Hozirgi kunda amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi olti bo‘limdan iborat bo‘lib, ulardan beshtasi balans ichidan hisobvaraqlarni o‘z ichiga oladi, oxirgi oltinchi bo‘lim esa balansdan tashqari hisobvaraqlardan iborat. Bank aktivlari, passivlari, kapitali, daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobvaraqlar alohida bo‘limlarga kiritilgan, ya’ni:
I bo‘lim
|
10000 – Aktivlar
|
II bo‘lim
|
20000 – Majburiyatlar
|
III bo‘lim
|
30000 – Kapital
|
IV bo‘lim
|
40000 – Daromadlar
|
V bo‘lim
|
50000 – Xarajatlar
|
VI bo‘lim
|
90000 – Ko‘zda tutilmagan holat bo‘yicha
(ya’ni balansdan tashqari) hisobvaraqlar
|
Balansning birinchi bo‘limi “AKTIVLAR” bo‘limi bo‘lib, o‘z ichiga bir qator asosiy hisobvaraqlarni birlashtiradi. Bank aktivlari naqd pullardan boshlab hisobga olinadi. Naqd pullarni hisobga olish uchun 10100 hisob raqami ajratilgan.
Bu hisob raqam nomi “Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari” bo‘lib, o‘z ichiga “Kassadagi naqd pullar”, “Naqd pullar zaxirasi”, “Yo‘ldagi naqd pullar”, “Valuta almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”, “Bankomatlardagi naqd pullar”, “Bank binosidan tashqarida joylashgan kassalardagi naqd pullar” kabi bir qator subhisob varaqamlarni birlashtiradi.
Bundan tashqari, ushbu bo‘limda:
Do'stlaringiz bilan baham: |