Baliqlar sinfini o'rganishning zamonaviy usullari reja: Baliqlar ekologiyasi


Download 95 Kb.
bet1/6
Sana22.06.2023
Hajmi95 Kb.
#1647419
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BALIQLAR SINFINI O\'RGANISHNING ZAMONAVIY USULLARI


BALIQLAR SINFINI O'RGANISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Reja:

  1. Baliqlar ekologiyasi.

  2. Baliqlar migrastiyasi.

  3. Baliqlar ko’payishi.

  4. Baliqlarni iqtisodiy ahamiyati.



1. BALIQLAR EKOLOGIYASI
Baliqlar barcha tuban xordalilar singari nuqul suvda yashaydigan jonivorlardir, ularning embrion hayoti bo’lsin, butun umri suvda o’tadi.
Suvning o’ziga xos bir qancha xossalari borki, ular o’sha suvda yashaydigan organizmlar uchun katta ahamiyatga ega. Bular qo’yidagilar:

  1. Suv temperaturasi.

  2. Suvdagi kislorod miqdori.

  3. Suvdagi tuzlar miqdori.

Baliqlarning asosiy ekologiya gruppalari.
Baliqlarning o’zlari yashaydigan muxitga nisbatan 2 ta munosabatini ular ekologik klassifikastiyasiga negiz qilib olish mumkin:

  1. Suvdagi tuzlarga munosabati

  2. Suv havzalaridagi yashash joylariga munosabati

Birinchi holda baliqlar tubandagi asosiy guruhga bo’linadi:

  1. Dengiz baliqlari - Umr bo’yi sho’r suvda yashaydi, chuchuk suvga ko’chirilsa o’lib qoladi. Vakillari: treska, kilka, sardinka va boshqalar.

  2. O’tkinchi baliqlar - Hayotining ko’p qismini o’tkazadi, bu erda oziqlanadi, lekin o’rchish uchun chuchuk suvga o’tadi (chunki sho’r suvda ikrasi ivib qoladi) bunga seldsimonlar, losossimonlar, osyotrsimonlar kiradi.

  3. Chala o’tkinchi baliqlar - dengizning daryo mansablarida tutash joylarida yashaydi, lekin qishlash va o’rchish uchun daryo etagiga o’tadi. Bularga leshch, laqqa, sazan, sudak va boshqalar kiradi.

  4. Chuchuk suv baliqlari - umrbod chuchuk suvlarda yashaydi, hatto bir oz sho’rlangan suvda ham halok bo’ladi. Vakillari: nalm, marinka va boshqalar.

Baliqlar suv havzalaridagi yashash o’rinlariga qarab qo’yidagi gruppalarga bo’linadi.
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling