Бактериология ва вирусология Суҳбат қуйидаги саволлар асосида олиб борилади
Download 241.76 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqБактериология-ва-вирусология
Бактериология ва вирусология Суҳбат қуйидаги саволлар асосида олиб борилади: 1. Bakteriyalarning klassifikastiyasi, binar nomlanishlari 2. Bakteriologik laboratoriyalarda ishlash qoidalari nimalardan iborat? 3. Fiksastiyalangan surtma tayyorlash texnikasi. 4. Sharsimon bakteriyalar morfologiyasi. 5. Oziq muxitlarni tayyorlash xonasida qilinadigan ishlar. 6. Steril xonaning tuzilishi va u erda bajariladigan ishlar. 7. Sharsimon bakteriyalarni morfologik guruxlarini rasmini chizib bering. 8. O’ta xavfli infekstiyalar bilan ishlaydigan laboratoriyalarning ish tartibi. 9. Klinik kasalxonalarda joylashgan bakteriologik laboratoriyalarning asosiy vazifalari. 10. Oddiy bo’yash suli texnikasi. 11. Tayoqchasimon mikroorganizmlarning morfologik guruxlari. 12. Bakteriya sporasining xosil bo’lishi va vazifasi. 13. Gram usulida ishlatiladigan bo’yoqlar? 14. Bakteriyalar xarakatini o’rganish usullari? 15. Xivchinlar joylashishishiga ko’ra turlari. 16. Gram musbat va Gram manfiy bakteriya xujayra devorlarining bir-biridan farqi? 17. Tayoqchasimonlarni o’lchami bo’yicha 3 ta gruppasi, misollar. 18. Gram usulida bo’yash bosqichlari? 19. Bakteriya kiritmalariga nima va ularning vazifasi. 20. Mikroorganizmlar fiziologiyasiga qaysi xususiyatlari kiradi? 21. Mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi qanday proseslarda o’tadi? 22. Bakteriyalarni oziqlanish tiplarini sanab bering? 23. Saprpofitlar qanday bakteriyalar? 24. Parazitlar qanday bakteriyalar? 25. Mikroorganizmlarni oziqlanish turlari? 26. Oziq muxitlar bakteriya uchun qanday talabga javob berishi kerak? 27. Olinishiga qarab oziq muxitlar tasnifi? 28. Xolatiga qarab oziq muxitlar tasnifi? 29. Ishlatilishiga qarab oziq muxitlar tasnifi? 30. Asosiy oziq muxitlarga qanday oziq muxitlar kiradi? 31. O’sishning qanday fazalari mavjud? 32. Nafas olishiga qarab bakteriyalar qanday guruxlarga bo’linadi? 33. Anaerob bakteriyalarda qanday fermentlar bo’ladi? 34. Mikroorganizmlar qanday fermentlar ajratadi? 35. Anaerob bakteriyalar ajratib olishda anaerob sharoit yaratish qanday usulda yaratiladiasboblardan foydalanamiz? 36. Ekzofermentlar bakteriya xayot faoliyatida nima vazifalarni bajaradi? 37. Endofermentlarni bajaradigan vazifasi nimalardan iborat? 38. Grammusbat bakteriyalar ko’pincha qanday toksin ajratadi? 39. Grammanfiy bakteriyalar ko’pincha qanday toksin ajratadi? 40. Anaerob bakteriyalar sof kulturasini ajratib olish bosqichlarini sanab bering? 41.Viruslarning ximiyaviy tarkibi va tuzilishi 42.Viruslarni ustirish uchun ozik muxitlar 43. Viruslar reprodukstiyasi va xujayra bilan uzaro ta’sir stadiyalari 44 Faglar klassifikastiyasi va faglar xarakteristikasi. 45. Faglarning olinishi, ishlatilishi, medistina amaliyotidagi axamiyati 46. Virus DNK va RNK sini shakli va kurinishlari. 47. RNK (+) ipli viruslarning RNK(-) lardan farki. 48. Xujayra kultiralarning oliniish va qo’llanilishi. 49. Mikroorganizmlarga ta’sir qiluvchi fizik omillarga nimalar kiradi? 50. Mikroorganizmlarni xaroratga ta’sirchanligi bo’yicha guruxlarini sanab bering. 51. Liofilizastiya usuli qanday usul va uning axamiyati nimada? 52. Kimyoviy omillarning mikroorganizmlarga ta’siri bo’yicha guruxlari. 53. Sterilizastiyaning turlarini sanab bering? 54. Deratizastiya ishlari qanday olib boriladi? 55. Dezinsekstiya tushunchasiga ta’rif bering? 56. Aseptika tushunchasiga ta’rif. 57. Antiseptika tushunchasiga ta’rif. 58. Bakteriyalarni antibiotiklarga chidamliligini nimalar boshkaradi. 59. Nistatin, levoringa qaysi bakteriyalar sezgir va ularni ta’sir kilish mexanizmlari. 60. Mikroorganizmlarni antibiotiklarga ta’sirini aniqlashda sifat buyicha va miqdor buyicha aniqlash usullari 61. Mikroorganizmlarni antibiotikka sezgirligi aniqlash usullarining tibbiyot amaliyotida axamiyati 62.Teri mikroflorasi. 63.Nafas yo’llari mikroflorasi. 64.Disbakterioz. Uning kelib chiqishi va sabablari. 65.Tuproqni ifloslanish darajasi qanday baxolanadi? 66.Suv orqali qaysi kasallik qo’zg’atuvchilari tarqalishi mumkin? 67.Tuproq orqali qaysi infekstion kasalliklar tarqaladi? 68.Infekstiya tushunchasiga ta’rif bering. 69.Patogenlik va virulentlik xususiyatlarini namoyon qiluvchi faktorlarni sanang? 70.Ekzotoksin ximyaviy tabiati, endotoksindan qanday farq qiladi? 71.Yuqumli kasallik formalarini ayting. 72.Epidemik jarayon nima va uning qanday ko’rinishlarini bilasiz? 73.Infekstiyaning o’tish yo’llari qanday bo’ladi? 74.Yuqumli kasallik davrlarini sanang. 75.Yuqumli kasalliklarga qanday tashxis qo’yiladi? 76.Immunitet tushunchasiga tarif bering va uning turlari. 77.Lizostim nima, uning antibakterial ta’sir mexanizmi kanaka. 78. Fagastitoz tushunchasi, uning boskichlari. 79. Qaysi xujayralar fagastitar aktivlikga ega, tugullanmagan fagostitoz nima. 80.Bakteriyalarning kanday antigenlari bor. Viruslarda kanday antigenlar buladi. 81.Immunoglobulinlar sinflari va ular xarakteristikasi. 82.Kanday reakstiyalar serologik reakstiyalar deyiladi va ular nima uchun ishlatimladi. 83.Agglyutinastiya reakstiyasining mexanizmi, metodik variantlari va amaliy ishlatilishi. 84.Immunitet organlari, axamiyati nima? 85.T va B limfostitlar va ularning immun reakstiyalarning keltirib chikarishdagi roli ? 86.Organizmning nomaxsus ximoya faktorlari qaysilar? 87.Nomaxsus ximoya faktorlirini aniqlash usullarini o’rganish nimalardan iborat? 88.Allergiya, allergik reakstiyalar va ularning tiplari. 89.Immun tizim kasalliklari va ularga baho berish usullari nimalardan iborat? 90.Suvning sanitar mikrobiologik tadqiqotlari 91.Koli – titr va koli – indeksini aniqlash 92.Havoning sanitar mikrobiologik tadqiqotlari 93.Sanitar – mikrobiologiya tadqiqot usullari 94.Havoning sanitar – ko’rsatkich mikroorganizmlari 95.Yiringli – yallig’lanish kasalligi qo’zg’atuvchilarining umumiy tasnifi va harakteristikasi? 96.Stafilokokklarning klassifikastiyasi, morfologiyasi? 97.Stafilokokklarni o’stirish usullari va sharoitlari? 98.Stafilokokklarning antigen va toksigenlik xususiyatlari? 99.Stafilokokklarning insonlarda va xayvonlarda keltirib chiqaradigan kasalliklari? 100.Stafilokokkli infekstiyalarning laboratoriya Tashhisi? 101.Streptokokklarni ustirish usullari va fermentativ xususiyatlari? 102.Streptokokkli infekstiyalarda mikrobiologik tekshirish usullari? 103.Ko’k yiring tayoqchasi keltirib chiqargan kasalliklarni laborator Tashhisi? 104.Yiringli – yallig’lanish kasalliklarini oldini olish chora tadbirlari va profilaktik choralar? 105.Qoqshol kasalliginig maxsus profilaktikasi? 106.Qoqshol qo’zg’atuvchisining toksini ta’sir mexanizmi? 107.Gazli gangrena qo’zg’atuvchisining usish xususiyatlarini tushuntiring? 108.Gazli gangrena qo’zg’atuvchisining morfologik xususiyati? 109.Cl.perfrengens keltirib chiqaradigan infekstiyalarni oldini olishda qo’llaniladigan maxsus profilaktika? 110.Pnevmokokklarning laboratoriya tashxisi. 111.Meningokokklar laboratoriya tashxisi. 112.Klebsiellalar laboratoriya diagnostikasi. 113.Legionellalar laboratoriya tashxisi. 114.Ko’kyo’talning laboratoriya tashxisi? 115.Bo’g’ma qo’zg’atuvchisining tasnifi va morfologik xususiyatlari? 116.Bo’g’ma qo’zg’atuvchisining fermentativ xususiyatlari? 117.Bo’g’ma qo’zg’atuvchisining patogenezi? 118.Bo’g’ma qo’zg’atuvchisining laboratoriya tashxisi? 119.Silga qarshi revakstinastiya qanday holatlarda o’tkaziladi? 120.Moxov kasalligining og’ir shakli nima deyiladi va qanaqa klinik belgilari bor? 121.Silda ekspress usul qanday aniqlaniladi? 122.Aktinomikozlarning laborotoriya tashhisi. 123.Mantu reakstiyasi qachon qo’llaniladi? 124.Moxov qo’zg’atuvchisi sildan qanday differenstial diagnostika kilinadi? 125.Aktinomikozlar morfologiyasi. 126.Moxovda laborotoriya tashxisi qanday o’tkaziladi? 127.E.coli kulturasining dif.diagnostik muhitlarda o’sishining o’ziga xosligi. 128.Ichak infekstiyasida bemor sepsisga gumon qilinsa qaysi muhitlarga ekiladi? 129.Esherixiya, ichak ierseniozi differenstiyasi uchun qanday bioximik belgidan foydalaniladi? 130.Nopatogen E.colining vazifasi. 131.Koli-titr va koli indeks tushunchalariga ta’rif. 132.Qorin tifi va paratiflar mоrfologiyasi. 133.Qorin tifi va paratiflar uchun qo’llaniladigan oziq muxitlar va ularning o’sishi. 134.Ovqatdan zaxarlarlanishni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga xarakteristika va ularning patogenezi (stafilakokk, protey). 135.Botulizm qo’zg’atuvchisiga xarakteristika, patogen faktorlari. 136.Botulizm bilan ovqatdan zaharlanish qanday sodir bo’ladi? 137.Botulizmdan zaharlanganda qaysi belgilar asosida tashhis qo’yiladi? 138.NAG vibrionlarini vabo vibrionlaridan farqi? 139.Maxsus profilaktikasida sibir yarasi va o’lat qo’zg’atuvchilariga qanday vakstina qo’llaniladi? 140.Askoli reakstiyasi qanday serologik reakstiya hisoblanadi? 141.O’lat qo’zg’atuvchisi patogenezida qanday klinik formalari kuzatiladi? 142. Brustellyozni tez aniqlash uchun qanday usul qo’llaniladi? 143.Rayt reakstiyasining Xeddelson reakstiyasidan farqi nimada? 144.Tulyaremiya qo’zg’atuvchisini aniqlashda qanday usullar qo’llaniladi? 145.Tulyaremiya qo’zg’atuvchisi qattiq va suyuq oziq muhitlarda qanday o’sadi? 146.Asosan odam organizmiga zahm qo’zg’atuvchisi qanday yo’llar bilan yuqadi? 147. So’zak kasalligida fagostitoz prostessi qanday kechadi? 148. Zahm kasalligida immunitet qanday ko’rinishga ega? 149. So’zak qo’zg’atuvchisi yangi tug’ilgan chaqaloqlarda qanday kasallik keltirib chiqaradi? 150. Toshmali tifni laboratoriya diagnostikasida asoson qaysi usuldan foydalaniladi? 151. Qaytalama tifning laboratoriya diagnostika usullari 152. Rikketsiyalarni qaysi o’tkazuvchi hashorat odam organizmiga yuqtiradi? 153.Qaytalama tif qo’zg’atuvchisi qaysi usulda bo’yaladi? 154.Parotit virusi odam organizmida kasallikdan so’ng qanday asorat qoldiradi? 155. Qizamiq virusining yuqishi va patogenezi 156.Qizamiq virusini aniqlashda qanday laboratoriya usullari qo’llaniladi? 157.Paragripp viruslari diagnostikasida gemadsorbstiya reakstiyasi qanday qo’yiladi? 158.Qizamiq kasalligiga qarshi vakstina organizmga qanday yuboriladi? 159.Epidemik parotit kasalligidan so’ng qanday immunitet koladi? 160.Poliomielit virusi odam organizmiga qanday yuqadi? 161.Poliomielit virusi qanday organni shikastlaydi? 162.Qutirish virusi odam organizmiga qaysi yo’llar bilan yuqadi? 163.Babesh-Negri tanachalarini olimlar birinchi bo’lib qaysi organ hujayralarida aniqlashgan? 164.Qutirish virusi keltirib chiqargan kasallikdan so’ng qanday immunitet qoladi? 165.Gripp virusini aniqlashda qanday usullar qo’llaniladi? 166.Gerpes viruslarning turlari va diagnostika usullari Download 241.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling