Bandlikni davlat tomonidan tartibga solish iqtisodiy mexanizmini takomilllashtirish holatining tahlili


O’zbekistonda yoshlarni ish bilan ta’minlash samaradorligini oshirish yo’llari


Download 104.35 Kb.
bet9/18
Sana23.02.2023
Hajmi104.35 Kb.
#1224539
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
BANDLIKNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLLASHTIRISH HOLATINING TAHLILI

2.2. O’zbekistonda yoshlarni ish bilan ta’minlash samaradorligini oshirish yo’llari
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash sharoitida aholini ish bilan ta`minlash darajasini oshirish mavjud hamma imkoniyatlarni to`la ishga solishni talab qiladi. Shuning uchun O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov: “Birinchi navbatda, jahon bozorida teng raqobatlasha oladigan va keyingi bosqishda iqtisodiy o`sishning, iqtisodiyotni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning lokomativiga aylanishi mumkun bo`lgan tarmoq va korxonalarni jadal rivojlantirish hamda aniq yo`naltirilgan holda qo`llab-quvvatlashni ta`minlash zarur”11 – deb ta`kidladi.
Umuman olganda, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik jahon iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Hususan, uning milliy yalpi ichki mahsulot hajmidagi ulushi Buyuk Britaniyada 50,0-53,0%, Frantsiyada 55,0-62,0%, AQSHda 50,0-52,0%, Yaponiyada 52,0-55,0% dan ko`proqni tashkil etishi ham buni isbotlab turibdi. Ayni paytda bu mamlakatlarda iqtisodiy faol aholining 60.0% dan 80.0% gachasi ushbu sohada banddir.
Qonunchilikning takomillashtirishi natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini ro`yxatga olish, ularni ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, shuningdek faoliyatning alohida turlari bilan shug`illanish huquqini beradigan litsenziya va ruhsatnomalar berish jarayonlari soddalashtirildi va tartibga solindi.
Jahonning rivojlangan davlatlari tajribasi hisobga olinib, mamlakatda so`nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar, mustahkam huquqiy asos yaratildi.
Tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazishga ruxsat beradigan tashkilotlar soni keskin qisqartirildi, bu tamoilni tartibga solish maqsadida tuman (shahar) hokimliklari huzurida Tadbirkorlik sub`yektlarini ro`yxatdan o`tkazish inspeksiyalari tashkil etildi. Kichik biznes sub`yektlari xo`jalik faoliyatini faqat muvofiqlashtiruvchi kengash ruxsati bilan tekshirish tartibi o`rnatildi. Bunda mikrofirmalar, kichik korxonalar xo`jalik faoliyatini har to`rt yilda bir marta tekshirishga ruxsat beriladi. Yangidan tashkil etilgan mikrofirmalar va kichik korxonalarda ular ro`yxatdan o`tgan vaqtdan boshlab 2 yil mobaynida hech qanday rejaviy tekshirishlar o`tkazilishiga yo`l qo`yilmaydi. 2008 yildan kuchga kirgan yangi Soliq Kodeksiga muvofiq kichik biznes va xususiy korxonalarning soliq stavkalari keskin kamaytirildi.
Fikrimizcha, ish joylarini tashkil etish va saqlashning hududiy mexanizmini takomillashtirish zarur. Yangi ish joylarini tashkil etish kabi mavjud ish joylarini saqlab qolish ham ish bilan bandlikni ta`minlashning muhim yo`nalishidir. Mavjud ish joylarini saqlab qolish quyidagi sabablarga ko`ra ahamiyatlidir:

Download 104.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling