Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiologiyasi.
NAZORAT SAVOLLARI
? 143 XIV BOB. BALIQLARDA UCHRAYDIGAN KASALLIKLAR 14.1. Baliqlarning infeksion kasalliklari Virusli gemorragik septitsemiya kasalligi (yirik baliqlarda). Bu kontagioz yuqumli kasallik bo‘lib, kasallik terining qorayishi, qorin bo‘shlig‘ining shishishi, suzgich apparatining izdan chiqishi, nerv sistemasi faoliyatining buzilishi, jabrada qon quyilishlar hamda ko‘zning biriktiruvchi to‘qimasida, skelet mushaklarida, perivisseral yog‘ to‘qimasi va suzgich pufagida qon quyilishi bilan xarakterlanadi. Ayrim organlarning hamda butun organizmning funksiyalari butunlay izdan chiqadi. Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi — bu RNK virusli qo‘zg‘atuvchilar. Yensen (1965-yilda) birinchi bo‘lib ushbu vi- rusni ajratib olgan, uni sun’iy kultura to‘qimasida (oziqaviy muhitda) o‘stirishga erishgan va ushbu virusni Daniyaning Egtved shahri sharafiga Egtved virusi deb nomlagan. Ushbu shahar yaqinida gulmohi turidagi baliqlarni o‘stiruvchi ferma mavjud bo‘lib, bu ferma virusli gemorragik septitsemiya kasalligi uchun nosog‘lom hisoblangan. Virusli gemorragik septitsemiya virusi barmoqsimon, uzunligi 180—240 millimikron, eni esa 60—75 nm. Uning apikal qismi yumaloq, distal qismi esa yassi bo‘lib, dumsimon o‘simta bilan qurollangan. Virusning ichida o‘zagi (yadrosi) bo‘lib, kattaligi 2 nm, juda murakkab tuzilishga ega bo‘lgan qovurg‘asimon qobiq (parda) bilan o‘ralgan va usti- dan silliq parda bilan qoplangan. Virus hazmlanuvchi to‘qima kulturasida yaxshi o‘sadi (RTQ-2), qaysikim gulmohi turidagi baliqlarning tuxumdonidagi fibroblastlardan olingan virus efirda, 144 xloroformda, glitserinda hamda pH 3,5 gacha bo‘lganida ancha sezuvchan. Virus 44 °C da butunlay inaktivlanadi, 15 daqiqa davomida 30 °C da o‘zining patogenlik xususiyatini 50 % ga yo‘qotadi. 50 % li glitserinda, agarda harorat 14 °C bo‘lganida virus o‘zining infeksion xususiyatini qariyb 6 kundan so‘ng yo‘qotadi. Virus 14 °C dagi distillangan suvda bir sutka ichida saqlansa, o‘zining faolligini 50% ga, suv havzalarida saqlansa, qariyb 90% ga yo‘qotadi. Virusga ultrabinafsha nurlari 10 daqiqa davomida o‘ldiruvchi ta’sir qiladi. Dezinfeksiyalovchi moddalar- dan 2% li natriy ishqori va 3% li formalin virusni 5—10 daqiqa davomida o‘ldiradi. Aktiv xlor ixtiopatologiyada keng qo‘llaniladi, konsentratsiyasiga qarab virusni 2—20 daqiqa ichida o‘ldirish qo- biliyatiga ega. Gulmohi baliqlarning o‘ligida, agarda ular VGS oqibatida o‘lgan va agarda jasad muzda saqlanayotgan bo‘lsa, virus o‘zi- ning hayotchanligini 24 soat davomida saqlay oladi, —20 °C va undan pastki haroratda virus o‘zining infeksion qobiliyatini 2 yil ichida saqlab qoladi, biroq bunda titri 2 marotaba pasayadi. VGS virusining bir qancha tiplari aniqlangan. Masalan, H (jigar), R (buyrak), V (visseral) va P (umumiy ta’sirlovchi) hamda N (neyrotrop). Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling