Baliqlar sinfini o'rganishning zamonaviy usullari reja: Baliqlar ekologiyasi
Download 95 Kb.
|
BALIQLAR SINFINI O\'RGANISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Tayansh iboralar: suvning sho’rligi, temperaturasi, muz qoplami, kislorod, ekologik guruhlari, oziqlanishi, ko`payishi, migrasiyasi, faol passiv gorizontal, vertikal, qishlash, oziqlanishi va nerest migrasiyalari.
Baliqlarning axamiyati, ovlanadigan baliqlar, MDXda baliq ovlanadigan rayonlar, baliqlarni sun’iy urchitish, iqlimlashtirish. Baliqlar barchai tuban xordalilar singari butun umri suvda o`tadigan hayvonlardir. Baliq suvdan chiqarib olinsa, u ojizlanib, tezda xalok bo`ladi. Demak, suv baliqlar yashaydigan yagona muxit xisoblanadi va uning o`ziga xos bir qancha xossalari bor. Avvalo suv atmosfera xavosini erita oladi. Shu sababli baliqlar erigan kislorod bilan nafas oladi. Suv kuchli erituvchidir, shu sababli suvdagi moddalar suv organizmlarining (baliqlarning) iste’moli uchun yaroqli xolga keladi. Suvda bug’ xosil qiladigan yashirin issiqlik bo`ladi, shu sababli suv bug’langanida uning ustki qatlami tez soviydi pastga tusha boshlaydi. Bu esa suvning aylanib yurishiga sabab bo`ladi. Suvning issiqlik sig’imi yuqori bo`lganidan, uning temperaturasi sutka va yil fasllariga qarab atmosfera temperaturasiga nisbatan kam o`zgaradi. Suv muzlaganda uning ustki qavati muzlaydi. Muz qatlami pastki qatlamlaridan issiqlik ajralishini tutib turadi va suvning tubigacha muzlashga yo’l qo’ymaydi. Nixoyat, suvning solishtirma og’irligi baliqlarning solishtirma og’irligiga yaqin. Shunga ko’ra ko`pchilik baliqlar butun umrini suv bag’rida o`tkazadi va substratga muxtoj emas. Suvda yashaydigan baliqlarning xayotida suvning temperaturasi, suvdagi kislorod va tuzlar katta axamiyatga ega. Suv muxitida yashash sharoitlarining har xil bo’lishiga qaramasdan baliqlarni uchta ekologik gruppalarga bo’lish mumkin, pelagik, abissal va litoral. 1. Pedagogik baliqlar suvning bag’rida yashaydi. Bu baliqlarning ba’zilari suvda osilgan mayda hayvon va o’simliklar, boshqalari baliqlar, suvga tushgan xasharotlar bilan ovqatlanadi. Bu zonada yashovshi baliqlarning ustki tomoni odatda qoramtir rangda bo`ladi, pastki tomoni yorug’, kumushsimon rangda bo`ladi. Pelagik baliqlar gavdasi uzunchok duksimon bo`lib, juda yaxshi suzadi. Ko`pchilik akulalar, losos, seldlar, treskalar shu zonada yashaydi. 2. Litoral baliqlar asosan suv qirg’oqlarida va tubi bilan bog’langan. Bu baliqlar unchalik tez xarakat qilmaydi. Bu gruppaga skatlar, kambalalar ikki xil nafas oluvchi baliqlar, buka baliqlar va boshqalar kiradi. 3.Abisal baliqlar suv tubida katta chuqurlikda yashaydi. Katta chuqurliklarning asosiy xossalari bosimning g’oyat zo’r bo’lishi, yorug’likning mutlako yo`qligi, suvning oqmasligi, temperaturaning bir xil past bo’lishi xisoblanadi. Bu aytilganlardan tashqari baliqlar suvdagi tuzlarga bo`lgan munosabatiga qarab uchta gruppaga bo`linadi: 1) butun umrni sho’r suvlarda o`tkazuvchi dengiz baliqlari; 2) butun umri daryo, ko’l va xovuzlarda o`tadigan chuchuk suv baliqlari ; o`tkinchi baliqlar, ya’ni bu baliqlar dengizda yashasa ko`payish uchun daryolarga chiqadi yoki daryolarda yashasa ko`payish uchun dengizlarga chiqadi. Ekologik gruppalari va sistematik xolatidan qat’iy nazar baliqlarning xayoti bir-biri bilan almashinib turadigan biologik sharoitning yil fasllariga qarab o`zgarib turishiga bog’lik. Biologik yoki xayot sikli semirish, qishlash va ko`payish davrlariga bo`linadi. Ko`pchilik baliqlarning yillik xayot siklining eng asosiysi bo`lib migrasiya- yashash joylaridan ko’chishi xisoblanadi. Migrasiya passiv va aktiv bo`ladi. Passiv migrasiyada baliqlar suvning oqimidan foydalanadi. Bu usul bilan kam xarakatshan pelagik baliqlar, ko`pchilik baliqlarning lichinkalari migrasiya qiladi. Aktiv migrasiyada baliqlar tanlab olgan yo’nalishiga qarab xarakat qiladi, ba’zan kuchli oqim va xatto sharsharalarga qarshi yuradi. Aktiv migrasiya urchish, ovqatlanish va qishlash migrasiyalariga bo`linadi. Urchish yoki nerest migrasiyasi, ayniqsa o`tkinchi baliqlarda xilma- xil va murakkab bo`ladi. Urchish migrasiyasi dengiz (sho’r suvdan) daryoga (chuchuk suvga) kirishi yoki anadrom migrasiyasiga va aksincha daryodan dengizga kirish –katadrom migrasiyalariga bo`linadi. Ko`pchilik dengiz baliqlari ochiq dengizdan ikra tashlash uchun qirg’oqlardan ochiq dengizdan ikra tashlash uchun qirg’oqlardan ochiq dengizga qarab migrasiya qiladi. Ovqatlanish migrasiyasiga misol qilib treskani olamiz. Treska ikra tashlab bo`lgandan keyin ozib qoladi va Norvegiyaning G’arbiy qirg’oqlaridan Murman qirg’oqlari bo`ylab sharqqa tomon xarakat qiladi, so`ngra yana urchish joyiga qaytadi. Qishlash migrasiyasiga misol qilib ko`pgina baliqlarning Volga, Ural, Kura va boshqa katta daryolar deltasiga kirishini ko’rsatish mumkin, kech kuzda o’sha yerlarda suv tagidan chuqur joylarga nixoyatda ko`p tuplanadi va shu yerda qishni o`tkazadi. Oziqlanish xarakteri xilma-xil bo`lib, baliqlar deyarli hamma tirik mavjudodlar bilan ovqatlanadi. Baliqlarning ovqati suv xavzasining sharoiti, yil fasllari va baliqning yoshiga qarab ancha o`zgarib turadi. O’simliklar bilan ovqatlanishga moslashgan baliqlarga xumbosh baliqlar, oq amur, qizilqanot, qora baliqlar (marinka) va xramulolar kiradi, shurtan baliqlar, laqqa baliqlar, okunlar yirtkich bo`lib, boshqa baliqlar va umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Baliqlarning ovqat tutishi ham turlicha. Ba’zi baliqlar uljasini pistirmada yashinib, poylab ushlasa, boshqalari o’ljasini orqаsidan quvadi, yana birlari o’ljasini suv tagidan topadi, ba’zilari esa suv yo`ziga tushgan xashorotlarni ushlaydi. Baliqlar yilning issiq davrlarida qish fasliga nisbatan intensiv ravishda oziqlanadi. Bizning mamlakatimizda yashaydigan ko`pchilik baliqlar qish faslida umuman ovqatlanmaydi va karaxt xolga o`tadi. Ko`payishi. Suyakli baliqlarning deyarli hammasi ayrim jinsli va urug’lanishi tashqi bo`ladi. Baliqlar boshqa Umurtqali hayvonlarga nisbatan nixoyatda serpusht bo`ladi. Ko`pchilik baliqlar yuz minglab, oy baliq 30 mln. ikra qo’yadi. Bu ikralar yumshoq bo`lib, yaxshi ximoya qilinmagan va ko`pchiligi xalok bo`lib ketadi. Urug’langan tuxumning voyaga yetgan baliqqa aylanishi nixoyat past bo`lib, sevryuga balig’ida 0,13-0,58% ni tashkil qiladi. Baliqlar boshqa ko`pgina Umurtqalilardan aniq ko`payish mavsumiga ega emasligi bilan farq qiladi. Baliqlar nerest vaqtiga qarab uch gruppaga osetrlar, bo`linadi. 1. Baxor va erta yozda ko`payuvchi baliqlar. Bu gruppaga osetrlar, zog’ora baliqlar, laqqa baliqlar, seldlar, shurtan baliqlar, ola-bula baliqlar kiradi. 2. Kuzda va qishda ko`payuvchi baliqlarga losos, gulmoy (forel), treska va boshqalar kiradi. 3.Tropik dengizlarda yashovshi baliqlar yil davomida ko`payadi. Ba’zi baliqlarda nasl uchun kayg’urish xodisasi xosil bo`ladi, natijada, ular juda kam ikra qo’yadi. Masalan, tikan baliqlarning erkagi suv tagida yerdan chuqurcha qaziydi va shar shaklida uya quradi. Urgochisi 20-100 ikra qo’yadi. Lekin erkagi 10-15 kun uyani qo’riqlaydi. Dengiz toychasi va igna baliqlar erkagining qorinli tomonida teri burmasida bo`ladi. Shu burmada urug’langan ikralarni olib yuradi. Amerika laqqa balig’i 50-100 ikralarini og’ziga solib yuradi. Ba’zi baliqlarda esa tirik tug’ish prosessi kuzatiladi. Hozirgi vaqtda inson baliqlardan 40% gacha hayvon oqsilini olmoqda. Ular asosan qimmatbaho ozuqa maxsuloti uchun ovlanadi. Baliqlardan oziq- ovqat maxsulotlaridan tashqari vitaminlar, baliq yog’i va boshqa maxsulotlari olinadi. Ovlanadigan baliqlarning 90% ga yaqini dengiz va okeanlardan tutiladi. Tinch okeanidan 40% Atlantik okeanidan 40% Atlantik okeanidan 45% Xind okeanidan 10% ga yaqin va Shimoliy Muz okeanidan 5% baliq tutiladi. Rossiya baliqchilik sanoati yuqori taraqqiy etgan mamlakat xisoblanadi. Bizning suv xavzalarimizda 1000 tur baliq yashasa, shundan 150 turi ovlanadi. Bizda eng muxim ovlanadigan baliqlar – seldlar, zog’ora baliqlar, treskalar, lososlar, osetrlar, sudak va xamsadir. Hozirgi vaqtda Rossiyada aktiv ov, ya’ni yil bo’yi tutish keng rivojlangan. Buning natijasida baliqchilik korxonalarida baliq uzluksiz kelib turadi. Ovlanadigan baliqlarni tabiiy sharoitda saqlash va ularning sonini ko`paytirish uchun davlatimiz bir qancha choralarni quradi: 1.Baliqlarning ko`payishi joylarini ximoya qilish. 2.Suv xavzalarida ortiqcha loy va suv o’simliklaridan tozalab turish. 3.Daryo, ko’l va xovo`zlarni sanoat korxonalaridan chiqqan zaxarli oqava suvlaridan, neft uyilishidan qo’riqlash. 4.Qimmatbaxo baliqlarni iqlimlashtirish. Oxirgi yillarda O`zbekistonning suv xavzalarida Amur daryosidan Amur xumboshi, oq amur baliqlari iqlimlashtirildi. Hozirgi vaqtda O`zbekistonda bir qancha baliqchilik xo’jaliklarida zog’ora baliq, laqqa baliq (marinka), xramula, oqqayroq (jerex), qizil ko`z (plotva), ilonbosh, olabug’a, sla (sudak), shurtan baliq va boshqalar ovlanadi. RNK ketma-ketliginukleotidlar ketma-ketligining eng qadimgi shakllaridan biri edi. RNK ketma-ketligining asosiy belgisi 1972 va 1976yillarda Gentuniversitetida(Gent,Belgiya)Valter Fiersva uning hamkasblari tomonidan aniqlangan va nashr etilganBakteriofag MS2ning birinchi toʻliq genining ketmaketligi va toʻliqgenomidir. An'anaviy RNK sekvensiyasi usullari ketma-ket bo'lishi kerak bo'lgancDNKmolekulasini yaratishni talab qiladi . Download 95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling