Bakteriyasi yordamida insulin ishlab chiqardi


Isitish uskunalari bilan ishlash


Download 94 Kb.
bet4/8
Sana10.10.2023
Hajmi94 Kb.
#1697035
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Biotexnologiya 1-lab

Isitish uskunalari bilan ishlash
Isitish uskunalari bilan ishlashdan oldin atrofda yonuvchan moddalar (spirt, efir) yo‘qligiga amin bo‘ling. Isitish uskunasini (spirtli sham, gorelka) faqat gugurt yordamida yoqing.
Probirkadagi namunani isitish yoki ingibirlash uchun olingan moddalar probirka umumiy hajmini 1\3 qismini tashkil qilishi lozim. Isitish davomida probirkani o‘zingizga va atrofdagilarga to‘g‘irlamagan holda ishlang. Isitish davomida olov probirkani faqatgina bir joyiga ta`sir etmasin. Probirkani olovda aylantirib turing. Aks holda probirka yorilib ketishi mumkin.
Suv hammomi bilan ishlashda maxsus kamerali shkafdan foydalaning. Suv hammomi uchun maxsus termostabil kolba va probirkalardan foydalanish zarur.
Noto‘g‘ri ishlash natijasida tana kuysa, uni kaliyli margantsovka eritmasi bilan ishlov bering.
Laboratoriyada ishlab bo‘lgandan so‘ng, ishlatilgan idishlarni tozalang, reaktivlarni joy-joyiga qo‘ying, barcha elektr bilan ishlovchi laboratoriya uskunalarini, gaz va suvni o‘chiring.


2-laboratoriya ishi.
Tuz, kislota ishqorlar bilan ishlash tartibi va fizologik eritmalarni tayorlash


Mineral (xlorid, nitrat, sulfat, ftorid) kislotalar, shuningdek, kuchli organik kislotalar (poli- va monogaloid kar-bon kislotalar) teriga va shiliq pardalarga tegsa kimyoviy kuydiradi. Agar ko’zga kislota sachrasa ko’z qorachig’i zararlanib, kishi ko’r bo’lishi mumkin. Uyuvchi ishqorlar va ularning eritmasi, shuningdek, metall alkogolyatlari ham teri va shiliq pardaga tegsa kimyoviy kuydiradi. Ko’zga ishqor sachrasa kishi ko’r bo’ladi. Shuning uchun kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalarini esda saqlash kerak.
Ishqor va kislotalar bilan qilinadigan hamma ishlar himoya ko’zoynagi taqib bajariladi.
Kislota va ishqorlarni katta idishlardan kichik idishlarga sifon yoki voronka orqali quyishda rezina qo’lqop, fartuk va himoya ko’zoynagidan foydalanish kerak.
Qislota va ishqorlarni og’iz bilan pipetka yoki sifon orqali so’rib olish man etiladi.
Sulfat kislotani faqat issiqqa chidamli idishlarda suyultirish mumkin, chunki bunda ko’p issiqlik ajralib chiqadi. Bunda kislota suvga quyiladi, lekin aksincha emas. Bu ishni bajarishda himoya ko’zoynagi taqib, olish kerak.
Ishqorlarni eritishda ham ko’zoynak taqish kerak. Bunda ishqorning kichikroq bo’laklari asta-sekin suvga solib eritiladi.
Ishqor bo’lakchalarini faqat qisqich bilan olish mumkin.
Vakuum-eksikatorlarda suvni tortib oluvchi modda sifatida sulfat kislota ishlatish mumkin emas, chunki eksikator yorilib ketsa, kislota sachrab kuydiradi.
Ftorid kislota bilan ishlashda nihoyatda ehtiyot bo’lish kerak. Rezina qo’lqop, himoya ko’zoynagi yoki maska kiyish va ishni mo’rili shkafda bajarish lozim. Juda xavfli va zaharli moddalar bilan ishlash qoidalari Juda xavfli moddalar (natriy va kaliy metallari, porltlovchi moddalar, portlovchi aralashmalar) bilan olib boriladigan hamma ishlarda, past bosim ostida va yuqori bosim ostida ishlashda, albatta, himoya ko’zoynagi taqish yoki maska kiyish kerak. Ish tugagandan keyingina ularni echish lozim.


Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling