Bank auditi
Download 351.87 Kb.
|
Bank auditi-fayllar.org
ARMT= IXR * NR * AR
Ichki xo’jalik riski –IXR (IR-Internal risk) – bu mazkur buxgalteriya schyotida, balans moddasida, bir turdagi xo’jalik muomalalari guruhida yaxlitlanganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotida muhim kamchiliklarning, bunday kamchiliklar ichki nazorat tizimi vositalari yordamida aniqlan-gunga qadar yoki ichki xo’jalik nazorati umuman yo’q bo’lganda, auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlanish ehtimoli tushuniladi. Audit xulosasi barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun, hokimiyat va sudidoralari uchun xuquqiy hujjat hisoblanadi. 11 Bu xulosa matbuotda ham e’lon qilinishi mumkin. Auditning taftishdan asosiy farqi hammana shunda. Tijorat banklarida o’tkazilayotgan auditorlik tekshirishlari sifati va ta’sirchanligini oshirish, tashqi audit faoliyatini takomillashtirish, auditorlik firmalari o’rtasida erkin va sog’lom raqobat munosabatlarini kuchaytirish hamda aholi va sarmoyadorlarning bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada oshirish maqsadida 1996 yil 24 iyulda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank auditi tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni qabul qilingan edi. Mazkur farmon talablarini bajarilishini ta’minlash va Respublikada bank auditini mustahkamlash maqsadida o’tgan davr mobaynida Markaziy bank tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda ishlab chiqilgan Auditorlik faoliyati milliy andozalari asosida banklarda auditorlik tekshiruvlari tashkil etiladi. Auditorlik faoliyati milliy andozasi-AFMA "Auditorlik faoliyati to’јrisida"gi O’zbekiston Respublikasi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 senyabrdagi "Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlari rolini oshirish to’јrisida" 365-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish elementi hisoblanadi. Andozaning maqsadi auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzishning yagona tartibini joriy etish hisoblanadi. Mazkur andoza talablari auditorlik tekshiruvini o’tkazish va xo’jalik yurituvchi sub’ektga auditorlik hisoboti hamda auditorlik xulosasini taqdim etish paytida barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. Mazkur andozaning № 70 esa auditorlik xulosalariga bag’ishlangan. Download 351.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling