Bandlik Ishsizlik Subsidiyalar va Grandlar


Download 31.13 Kb.
bet5/5
Sana09.06.2023
Hajmi31.13 Kb.
#1470231
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bandlikni statistik o’rganish

3. Subsidiyalar va Grandlar
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan birinchi marotaba ishsiz fuqarolar bandligini ta'minlashga ko‘maklashish bo‘yicha yangi xizmat turi – Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan beg‘araz moliyaviy yordam ko‘rinishidagi subsidiya va grantlar taqdim etish joriy qilindi.
Xususan, subsidiyalar:
ish beruvchilarga – aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun – har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirish;
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan o‘tgan, tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslarga – yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlikka o‘qitish va kredit olishda sug‘urta polisi to‘lovi uchun xarajatlarni eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida to‘lash;
ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga – har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida haq to‘lash;yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun tomorqa yer egalariga – “Tomorqa xizmati” MChJ, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan 10 baravarigacha bo‘lgan miqdorda to‘lash uchun beriladi.
Grantlar:
kasb-hunar ta'limi muassasalariga - band bo‘lmagan shaxslarni, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, kam ta'minlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish;
kasb-hunarga o‘qitish markazlari, kollejlar va oliy o‘quv yurtlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xo‘jaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirish.
O‘tgan vaqt davomida tuman va shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan ish beruvchi va ishsiz fuqarolar murojaati bo‘yicha 2 141,8 mln. so‘mlik subsidiyalar berildi, natijada 2 493 nafar ishsif fuqaroning bandligi ta'minlandi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan atroflicha tahlil o‘tkazish, mehnat resurslari soni va sifatini xolis va sifatli baholash, shuningdek, aholini ishga joylashtirish va bandligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligiga erishish maqsadida mehnat bozorini muntazam o‘rganish ishlari davom ettiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Rahimova, Dilfuza (2000-2005). "Bandlik". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. „Oʻzbekistonda bandlik: mushkulliklar va perspektivalar“ (ruscha). Iqtisodiy izlanish markazi (11 may). 3-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-dekabr, 2014. Wayback Machine saytida arxivlandi (2013-09-03).
Download 31.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling