Bakteriologik tadqiqot usuli. Sof kulturalar olish
Download 335.18 Kb. Pdf ko'rish
|
2-LABORATORIYA ISHI. BAKTERIOLOGIK TADQIQOT USULI. SOF KULTURALAR OLISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biosinov usuli
- Sof kultura ajratib olish usuli (Drigalskiy uslubi) 1. Tajriba. Birinchi kun
- Ikkinchi kun
- Mavzu bo‘yicha nazorat savollari
Drigalskiy usuli - Petri kosachalarida GPA o‘rniga maxsus qonli -glukozali
GPA qo‘llanilib, anaerob sharoit yaratiladi (eksikator, mikroanaerostat). Vilson-Bler muhitiga ekish usuli - oziq muhitda alohida-alohida qora rangli koloniyalar o‘sib chiqadi. Ularni Kitt-Tarossi muhitiga qayta ekkanda sof kultura ajratiladi. Biosinov usuli - tekshirilayotgan material yoki aralash kultura bilan moyil laboratoriya hayvonlari zararlanganda, ular kasallanib o‘ladi, Patalogoanatomik yorib, ularning ichki organlaridan Kiti-Tarossi muhitiga, yarim suyuq agar yoki qonli-glukozali agarga ekib, yuqorida ko‘rsatilgan sof kultura ajratish usullaridan birini qo‘llagan holda patogen anaeroblarning sof kulturasi ajratiladi. Sof kultura ajratib olish usuli (Drigalskiy uslubi) 1. Tajriba. Birinchi kun: Drigalskiy usulda tekshirilayotgan material belgilangan 3 ta Petri kosachasiga joylashtirilgan qattiq muhitga ekiladi. Buning uchun biz shisha shpatel oldindan qog‘ozga o‘ralib, sterillangan holda tayyorlab qo‘yiladi: 1. Birinchi belgili oziqa muhit yuzasiga bir tomchi tekshirilayotgan materialdan Paster tomizg‘ichi yordamida tomiziladi va steril shpatel bilan oldin orqaga, keyin oldinga qarab surtiladi. Bundan so‘ng aylanma harakat bilan ozuqa muhiti butun maydonga tarqatiladi. Buni bajarishda kosachaning qopqog‘i shpatel sig‘adigan balandlikgacha ochiladi. 2. Birinchi belgili kosachadan shpatel olinib, so‘ng qopqog‘i tezda yopiladi va shpatel darhol ikkinchi belgili kosachaga solinadi. Bunda u kuydirilmaydi. Material birinchi belgili kosachada tarqatilgandek, shpatel bilan tarqatiladi va ikkinchi kosacha ham yopiladi. 3. Shundan so‘ng shpatel uchinchi belgili kosachaga solinadi va shu tomoni bilan material ozuqa muhit yuzasiga tarqatiladi, kosacha qopqog‘i yopiladi. Bundan so‘ng shpatel kuydiriladi yoki dezinfeksiyalovchi eritmaga solinadi. 4. Kosachaga materialning nomi, bemorning familiyasi, sana yozilib, tub qismini yuqoriga, qopqog‘ini esa pastga qaratib termostatga joylashtiriladi. Kosachalar termostatga 18-24 soat qo‘yiladi. Ikkinchi kun: Mikrob to‘planishini o‘rganish uchun va sof kulturani ajratish uchun 18-24 soatdan keyin termostatdan kosachalar olinib, ekilgan material o‘rganiladi. Birinchi kosachada material ko‘p bo‘lgani uchun bakteriyalar bir tekisda o‘sadi. Alohida mikrob to‘plamlari ko‘rinmaydi. Ikkinchi kosachada va ayniqsa, uchinchi kosachada mikrob to‘plamlari alohida-alohida bo‘lib joylashadi. Shuning uchun ularni o‘rganish qulay bo‘ladi. 1. Mikrob to‘plamlari makroskopik jihatdan o‘rganiladi. Kosacha ochilmasdan yon tomonidan o‘tuvchi yorug‘likdan foydalanib ko‘zdan kechiriladi. To‘plam hajmi: katta, kichik, nuqta kattaligida; shakli: to‘g‘ri, aylana, qiyshiq, tekis, bo‘rtib turuvchiligini o‘rganiladi. Konsistensiyasi: qattiq, yumshoq; yuzasi silliq, cho‘tir, yaltiroq, xira, nam, qumq, shilliqligini o‘rganib chiqamiz. 2. Mikroskop okulyari yoki lupa yordamida mikrob to‘plamini kattalashtirib ko‘rish uni yaxshiroq o‘rganish imkoniyatini yaratib beradi. Mikrobni yaxshiroq o‘rganish uchun mikroskop diafragmasini toraytirish yoki kondensorni tushirish kerak bo‘ladi. 3. Belgilangan mikrob to‘plamidan surtma tayyorlanadi so‘ngra Gram usulida bo‘yaladi. Ayrim belgilangan to‘plamlar qiyshiq, agarli probirkalarga ekiladi va ular 18-20 soat termostatga joylashtiriladi. 4. Mikrob to‘plamlarining soni aniqlanadi. Uchinchi kun: kulturaning sofligi va mikroblarning xususiyati o‘rganiladi. Bir necha kundan so‘ng probirkalar termostatdan olinib, unda bir turdagi mikrob kulturasi o‘sganligiga ishonch hosil qilinadi. Mavzu bo‘yicha nazorat savollari: 1. Sof kulturani ajratishning Paster usulini tushuntirib bering? 2. Sof kulturani ajratishning Kox va Drigalskiy usullarini tushuntirib bering? 3. Sof kultura ajratib olish usuli (Drigalskiy uslubi) bosqichma-bosqich yoritib bering? Download 335.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling