Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020


Download 346.82 Kb.
bet9/68
Sana05.02.2023
Hajmi346.82 Kb.
#1167981
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68
Bog'liq
Jamoada samarali ishlash o\'quv qo\'llanma inshaollox (2)

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR



  1. Xotorn eksperimentlarida jamoa va guruhlarning ahamiyati qanday?

  2. Jamoada samaerali ishlash faning predmeti va mazmuni

  3. Jamoada samarali ishlash faning boshqa fanlar bilan aloqasi

  4. Yaponiyada jamoaviy ishlarning rivojlanishida “sifat to‘garaklari”ning o’rni

  5. “Insoniy munosabatlar makatabi”ning asosiy maqsadi

  6. Rejali iqtisodiyotda jamoaviy ishlar qanday amalga oshirilgan

  7. “yapon mujizasi”ni yaralishida jamoaviy ishlarning o’rni

  8. Sifat to’garaklarining jamoaviy ishdagi o’rni

  9. Jamoani boshqarishda sobiq sovet tizmining roli

  10. Xotorn samarisining mohiyati


II. BOB. JAMOALARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TUSHUNCHALARI VA JAMOALARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI
Muhim tushunchalar: jamoa, rasmiy jamoalar, norasmiy jamoalar, guruhlar, jamoa yordamida tarbiyalash, funksional jamoalar, ijodiy jamoalar, kross-funksiyanal jamoalar, yaxlit jamoalar, jamoa va psixologiya, shaxsning xulq-atvori, jamoalarning tasnifi, jamoa va guruhlarning tasnifi.


2.1 Ijtimoiy psixologiyada “jamoa” tushunchasi va uning boshqaruvdagi o’rni

So‘nggi yillarda jamoalar tashkilotlarda eng muhim guruh hodisasi sifatida ko‘rilmoqda. Jamoalar quyidagilar natijasida ommalashmoqda:



  • integratsiyalashgan sifat menejmenti tizimiga e’tiborni kuchayishi;

  • strategik boshqaruv qarorlarining murakkabligi;

  • korporativ boshqaruv vazifalarini murakkablashib borishi.

Biroq, jamoaviy ishlarga bo‘lgan talabning tez o‘sib borayotgan tan olinishiga qaramay, yirik tashkilotlar faoliyatida jamoalarning imkoniyatlaridan deyarli foydalanilmayapti. Buning sabablaridan biri, tashkilot rahbarlari jamoaning nima ekanligini, uni qanday yaratish va undan qanday foydalanishni aniq tushunmasliklari. Garchi jamoalar bir jamoa bo‘lsada ular bir necha sabablarga ko‘rga ajralib to‘radilar.
Jamoa deganda nima tushuniladi va nima sababdan bu tushuncha boshqarish tizimida shunchalik muhim o‘rin tutadi? Jamoa — ijtimoiy tashkilot bo‘lib, uning uchun birgalikdagi ijtimoiy ahamiyatli faoliyat xosdir.
Rahbar ish faoliyatida faqat alohida xodimlar bilan ish olib bormasdan, balki o‘z tarkibida ishlab chiqarishda xodimlarni birlashtirgan turli xildagi guruhlar, korxona jamoasi, uchastka, brigada, oila, ba’zan esa xodimni o‘z ta’siriga tortgan yoki biron-bir yetakchi tevaragiga birlashgan xodimlar bilan ish olib borishiga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan rahbar guruhlar va jamoalarning asosiy ijtimoiy-ruhiy qonuniyatlarini bilishi shart.
Guruhbu muayyan belgiga, masalan, sinfiy mansublikka, birgalikda faoliyat ko‘rsatishning mumkinligiga va uning xarakteriga, tashkil toppish xususiyatlari va shu kabilar asosida ajralib turadigan insoniy umumiylikdir.

Download 346.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling