Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020
Zamonaviy firmada kommunikativ aloqalar tizimini yaratish yo‘llari
Download 346.82 Kb.
|
Jamoada samarali ishlash o\'quv qo\'llanma inshaollox (2)
6.4. Zamonaviy firmada kommunikativ aloqalar tizimini yaratish yo‘llari.
1. Tashkiliy faoliyatni tartiblashtirish (alohida xususiyatlari): tashkiliy tuzilmaning qaysi bir pog‘onasida turishidan qat’i nazar, har bir menejer maqsadli faoliyatni amalga oshirish davomida o‘z rahbari, o‘zi, hamkasblari va qo‘l ostidagi xodimlari uchun qanday va qancha axborot zarurligini aniq bilishi lozim; menejer shaxsiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan axborotning miqdoriy o‘lchamlari va sifatiy ahamiyatini baholay bilishi, xuddi shu kabi tashkiliy tuzilmaning har bir pog‘onasida turgan boshqa xodimlarning ish unumdorligini ta’minlash uchun qanday va qancha axborot zarurligini (axborot almashuvidagi me’yor) belgilay olishi shart; menejer o‘z faoliyati davomida bitta yoki bir necha ishchi (xodim) bilan alohida suhbatlashishi, butun jamoa bilan tez-tez uchrashib turishi kerak; tashkilot miqyosida axborot almashuvini yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish uchun tashkiliy faoliyatni rejalashtirish, rejalarni amalga oshirish va butun jarayonni nazorat qilish tamoyillaridan to‘g‘ri va unumli foydalana bilishi lozim; yangi ish rejalarini, tashkiliy faoliyat maqsadini hamda strategiyasini muhokama qilish va belgilab olish, ish jarayonini nazorat qilish, nazorat yakunlari bo‘yicha hisobot talab etish menejerning vakolati doirasidagi imkoniyatlaridir; Muqobil aloqa o‘rnatish tizimi tashkiliy tuzilmadagi umumiy ish jarayonini boshqarish va nazorat qilish tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Mazkur tizim faoliyatini yo‘lga qo‘yish va takomillashtirishning mumkin bo‘lgan ayrim variantlari: muayyan tashkiliy masalalarni muhokama qilish maqsadida xodimlarni tashkilotning bir bo‘g‘inidan boshqasiga o‘tkazish; xodimlarga so‘rovnoma bilan murojaat etish. Bunda ushbu xildagi ma’lumotlarni to‘plash imkoniyatlari paydo bo‘ladi: xodimlar o‘z ish vazifalarini to‘liq va to‘g‘ri anglab yetdilarmi? ish jarayonida xodimlar qanday ehtimoliy yoki hayotiy muammolar bilan to‘qnash kelishi mumkin? xodimlar o‘z ish vazifalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘z vaqtida va to‘liq olyaptilarmi? ish boshqaruvchi rahbarlar quyidan kelayotgan takliflar, fikr-mulohazalarni tinglash va qabul qilishga tayyormi; xodimlar istiqboldagi faoliyatiga va mavqeiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tashkiliy o‘zgarishlar haqida xabardor etilganmi; Download 346.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling