Bank auditi


Pul omborlarini qo’riqlash xizmati xodimlariga topshirish va ulardan


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/35
Sana04.04.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1327552
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Bog'liq
Bank auditi

Pul omborlarini qo’riqlash xizmati xodimlariga topshirish va ulardan 
qabul qilish tartibi ham ko’zatish orqali, hamda har bir ombor bo’yicha post 
daftarlaridagi yozuvlar bo’yicha tekshiriladi. Bunda boyliklar but
 
saqlanishi uchun javobgar shaxslar pul omborlarini qabul qilib olishda 
eshiklar, kulflar, tizimcha, muxr izlari butunligini tekshirishi aniqlanadi. 
Ish kunlari pul omborlari ko’zdan kechirish va tekshirish uchun albatta 
ochilishi ta’minlangani, shuningdek, davlat boyliklarini saqlash shart-sharoitlariga 
rioya qilinishi post daftaridagi yozuvlarga qarab tekshiriladi. 
Xavf xatardan darak berish vositalarining ahvoli bank muassasi rahbari yoki 
uning boyliklar but saqlanishi uchun javobgarlik zimmasiga yuklatilgan muovini 
bilan hamkorlikda tekshirib chiqiladi. Pul omborlari, deraza, eshiklar, pol va 


shiftlardagi lyuklar, boyliklar tashishda foydalaniladigan liftlar, kirish mumkin 
bo’lgan boshqa joylar kodlashtirilgani yoki mustahkamlangani, kassa tarmogi 
(uzeli) xavf xatar va yong’indan darak beruvchi texnik vositalar bilan jihozlangani 
ko’zdan kechiriladi. 
Ayni paytda pul sanash kassasi mudiri, oborot, kechki, kirim, chiqim va 
boshqa xil operatsiya kassalari kassirlarining, shuningdek, muassasa rahbari, bosh 
buxgalter (yoki ularning zaxira fondlarini saqlash vazifalari ishonib topshirilgan 
muovin-lari), kassa mudirining ish o’rinlarida, postlarda hamda boyliklar bo’lgan 
boshqa xonalarda tugmachali datchiklar borligi tekshiriladi. 
Audit rahbarining talabiga ko’ra, xavf-xatardan darak berishch vositalarining 
to’g’ri ishlashi va "Xavf-xatar" degan darak berilishi bilanok militsiya xodimlari 
o’z vaqtida etib kelishi tekshirib qurilishi lozim. Shuni nazarda tutish lozimki
banklarning viloyat (shahar) boshqarmalari boshliklariga, kassa operatsiyalari 
bo’limlari boshliklariga, bank bo’limlari boshqaruvchilariga ichki ishlar organi
idoraga qarashli bo’lmagan qo’riqlash xizmati bo’limi (bo’linmasi) boshlig’i yoki 
ularning muovinlari xuzurida qo’riqlanayotgan ob’ektda xavfli holat e’lon qilish 
huquqi beriladi. 
Bank hisoblarini audit tekshirish jarayoni
(A) Bank hisobvaraqlarini va kassa kitobidagi aniq balansni aniq matematik 
tarzda tekshirilishini nazorat qilish 
(B) Muslashtirish va tasdiqlash bosqichlardagi balanslar mosligi 
(S) bank hisobi tekshirilgan bir xafalik sanaga mo’ljallangan Bank 
hisobvaraqlaridagi xujjatlar bilan depozitlarni taqqoslash;
(D) Bank hisobotlarini tekshirish ro’yxatiga qo’shilgan xar bir xujjatni 
nazorat qilish; 
(E) Korrektsiya qilingan balans kitobini asosiy bank hisobi bilan 
moslashtirish; 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling