  • ma’lumotlar aniq va haqqoniy bo‘lishi, vaziyatga oid dastlabki ma’lumotlar to‘g‘ri tanlanishi lozim; to‘planayotgan ma’lumotlarni optimal tarzda tizimlashtirish, ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash jarayoni muntazam davom etishi kerak.

Tashkiliy tuzilma miqyosida amal qiluvchi axborot tizimlarining alohida xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgan:

  • zamonaviy firmalarda axborot to‘plash, uni qayta ishlash va uzatish uchun yuksak darajada takomillashgan texnik vositalar qo‘llaniladi. Odatda, butun tashkilot miqyosidagi axborot tizimlari yagona tarmoqqa birlashtirilgan;

  • tashkiliy boshqaruvchilik tuzilmasiga xizmat ko‘rsatuvchi axborot tizimi olinayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash, axborot uzatishning ichki va tashqi kanallarini tarkib toptirish va umuman informatsiya kabi alohida komponentlardan iborat;

  • axborot tizimlari o‘z faoliyati davomida axborot tuzish, to‘plash va uzatish, tashkiliy faoliyatni uyushtirish kabi o‘zaro bog‘liq ish jarayonlarini uzviy ketma-ketlik tarzida ro‘yobga oshiradi. Bu vazifani amalga oshirishda ularga axborot oqimi harakatini ta’minlovchi turli xil texnik vositalar, axborotni qayta ishlash uslublari yaqindan yordam beradi;

  • axborot bilan ishlash jarayoni, umumiy jihatdan olganda, ilmiy-texnik, rejalashtirish, nazorat o‘rnatish, hisobchilikka oid va tahliliy axborotlarni to‘plash jarayonlaridan iborat.


Download 346.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling