Balkalarni mustaxkamligini bosh kuchlanishlar bo'yicha xisoblash reja
Download 25.13 Kb.
|
BALKALARNI MUSTAXKAMLIGINI BOSH KUCHLANISHLAR BO\'YICHA XISOBLASH
BALKALARNI MUSTAXKAMLIGINI BOSH KUCHLANISHLAR BO'YICHA XISOBLASH REJA: Balkalarni mustaxkamligini bosh kuchlanishlar bo'yicha xisoblash Tekis egilish. Normal kuchlanishni hisoblash. Mustahkamlik shartlari. Umumiy tushunchalar. Sof va ko‘ndalang egilish Amaliyotda eng ko‘p uchraydigan deformatsiya turlaridan biri bu egilish deformatsiyasidir. Egilishga ishlaydigan konstruksiyalar bular ko‘priklar, binolarning to‘sinlari, yuk mashinalarining ramalari,kranlar va boshqa qurilamalar. Egilish haqidagi dastlabki hodisalar Galiley tomonidan o‘rganilgan, lekin u jismlarni absolyut qattiq deb qaragan. Robert Gukning qonuni e’lon qilingandan so‘ng, bu masalaning yechimi berildi. Hodisaning zamonaviy ko‘rinishi Lyu-Novie (1785-1836) tomonidan berilgan. Tashqi ta’sirdan brus geometrik o‘qining egri chiziq tarzida o‘tishga egilish hodisasi deyiladi. Bunda brus ko‘ndalang kesim yuzalarida eguvchi moment va kesuvchi kuch ichki kuch faktorlari hosil bo‘ladi. Agar brus ko‘ndalang kesim yuzasida faqat eguvchi moment hosil bo‘lishidan yuzaga keluvchi deformatsiya turiga sof egilish deyiladi sof egilish ko‘ndalang tekis egilish Kesim yuzasida bir vaqtning o‘zida ham eguvchi moment ham ko‘ngdalang kuch hosil bo‘lishidan yuzaga keluvchi deformatsiya turiga esa ko‘ndalang tekis egilish deyiladi. Egilish hodisasini o‘rganish uchun oldi tomoniga to‘r chizilgan kauchuk balka deformatsiyasini ko‘rib o‘taylik. Balka Meg ta’sirida sof egilishda bo‘lsin. C - rasmdan ko‘rinib turibdiki, neytral qatlamdan yuqorida joylashgan tolalar cho‘zilib, pastki tolalar esa siqilmoqda. Neytral qatlamda joylashgan tolalar uzunligi esa o‘zgarmaydi. Demak, egilishga ishlayotgan balkalarda bir paytning o‘zida cho‘zilish va siqilish hodisalari ro‘y beradi. Neytral qatlamning kuch tekisligi bilan kesishishidan hosil bo‘lgan nuqtalarning geometrik orniga neytral o‘q deb ataladi. Odatda: bo‘ladi. Download 25.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling