Baliqchi tumani XTMFMT va TE bo’limi 41-umumta’lim maktabida “Virusli gepatit” ni oldini olish bo’yicha o’tkazilgan davra
suhbati bayonnomasi.
Virus gepatiti
Virusli gepatit o’tkir,og’ir,yukumli kasallik bo’lib,o’zining asoratlari bilan haflidir.
Gepatit bilan bolalar kattalarga nisbatan ko’proq og’riydilar.
Yukumli banbai kasal odam yoki virus tashuvchilar hisoblanadi. Kasallik chaqiruvchi virus organizmga og’iz orqali kiradi va bemor organizmidan uning chiqindilari bilan ajraladi.
Tashqi muhitga viruslar bemorlarning siydik va najasi orqali tushadi.
Kasallikning tarqalishiga pashshalar katta ro’l o’ynaydilar.Gepatit kasali asta rivojlanib uning dastlabki belgilari:umumiy holsizlik, darmonsizlik,bosh va o’ng qovurg’a ostida og’riq bo’ladi, ishtaha yo’qaladi, keyinroq ko’z oqida, terida sariqlik paydo bo’ladi, asta sekin siydikning rangi o’zgaradi.
Kasallikning birinchi belgilari paydo bo’lgan zahoti vrachga murojat qilish va faqat shifoxonada davolanishi kerak
-Kasallikdan saqlanish uchun quyidagi shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish lozim:
-Ovqatlanishdan oldin va hojatga borgandan so’ng qo’lni albatta sovunlab yuvish zarur;
-Ariq va hovuz suvlarini qaynatib ichish kerak:
-Meva va sabzavotlarni istemol qilishdan oldin oqib turgan vodoprovod suvida tozalash u bo’lmagan joyda qaynatilgan suvda yahshilab yuvish kerak:
- Pashshalarga qarshi kurashish va ularni qirish kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: |