Baliqlarning ichki tuzilishi Reja: Ovqat hazm qilish sistemasi 2


Download 345.69 Kb.
bet1/4
Sana10.02.2023
Hajmi345.69 Kb.
#1187798
  1   2   3   4
Bog'liq
Baliqlarning ichki tuzilishi


Baliqlarning ichki tuzilishi
Reja:
1. Ovqat hazm qilish sistemasi
2. Nerv sistemasi
3. Bosh miya nervlari

Zog’ora baliqning og’iz bo’shlig’idan keyin barcha baliqlardagidek halqum boshlanadi. Og’iz va halqum bo’shliqlari orasida aniq chegara yo’q. Boshqa baliqlarga o’xshash zog’ora baliqda ham haqiqiy til yo’q. Til singari uchi og’iz bo’shlig’iga chiqib turadigan til osti yoyining kopulasi faqat shilimshiq parda bilan qoplangan bo’lib, u mustaqil bo’lmagani tufayli harakat qila olmaydi. Nag tomonida beshtadan jabra yorig’i bo’lgan halqum qisqa qizilo’ngachga, qizilo’ngach esa oshqozonga ochiladi. Oshqozondan kam diffyerensiallashgan haqiqiy ichak boshlanadi, bu ichakning oldingi bo’limini o’n ikki barmoqli ichak, so’ngra ingichka ichak va anal teshigi bilan tugaydigan to’g’ri ichak tashkil etadi (ba’zi baliqlar oshqozonining atrofida har xil sondagi ko’r pilorik o’simtalar bor, zog’ora baliqda bo’lmaydi). Jigari yurakning orqasi, oshqozonning ostida va yon tomonlarida joylashgan bo’lib, uning pallalari orasida o’t suyuqligi bilan to’la o’t pufagi bo’ladi. O’t pufagidan o’n ikki barmoqli ichakka ochiladigan o’t yo’li chiqadi. Oshqozon osti bezi ichak tutqichi bo’ylab tarqalgan. Ichak bog’ichiga esa uzunchoq to’q qizil rangli taloq o’rnashgan. Tana bo’shlig’ining yuqori qismida, ya’ni ichakning ustida gidrostatik organ suzgich pufak joylashgan.


Yaqinda tutilgan tirik baliqni yoki fiksirlangan baliqning qornini tepaga qilgan holda chap qo’lga olib, qaychi bilan qorin devorini anal teshigiga yaqin joydan dastlab ko’ndalangiga kichik kesik hosil qiling.
Qaychining o’tmas uchini kesilgan teshikka kirgizib, qorin tomonining o’rtasidan og’izgacha kesing.
Anal teshigi oldidagi kesikdan yuqoriga tomon to umurtqa pog’onasigacha ko’ndalangiga kesing. Kesikdan hosil bo’lgan tana ko’tarib, umurtqa pog’onasi bo’ylab bosh tomonga qarab kesikni jabra qopqog’igacha davom ettiring va hosil bo’lgan parchani tanadan ajratib oling.
Baliqning jabra qopqoqlaridan birini kesib olib, uning suyaklari hamda terisining tuzilishini o’rganing. Qopqoq ostidagi jabralardan birini kesib olib, suvda yaxshilab yuving va Petri shisha idishidagi suvga soling. Idish ostiga oq qog’oz qo’yib, jabra ravoqlari tuzilishini o’rganing. Baliqning og’ziga cho’p tiqib, cho’pni jabra yoriqlaridan chiqishiga ishonch hosil qiling.


Zog’ora baliq ichki organlarining umumiy joylashish sxemasi:
l-venoz qo’ltig’i, 2-yurak bo’lmasi, 3-yurak qorinchasi, 4-qorin aortasi, 5-aorta so’g’oni, 6-olib keluvchi jabra arteriyalari, 7-kyuvyerov quyilishi, 8-jabra, 9-oshqo-zon, 10-o’n ikki bannoqli ichak, 11-ingichka ichak, 12-to’g’ri ichak, 13-anal teshi-gi, 14-jigar, 15-o’t pufagi, 16-o’t yo’li, 17-oshqozon osti bezi, 18-taloq, 19-suzgich pufagi, 20-buyrak, 21-siydik yo’li, 22-siydik-tanosil o’sig’i, 23-jinsiy bez, 24-jinsiy teshik.
Ostiga mum solingan idishga yorilgan baliqni solib, labi va dumidan nina bilan sanchib baliqni idish tubiga yopishtiring. So’ngra idishga yorilgan baliqni ko’madigan miqdorda suv quying (ichki organlar suv yuzasiga qalqib chiqib, ularni ko’zdan kechirishni osonlashtiradi). Yorilgan baliq yuragini ajratib olib, Petri shisha idishdagi suvga solib ko’rib chiqing. Yurakning och qizg’ish qorinchasi va to’q qizg’ish yurak old bo’lmachasini toping. Barmog’ingizni tekkizib, yurak qorinchasi devorining yurak old bo’lmachasi devoriga nisbatan zichroq va qalinroq ekanligiga ishonch hosil qiling.
Ichi yorilgan baliqning ovqat hazm qilish sistemasini o’rganish uchun uni og’iz bo’shlig’i, halqumi, qizilo’ngachi, oshqozon va ichak bo’limlari, jigari, o’t pufagi va oshqozon osti bezlarini topib, sinchiklab ko’rib chiqing. Suzgich pufagini chiqarib olib, uning shakli va tuzilishini o’rganing.
Baliqning ichki a’zolarini chiqarib olib, orqa miyasidan chiqadigan nervlami toping. Baliq bosh miyasini ochib ko’rish uchun boshni chap qo’lga olib, bosh suyagining tepasini ensadan ko’zga qarab, to bosh skeleti bo’shlig’i ochilguncha o’tkir skalpel bilan tarashlang. Bosh skeleti bo’shlig’i och kulrang ko’pik (moy tomchilari) bilan to’lgan bo’ladi. Uni pipetkadan suv tomizib yuving. So’ngra pinset bilan ko’z oldidagi va ular o’rtasidagi suyaklarni olib tashlang. Hosil bo’lgan preparatni suvga solib, bosh miyaning ayrim qismlarini ko’rib chiqing. Tayyor preparatdan foydalanib, baliqning bosh miya bo’limlari bilan taqqoslang.

Download 345.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling