Balki kompozitoming kayfiyati


Download 75.5 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi75.5 Kb.
#1002535
Bog'liq
Hayitbek mustaqil ish


Musiqa tinglash jarayonida, bolalar turli bastakor va kompozitorlar asarlaridan namunalar tinglaydilar. Shostakovichning ta'biri bilan aytganda: «Musiqani sevish uchun, avvalam bor uni tinglash kerak...» Vatan, do'stlik haqidagi, mehnat va boshqa jismoniy hamda aqliy faoliyatlar mavzusidagi asariami tinglash, bolalarga ijobiy ta'sir qiladi. Bola tingiangan musiqa yoki san'at asari haqida birorta savol bermasa, unda biror hissiyot vujudga kelmasa, shaxsiy hissiyot va munosabat bilan bog'lanmagan xabar tarzidagi aloqagina paydo bo'lsa, demak vazifa bajarihnagan, maqsadga erishilmagan hisoblanadi. V.I.Petrushin ((Musiqiy psixologiya» asarida musiqa"ing psixologik xususiyatlari haqida to'xtalar ekan, musiqa idrokiga ham to'xtalib o'tadi. Uning fikricha, tinglovchi biror bir musiqiy asarni titigla^anda, uning muallifi va kuyning nomini awal eshitgan bo'lsa darhoi aniqlay oladi. Har bir musiqiy asar insonning hayoti davomida orttirgan taassurotlari, kechinmalarini uyg'otadi. Lekin tinglovchi musiqiy asarni tinglaganda, o'zining emas, balki kompozitoming kayfiyati, his-tuyg'ulaiini musiqaning ifoda vositalari orqali anglashi kerak. V.Petrushinning fikriga ko'ra, musiqiy ldrokni shakllantirish bu musiqiy eshitish qobiliyatini shakliarrtirishga bog'liq ekan. Lekin u yana shuni ta'kidlaydiki, kishining tarbiya ko'rgan muhiti, bilimi, yoshi ham uni musiqiy idrokiga sezilarii ta-sir ko'rsatar ekan. Har bir kishining musiqiy didi uning turar joyi, yashash muhiti va uni o'rab turgan ytimoiy muhit bilan chambarchas bog'liq, deb hisobiaydi, V.Petrushin. Olim yana «... musiqiy idrok tafakkuming boshlang'ich bosqichi...» - deydi. Demak, olimning fikrini tahlii qilar ekanmiz, shunday xulosa chiqarishimiz mumkin: 1 • Musiqiy idrok eshitish sezgisi bilan bog' liqdir. 2. Musiqani idrok etganda awal egallangan taassurotlar gavdalanar ekan. 71 70 3, Kishilarning musiqiy didi ular yashayotgan ijtimoiy muhit bilan bevosita bog'liq ekan. 4. Musiqiy idrok taffakur jarayonining ilk bosqichlaridan biridir. N.A.Vetiugina o'zining «Musiqani idrok etish» nazariyasida musiqaning nihoyatda ta ?>rc;,anligi va uni inson ongi orqali idrok etish malakalarini « shakllantirislmkg boshlang'ich bosqichlari haqida bayon etadi. Awalam bor, N.Vetlugina bolalarni musiqiy asarlarni idrok etishi muammosi bilan ko'p shug'uliangan olimadir. U musiqa tinglashning ahamiyati haqida gapirar ekan, ijro etishdan ko'ra musiqa tinglash kishilar ruhiyatiga ko'proq ta'sir qilishiga urg'u beradi. Shuningdek, N.Vetlugina musiqa tinglash jarayonining ham o'z metodikasi bo'lishi haqida gapiradi. Maktabda o'quvchilarga har xil mazmundagi qo'shiqlarni tinglatar ekanmiz, tinglash jarayonini tashkil etish va uni samaraii usullarini ishlab chiqish joizdir. N.Vetluginaning ta'biriga ko'ra, musiqa kishiga har tomonlama ta'sir ko'rsatadi: kuy va uning musiqiy ifodasi kishining hissiyotiga ta'sir qilib, unda har xil hislarni uyg'otadi, turiich?. kayfiyatlarni hosil qiladi. Qo'shiqning matoi, g'oyaviy mazmuni faqat hissiyotga emas, balki tinglovchilarning ongiga ham ta'sir qilib, ularni hayajonlantiradi va fikrlashga majbur etadi. B.V. 'Asafev (1884-1949) musiqa tinglash yoki musiqani idrok etishni ikki xil ma'noda tushuntirgan: 1. Tinglovchi o'z ijrosi bilan uyg'unlashib undan zavqlanib, musiqa tinglash uning kundalik ishiga aylanib qoladi. 2. Tinglovchi o'zini, butun vujudini musiqa ummoniga g'arq etib, qalbi bilan uni his etib haqiqiy musiqa bilimdoni sifatida tinglaydi. Ko'rib turganimizdek, B.V .Asafev musiqa tinglovchilami ham farqlaydi. U musiqani esl bilimdoni boshqacha tinglaydi va shunchaki havaskor boshqacha tinglaydi, deb uqtiradi. Tabiiyki, musiqashunos musiqani idrok etar ekan, u musiqa ijodkori, shakli, xarakteri, janri haqida bemalol fikr bildira oladi. Biroq, havaskor musiqa tinglaganda, faqatgina musiqaning xarakteri, badiiy obrazi haqida qisman tushuncha bera oladi. Asarni bilishning ikkinchi bosqichida bola asar haqidagi o'z fikrini aytishi, uning g'oyaviy-badiiy mazmuniga baho berishi, asarning xarakterli xususiyatlarini tahlii qilishi kerak. Bunda tanqidchilik, san'atshunoslik va hokazolardagi rnuailif va uning asarlari haqida insoniyat to'plagan bilimlar mujassamlashadi. Musiqa tinglash, yakkanavoz va jo'rovozlikni ajrata bilish, sozlar va sozlar tembrini ajrata olish, musiqiy did va idrokni rivojlantirish, o'zbek, qardosh va jahon xalqlari bastakorlari asarlaridan namunalar tinglash kabi musiqiy-nazariy bilimlami o'z ichiga oladi. 72 Ushbu bilimlami o'zlashtirish bolalaming musiqiy-estetik saviyasini oshiradi. Bolaiarning musiqani idrok etish malakalarini shakllantirish, uning tilini tushunish, har bir bolaning o'z sevimli musiqiy asarlar doyrasini paydo qilish, ularda musiqiy asarlaming mualliflariga nisbatan minnatdorlik hissini uyg'otish, milliy va mumtoz musiqaga nisbatan qiziqish uyg'otish muhim vazifalardandir. Maktabgacha ta'lim muassasalarda bolaiarning yoshlariga mos bo'lgan, o'z tuzilishi, mazmuni jihatdan go'zal, yuksak g'oyalarni, o'tmish va kelajakni aks ettiruvchi musiqa yangrashi kerak. Bolalar oilada, radio, televidenie orqali, shuningdek, teatr, konsert va boshqa jamoatchilik joylarida musiqa bilan doimo oshno bo'ladilar, ya'ni bolalaming hafta davomida tinglaydigan musiqa ko'lami haftadagi bir soatlik mashg'ulotdan bir necha bor ko'pdir. Ammo ular tinglaydigan musiqa asarlarining hammasi ham bolalar yoshiga mos emasligi va ular musiqani badiiy-g'oyaviy jihatdan hamma vaqt ham maqsadga muvofiq idrok eta ohnasligini hisobga olishimiz lozim. Shuning uchun ham musiqa mashg'ulotlaridagi musiqa tinglash jarayonlari bolalaming hayotiy musiqiy faoUyatida boshqamvchi va pedagogik maqsadga muvofiq yo'naltiruvchi, badiiy-axloqiy tarbiya beruvchi vosita sifatida muhim rol o'ynaydi. MaTumki, mashg'ulotlar jarayonidagi har bir faoliyat xoh u qo'shiq kuylash bo'lsin, xoh musiqa savodi, xoh musiqa tinglash, bularning barchasi barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan bo'ladi. Musiqa madaniyati darslarining o'ziga xos xususiyatlaridan biri unda musiqa ta'limining ko'pgina faoliyatilari qamrab olinadi. Bu faoliyat turjari ichida xor bo'lib kuylash va musiqiy asar tinglash jarayonida bolalaming musiqiy didini shakllantirish yetakchi o'rinni egallaydi. Shuningdek, mashg'ulotning tarkibiy qismlari - qo'shiq kuylash, musiqa cholg'u asboblarida jo'r bo'lish, musiqa ostida ritmik harakatlar qilish jarayonlarida ham bolalaming musiqiy didlari shakllantirib boriladi. Bolalarda musiqaga havas uyg'otish uchun ularning eshitayotgan musiqa asarlarini sevish katta ahamiyatga egadir. Bu hislat faqat yuksak badiiy-estetik saviyadagi asar vositasida amalga oshiriladi. Inson yaxshi qo'shiqni mahoratli ijrochidan tinglaganda unda musiqiy asarga nisbatan taassurotlar, fikr-muiohazalar uyg'onadi. Tinglovchilarning qo'shiqni qanday idrok etishlari, undan qanchalik ta'sirlanishlari, musiqiy asaming tinglovchilar hissiyotiga va ongiga ta'siri musiqaning qanday yangrashi, sozanda yoki xonandaning asarni qay darajada ijro etishiga bog'liqdir. Lekin buning o'zi musiqa tinglash uchun yetarli emas. 73 Tinglovchilar musiqa ijodkorlari va mualliflari haqida, tinglanyotgan asaming yaratilgan davri, shakli, turi, o'lchovi, ritmi va boshqalar haqida tushunchaga ega bo'lsa, musiqiy asami tinglashda asaming mazmunmohiyatini to'la-to'kis tushunadi, shuningdek, asar unga ijobiy ta'sir qiladi, ichki hissiyot va kechinmalarni hosil qiladi. Bolalarni milliy musiqamizni tinglashga tayyorlash uchun hozirgi kunda maktabgacha ta'lim muassasalarida qanday ishlar olib borilayapdi? Yuqorida aytilgan musiqa tinglash uchun kerak bo'ladigan shartlarni bajarish musiqa rahbari oldiga katta vazifalarni qo'yadi. Musiqa rahbari musiqiy asarni eshittirishdan oldin, bolalar bilan shu mavzuda qisqacha suhbat o'tkazadi va suhbatda asaming mazmuni va xarakteri, asar mualliflari haqida bolalarga so'zlab beradi. E.Gorskayaning fikriga ko'ra, musiqa tinglashdan avval o'tkazilgan siihbat o'quvchilarni psixik jihatdan asarni idrok etishga tayyorlaydi. Asaming janri, yaratilish tarixi, ijodkorlari, asardagi g'oya haqida o'tkazilgan suhbat o'quvchilarni shu asami tinglashga zamin yaratadi. Kuyni tinglash jarayonida uni yaratilgan davr haqida, kompozitoming hayot va ijodi haqida, qo'shiq yoki kuy bilan bog'liq tarixiy voqealar haqida o'tkazilgan suhbat musiqani idrok etishda o'ta muhim jarayon hisoblanadi. E.Gorskaya shu fikrlarni bayon etar ekan, bir qator har xil mavzudagi qo'shiq va kuylarni keltiradi. Shuningdek, u har bir kuy va qo'shiqni ijro etishdan - tinglashga berishdan awal beriladigan kirish suhbatlaridan namunalar keltiradi. O'quvchilarga har bir musiqiy asar zamirida ma'lum voqelik, his-tuyg'u va fikrlar yotishi haqida ulaming hayotiy tajribalariga tayangan holda tushuncha berib borish lozim. Musiqiy tarbiyani amalga oshirishda bolalarni nafaqat musiqiy asami ijro etishga, balki musiqani emotsional va ruhan idrok etishni o'rgatish kerak. Asosan, bolalar musiqani qo'shiq kuylash jarayonida eshitadilar. Qoidaga ko'ra, musiqa rahbari qo'shiq o'tgatishdan avval, bolalarga uni o'zi ijro etib beradi. Bolalaming musiqani eshitish va idrok etishlari uchun bu juda kamlik qiladi. Buning uchun awalo musiqa rahbari bolalarni o'zlari kuylaydigan qo'shiqlaridan murakkabroq kuy va qo'shiqlarni tinglashga o'rgatishi kerak. Shuning uchun ham musiqa rahbarining o'zi yuqori darajada musiqani ijro eta olishi va qo'shiq kuylay olishi talab etiladi. Afsuski, hozirgi paytda hamma musiqa rahbarilari ham bunday imkoniyatga ega emaslar. Lekin metodik jihatdan mahoratli musiqa rahbari turli texnik vositalar, audio tasmalar, musiqiy markazlar va kompyuterlardan foydalangan holda bolalarni yuqori emotsional holatda musiqa eshitishlarini tashkil eta oladi, ya'ni zamonaviy musiqa madaniyati musiqa rahbari barcha imkoniyatlardan foydalangan holda bolalaming musiqani asl mohiyatini tushunishlari, uni 74 ma'nosini anglashlari uchun mavjud bo'lgan texnik va ko'rgazmali qurollardan samarali foydalana olishi lozim. Lekin shuni inobatga olish kerakki, magnitofon yordamida eshitilgan asarga nisbatan musiqa rahbarining o'zi ijro etgan musiqiy asar bolalarda ko'proq taassurot qoldirar ekan. Agar musiqa rahbari musiqiy asami avval o'zi ijro etib, so'ngra magnitofonda qo'yib bersa natija yanada yuqori darajada bo'ladi. Boshlang'ich sinflarda musiqa tinglash bo'yicha qo'yiladigan asosiy vazifalar ikkita asosiy yo'nalishni o'z ichiga oladi: 1. Har xil mazmundagi va har xil mualliflar asarlari bilan tanishish, musiqiy zahira to'plash. Musiqiy termin va tushunchalarni o'zlashtirish, asosiy musiqaning ifodalovchi vositalari haqida, musiqiy asar elementlari haqida boshlang'ich tushunchalarni egallash. Musiqa ta'lim tizimidagi darslarni metodik jihatdan to'g'ri tashkil etishda mashg'ulotlarda tinglanadigan asar musiqiy tuzilishi, badiiy-g'oyaviy mazmun jihatidan chorak mavzusidan kelib chi?ishi lozim. Musiqa tinglash jarayonini quyidagi bosqichlarga bo'lish mumkin: 1. Tinglanadigan asar haqida musiqa rahbarining kirish so'zi (bunda, musiqa rahbari bolalarga musiqiy asar mualliflari haqida, asaming yaratilish tarixi haqida so'zlab beradi). 2. Musiqa rahbari yoki magnitofon ijrosida asami tinglash. 3. Tinglangan asami suhbat-bahs yo'li bilan musiqiy va badiiy-g'oyaviy jihatdan oddiy tahlil qilish. 4. Musiqiy asami bir butunligicha qaytadan tinglash hamda asar haqida bolalaming umumiy taassurotlari yuzasidan yakuniy xulosa chiqarish. Yuqorida keltirilgan bosqichlarga amal qilgan holda, mavzu jihatidan bolalar hayotiga oid bo'lgan, turli xarakterdagi musiqa asarlarini tinglab va bu asarlarni yaratgan kompozitorlaming hayoti va ijodi to'g'risida qisqacha ma'lumotga ega bo'lsalar - ko'zlangan maqsadga ehrishgan bo'lamiz. Shu tariqa bolalar mashg'uiotlaming musiqa tinglash qismida quyidagi ko'nikma va malakalarga ega bo' ladilar: -musiqiy asami diqqat bilan jimlikni saqlagan holda tinglash. -musiqiy asami tinglaganda asar mazmuni va xarakterini anglash; -musiqaning ifoda vositalari, janrlar (qo'shiq, raqs, marsh), tembrlar haqida oddiy tushunchaga ega bo'lish; -erkaklar, ayollar, bolalar va aralash xor ovozlari, yakkanavozlarni eshita olish hamda bir-biridan farqlay olish; -milliy cholg'u cholg'ularini, orkestr turlarini, musiqa janrlarini birbiridan farqlash va hokazo. 75 Tajribalar shuni ko'rsatadiki, bolalar o'z tinglagan asarlari haqidagi taassurotlarini rasm chizish orqali aks etishlari yaxshi natijalar beradi. Musiqa rahbari bolaiarning tasviriy faoliyati natijalariga asoslanib ularning fikrlashi, idrok etishi, tafakkuri, ongi say darajada shakllanganligini baholash imkoniyatiga ega bo'ladi. Musiqa tinglashning yana bir muhim shartlaridan biri, musiqiy asarni tinglash jarayonida guruhda tinchlik bo'lmog'i lozim. Musiqani diqqat bilan, jimlik sharoitida tinglashga o'rganish yoshlikdan boshlanadi va bola ulg'aygandan so'ng yuksak madaniyatli shaxs bo'lib yetishadi. Har qanday sohada ko'nikma va malakalarni oshirish uchun takrorlash o'ta muhim shart hisoblanadi. Musiqa tinglashda ham eshitilgan musiqiy asarni qayta-qayta tinglab turish, ushbu asarni yaxshiroq tushunish va o'zlashtirishga imkon yaratadi. Eng asosiy talablardan biri shundaki, bola tinglangan asar haqida o'z taassurotlarini aytib bera olishi kerak. Har bir bolaning o'z fikr-mulohazalarini bayon qilishi eshitilgan asar haqidagi taassurotiar ko'lamini kengaytiradi. Masalan, musiqa tinglashda - «Bu qo'shiqni bilasizmi? Birinchi marta qaerda eshitgansiz? Qo'shiq sizga yoqdimi? Qo'shiqning ma'nosini tushuntirib bera olasizmi?» - kabi savollar orqali bolalarni yanada diqqat bilan tinglashga, ularni o'zlari e'tibor bermagan ayrim jihatlarni idrok etish va anglashga, mustaqil fikr yuritishga odatlantirib boradi. Musiqa madaniyati mashg'ulotlarlarida musiqa tinglashni ahamiyatini baholash murakkabdir. Bolalarga musiqa tinglash madaniyatini o'rgatish, ulami dunyo musiqa san'ati durdonalari bilan tanishtirish, musiqaning o'ta bey ifoda vositalarini o'rgatish, yuqori badhy saviyadagi musiqa san'ati asarlariga nisbatan muhabbat uyg'otishda musiqa tinglash jarayonining o'rni juda katta. Musiqiy ta'lim tizimida, xususan, musiqa tinglash ta'lim mazmunining asosini tashkil qiladi. Bolalar asar tinglash jarayonida yakkanavoz va jo'rnavoziikni ajrata bilishlari, ansambl va-orkestr ijrosini farqlay bilishlari, sozlar va cholg'ular tembrini ajrata olishlari, o'zbek, qardosh va jahon xalqlari bastakorlari asarlaridan namunalar tinglay olishni o'rganishlari zarur. Musiqa tinglash mashg'ulotlarda barcha faoliyat turlarini bajarish jarayonida amalga oshadi. Demak, musiqa tinglash orqali bolalarda musiqani, uning obrazlari vositasida hayotni, borliqni estetik idrok etish, anglash va bilish qobiliyati rivojlanib boradi. Yuqorida sanab o'tilgan shartlar bajarilsa, bolalarni musiqiy asarlami badiiy-g'oyaviy jihatdan mantiqan to'g'ri idrok etishga, musiqiy did va tafakkuri arini rivojlantirishga, musiqiy asarni qadrlashga, uni to'g'ri baholashga qulay sharoit yaratiladi.
Musiqa mashg‘ulotlarida qo‘shiq kuylash bolalarga ijobiy ta’sir yetibgina qolmay, ularning musiqiy didi va musiqiy dunyoqarashi shakllanishiga ham samarali ta’sir qiladi. Shu bois maqbul mazmun va metodikada berilgan musiqiy bilimlar majmuasi bolalarda musiqaga barqaror qiziqishni tarbiyalaydi, muhimi ular yaxshi musiqanijanrlarni, xalq va mumtoz musiqasini ajratishga o‘rganadilar.
Tadqiqot natijalari bolalarning qiziqish bilan qo‘shiq kuylab, musiqa tinglab, kompozitorlar hayoti bilan tanisha boshlaganliklarini ko‘rsatdi. Hatto avvaliga musiqa madaniyati mashg‘ulotlariga e’tiborsizlik bilan qaragan bolalar ham, ohir oqibatda musiqa mashg‘ulotlariga ko‘tarinki ruhda, biror bir yangilikdan xabardor bo‘lish niyatida kela boshladilar.
Bolalarda Musiqa mashg‘uloti tarkibidagi turli xil faoliyatlarga bo‘lgan qiziqish va intilish kuchaydi. Ko‘pchilik bolalarda musiqa tinglash, qo‘shiq kuylash,ritmik harakatlar bajarish jarayonlariga savodli, ya’ni ongli ravishda yondashish malakalari shakllandi.
Bolalarda musiqiy asarning ifoda vositalari va shaklini tahlil qilish malakasini shakllantirish ularda o‘z fikrlarini bemalol bayon qilish ko‘nikmalarini shakllantirdi.
Qo‘shiq kuylash faoliyati Bolalar tarbiyasida musiqa yetakchi o‘rin yegallaydi. Bu faoliyat turi bolalarga boshqa faoliyat turlariga nisbatan yaqin va tushunarlidir. Bolalar qo‘shiq kuylashni sevadilar. Kuylash bolalar ijrochiligi faoliyati ichida yetakchi faoliyat turi bo‘lib, u bolalarning musiqiy-estetik tarbiyasida muhim o‘rin yegallaydi. Yaxshi qo‘shiq bolani
quvontiradi, har tomonlama kamol topdiradi va tarbiyalaydi. Cholg‘u kuylaridan farqli o‘laroq qo‘shiq kuylash kuchli yemotsional ta’sir kuchiga yega. Chunki qo‘shiqda matn va musiqa badiiy birligi namoyon bo‘ladi. Qo‘shiq kuylash bola shaxsi tarbiyasiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘shiq inson aqliy kamolotini o‘sishiga, dunyoqarashini kengayishiga, atrof-olam haqidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi. Qo‘shiq kuylash jarayonida ular musiqani chuqurroq idrok yetadilar, o‘z kechinma va his-tuyg‘ularini faolroq ifodalaydilar. Qo‘shiqning matni bolalarga musiqa mazmunini tushunishga va kuyni osonroq o’zlashtirishga yordam beradi. Biror bir cholg‘uda ijro yetilgan kuyga nisbatan ovozda ijro yetilgan kuyni bolalar yaxshiroq idrok yetadilar. Qo‘shiq kuylash jarayonida bolalarda musiqiy qobiliyat rivojlanadi: musiqiy yeshitish qobiliyati, musiqiy xotira, ritm hissi, shuningdek, qo‘shiq kuylash musiqiy qobiliyatlardan: metr va ritm hissi, musiqiy yeshituvi, lad hissi rivojlanadi. Jamoa bo‘lib kuylash faoliyati o‘quvchilarni musiqiy o‘quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Guruhda jamoa bo‘lib kuylash jarayonida o‘quvchi o‘z ovoz ijrosini boshqarishni, ustozlari ijrosini yeshitib, kuzatishni hamda ular bilan bahamjihat jo‘rnovozlik qilishga intiladi, jamoaviy birlik, uyushqoqlik, o‘zaro do‘stlik hislari tarbiyalanadi. Qo‘shiqlarni o‘rganish bolalarda nafaqat musiqiy savodxonlikni, balki musiqiy dunyoqarash, musiqiy did, musiqiy tafakkur va shu kabi sifatlarni shakllantirishga xizmat qilishi amalda o‘z isbotini topdi.
Bolalar maktabgacha ta’lim muassasasiga kelgan ilk kunlaridanoq, san’atga, ayniqsa, musiqaga intilish va qiziqishlari yuqori bo‘ladi. Shuning uchun musiqa mashg‘ulotlarida bolalarning shaxs sifatida shakllanishiga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu rahbarning mutaxassis, o‘z sohasining ustasi sifatida bilimdonligi va ijodiy barkamolligiga bog‘liqdir. Qo‘shiq kuylash bolalarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. U bolalarda nafaqat ruxiy balki jismonii jihatdan rivojlantiradi. Chunki bola kuylayotganda og‘iz, burun, nafas yo‘llari, ko‘krak qafasi, umuman olganda barcha a’zolari faoliyat olib boradi. Bola kuylash jarayonida tik gavdasini yerkin va to‘g‘ri o‘tirishi talab yetiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda qo‘shiqchiligi ko‘nikmalarini tarbiyalash. Kuylash jarayonida nafas yo‘llari ham rivojlanadi.
Bolalarga kuylash jarayonida matn va musiqa uyg‘unligida bo‘lganda matn va kuyga e’tibor beriladi. Qo‘shiqda matn va musiqiy kuy birikib, tinglovchiga yemotsional ta’sir ko‘rsatib turli his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. Bu ta’sirchanlik bola tarbiyasida katta ahamiyatga yega. Bolaning kichik davridan qo‘shiqni ma’nosini tushunmasa ham, uning mazmunini va musiqasiga tushunmasa ham unga hissiy munosabatni bildiradi. Bolaning rivojlangani sari, nutqi va hayot davomida olgan ko‘nikmalari qo‘shiqni umuman kuyni tushuna olishga yordam buradi. Qo‘shiq kuylash bola ruhiyatiga ta’sir qilish barobarida, uning jismoniy o‘sishi va rivojlanishida ham katta ta’sir ko‘rsatuvchi omildir. Jamoa bo‘lib kuylash mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning diqqat-e’tibori, ongliligi va faolligi oshadi, musiqiy xotira yaxshi rivojlanadi va o‘rgangan qo‘shiqlarni ijro yetganda, zavqlanish hissi paydo bo‘ladi. Qo‘shiqni so‘z ma’nosi va musiqa ohangini chuqur idrok yetadilar va asarni mazmuni orqali hayotni o‘rganadilar. Qo‘shiq kuylash bolalarning nutqini ham rivojlanishiga zamin yaratadi. Qo‘shiq so‘zlari cho‘zib ijro yetilganligi tufayli bolalar yangi so‘zlarni bo‘g‘inlab, xatosiz o‘rganadilar. Musiqiy rahbar va tarbiyachilar so‘zlarning to‘g‘ri ijro yetilishini tekshirib boradilar. Qo‘shiq kuylash jarayoni bolalarni umumiy kayfiyat bilan birlashtiradi, ular hamkorlikda faoliyat bajarishga o‘rganadilar. Ular shoshib ketayotgan yoki orqada qolib ketayotgan o‘rtoqlarini yeshitadilar va ularni bir xil sur’atda kuylashga chaqiradilar. Qo‘shiq kuylash – musiqiy tarbiyaning asosiy vositasidir. U boshqa faoliyatlarga nisbatan bolalar uchun juda yaqindir. Qo‘shiq kuylab, ular musiqani yanada faolroq idrok yetadilar. Qo‘shiq matni yesa mazmunan qo‘shiq kuyini anglashga yordam beradi. Kuylash faoliyatida bolalarda musiqiy qobiliyatlar yeshitish qanday xotira va ritm hissi rivojlanadi. Kuylash bolarning nutqini rivojlantiradi. Jamoa bo‘lib kuylaganda bolaga kuy qo‘shiq matnga nisbatan kuchliroq ta’sir qiladi. K.D.Ushinskiy ta’kidlaganidek: «Qo‘shiqda, ayniqsa xor jamoasida qalbni tarbiyalovchi uning jumbushga keltiruvchi hissiyotlar mavjud» Ko‘pgina hollarda o‘g‘il bolaning shaxdam yurib marshni kuylayotganini, qiz bolani yesa qug‘irchoqni allalashini kuzatishimiz mumkin.
Bolaning ovozi — tabiiy cholg‘udir, chunki bu cholg‘u u yoshligidan mavjud. Mana shuning uchun xam uning hayoti davomida hamroh bo‘ladi va turli o‘yinlarda foydalanadi. Undan tashqari qo‘shiq bola hayotining boshqa faoliyatlarida ham qo‘llanadi. Masalan, raqs, xorovod, bolalar cholg‘ularida ijro yetganda.
Qo‘shiq — bu bolaning dunyoqarashini kengaytirib, yorqin obrazli tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradi. Qo‘shiqlarda tabiatga, Vatanga muhabbat, kattalarga, ajdodlarga hurmat o‘zaro munosabatlarni yaxshilash va boshqa tarbiyaviy axloqlarni o‘stirishga yordam beradi.
Download 75.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling